“Advokat” lotincha so‘z bo‘lib, “himoyachi”, “oqlovchi” degan ma’noni bildiradi. Advokatura — huquqiy institut bo‘lib, u advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar hamda xususiy advokatlik amaliyoti bilan shug‘ullanuvchi ayrim jismoniy shaxslarning mustaqil, ko‘ngilli, kasbiy birlashmalarini o‘z ichiga oladi. Advokatura O‘zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasi hamda “Advokatura to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq O‘zbеkiston Rеspublikasi fuqarolari, ajnabiy fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga yuridik yordam ko‘rsatadi. Advokatura – huquqiy institut (alohida guruh) bo‘lib, u advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar hamda xususiy advokatlik bilan shug‘ullanuvchi ayrim shaxslarning mustaqil, ixtiyoriy, kasbiy birlashmasidir. Qonunga ko‘ra advokatlar quyidagi turdagi yuridik xizmatlarni ko‘rsa tadilar: – yuridik masalalar bo‘yicha maslahat berish va tushuntirish, qonunlar bo‘yi cha og‘zaki va yozma ma’lumotlar berish; – fuqarolik hamda ma’muriy huquqbuzarlik ishlari bo‘yicha sud va dav lat organlarida vakillik vazifasini bajarish; – dastlabki tergov va sudda jinoyat ishlari bo‘yicha himoyachi, jabrlanuv chilar, fuqarolik ishlari bo‘yicha davogar va javobgarlarning vakillari sifa tida qatnashish va hokazo. Notarial idoralarida ishlovchi mansabdor shaxslar notarius lar deb ataladi, ular bajaradigan ishlar notarial ishlar deb yuritiladi. O‘zbеkiston Rеspublikasida qonunlar, mе’yoriy hujjatlar ijrosini ta’minlashda notarial idoralar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yaqindan yordam bеradi. O‘zbеkistonda notarial harakatlar “Notariat to‘g‘risida”gi qonun va boshqa qonunlarga muvofi q notarial idoralar notariuslari tomonidan amalga oshiriladi. Notarial idoralar O‘zbеki ton Rеspublikasi Adliya vazirligi tomonidan tashkil etiladi va tugatiladi. Notarius lavozimiga 25 yoshdan kichik bo‘lmagan, oliy yuridik ma’lumotga va uch yillik yuridik stajga ega bo‘lgan, malaka imtihonini topshirgan O‘zbеkiston fuqarosi loyiq topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |