O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI
FARG‘ONA VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI
FARG‘ONA TUMAN ADLIYA BO‘LIMI
TAQDIMNOMA
Qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi
shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida
2023-yil 6-mart
4/3-3/35-son
Farg‘ona tuman
maktabgacha
ta’lim bo‘limiga
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-sonli
qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi to‘g‘risida”gi
Nizomga asosan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan inson huquqlari sohasidagi
qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish Adliya organlarining
asosiy vazifalari etib belgilangan.
Shunga ko‘ra, tuman adliya bo‘limigaFarg‘ona tumani, Gulshan MFY, Qayirma
ko‘chasi 56-uyda yashovchi fuqaroMahfuza To‘xtamatova murojaat qilib, 2022-yilning
12-sentarida tumandagi 33-son Davlat maktabgacha ta’lim
tashkiloti ingliz tili
o‘qituvchisi lavozimiga 0.75 stavka o‘rindoshlik asosida ishga qabul qilingani, 33-son
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorining tegishli buyrug‘iga
asosan mehnat
shartlariga o‘zgartirish kiritilib 1 stavka asosiy shtatdagi ingliz tili o‘qituvchisi
sifatida
faoliyat olib borishga ruxsat berilgani, lekin, ingliz tilidan xorijiy tan olingan C1 toifadagi
sertifikati mavjudligiga qaramay qonunchilikda belgilangan ustamalar to‘lab
berilmayotganligidan noroziligini ma’lum qilgan.
Vaholangki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi
“O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat
jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-5117 son Qarori
1-bandida, xorijiy tillarni o‘rgatishni ta’lim siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida
rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda ta’lim
sifatini tubdan oshirish,
sohaga malakali
pedagoglarni jalb etish hamda aholining xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini
oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzurida Xorijiy tillarni o‘rganishni
ommalashtirish agentligi hamda Agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar
va Toshkent shahridagi hududiy vakillari lavozimlari tashkil etish belgilangan. Mazkur
qarorga asosan xorijiy tillarni o‘qitish sohasida
“bog‘cha-maktab-oliy ta’lim tashkiloti-