O‘quv laboratoriyalarvda texnika xavfsizlik bo‘yicha umumiy qoidalar texnika xavfsizligiga rioya etish


III. Elektr qurilmalari bilan ishlash qoidalari


Download 64 Kb.
bet2/3
Sana15.02.2023
Hajmi64 Kb.
#1199427
1   2   3
Bog'liq
Техника безопасности

III. Elektr qurilmalari bilan ishlash qoidalari

Elektr toki urishi yuqori kuchlanishda xam past kuchlanishda xam ruy berishi mumkin, bu inson xayoti uchun xavfli bo‘lgan narsa asosan atrof-muxitdan (namlik, ish stolining xolati, asbobning to‘g‘ridan-to‘g‘ri yerga ulanmaganligi, xonalarning iflosligi va x.k.) bog‘liq.


Shuning uchun xam talaba xar qanday kuchlanishli elektr qurilmalari yoki asboblar bilan ishlaganda quyidagi qoidalarga rioya qilishi shart:

  1. Berilgan qurilmada (asbobda) ishni boshlashdan avval uning tuzilishi, asosiy boshqarish qismlari, elektr qismi bilan yaxshi tanishib, asbobni to‘g‘ri (elektr simlariga) ulash qoidalariga rioya etish zarur. Talaba birinchi marta asbob bilan ishlashni faqat laborant nazorati ostida bajarishi kerak.

  2. Barcha elektr jixozlarni tayyor xolda kelmasa, o‘chirib yoqish vositalari tartibga solinmasa va bu narsalarning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilinmasa qurilmani (asbobni) yuqori kuchlanishli tarmoqqa ulash mumkin emas.

  3. Katta kuchlanish ostida ishlab turgan kurilmani, asbobni uchirib-yokish yoki uning biron bir kismini almashtirish, ishlab turgan asbobni nazoratsiz koldirish mumkin emas.

  4. Katta kuvvatli saqlagich (predoxranitel) dan foydalanish, ehtiyot to‘siqlarini olib tashlash, rele va avtomatik ajratuvchi ulagichlarni burab uynash man qilinadi.

  5. Talabalarga yukori kuchlanishli qurilmalarda ishlash uchun, ular maxsus texnika xavfsizligi ko‘rsatmalariga amal qilgan holda xamda laboratoriya bo‘yicha javobgar shaxs ishtirokida ruxsat berishadiyu

  6. Qurilmada (asbobda) ishlab bo‘lgandan so‘ng alohida ko‘rsatmaga binoan uni o‘chirish yoki asosiy elektr tarmog‘idan ajratish kerak.



IV. Elektromagnit nurlanish manbalari bilan ishlash qoidalari

Elektromagnit nurlanishlar tabiatda va texnikada va ko‘pgina fizikaviy hodisalarning asosi hisoblanadi. Bunga radioto‘lqinlar issiqlik infraqizil nurlanishlar, ko‘zga ko‘rinuvchi yorug‘lik, ultrabinafsha radiatsiya, rentgen nurlanishi va hokazolar misol bo‘la oladi.


Elektromagnit nurlanishning fiziologik ta’siri, spektrning xar xil to‘lqin uzunlikli sohasida har xil bo‘lib, nurlanishning to‘lkin uzunligini kamayishi bidan organizmga ta’siri kuchliroq va xavfliroq bo‘ladi.
MASALAN: Ko‘zga ko‘rinadigan yorug‘lik (yoy chaqnashi) qisman ko‘zning jaroxatlanishiga olib kelsa, ultrabinafsha nurlanish esa inson terisini kuchli kuydirish qobiliyatiga ega.
Ko‘pgina elektromagnit nurlanishlar manbalari yuqori kuchlanishli elektr asboblarini xavfsiz ishlatish qoidalariga qat’iy rioya etish lozim.

Download 64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling