O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi davlat boshqaruvi organi bo‘lib, soliq sohasidagi qonun xujjatlariga rioya qilinishini, davlatning iqtisodiy manfaatlari va mulkiy huquqlari himoyasini ta’minlash bo‘yicha nazoratni yo‘lga qo‘yish uning asosiy faoliyat maqsadlaridandir. Davlat soliq qo‘mitasining asosiy vazifalari quyidagilardir:
soliq sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;
- soliqlarning to‘g‘ri va o‘z vaqtida hisoblanishi, to‘lanishi va davlat budjeti hamda davlat maqsadli jamg‘armalariga tushishini ta’minlash; - soliq solish obyektlari va subyektlarining to‘liq va aniq hisobini yuritish; - soliq solinadigan bazani kengaytirish, soliqlarning yig‘iluvchanligini oshirish, soliq sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. Bojxona organlari o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi qonuniga, boshqa qonun hujjatlariga va xalqaro shartnomalarga amal qilgan holda yuritadilar. Bojxona organlarining asosiy vazifalaridan bojxona haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish, bojxona to‘lovlarini undirish, bojxona sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish, aniqlash va ularga chek qo‘yish kabilarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Mavzu: Adliya vazirligi. Advokatura va Notarial idoralar “Adliya” so‘zi arabchada “adolat, to‘g‘rilik, haqqoniylik” ma’nolarini bildiradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya o‘rganlari va mussasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni asosida adliya sohasida vertikal boshqaruvni takomillashtirish maqsadida tumanlar (shaharlar) adliya bo‘limlarining tashkil etilishi belgilab qo‘yildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |