2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi
Download 40.18 Kb.
|
1 2
Bog'liq2764-1 23.06.2017
[OKOZ: 1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.04.00 Ilmiy xodimlar, ilmiy muassasalar mutaxassislari (maqom, attestatsiya, ilmiy daraja va unvonlar)] [TSZ: 1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Fan va ilmiy faoliyat] O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining Qarori Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 23-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2764-1] O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016-yil 28-yanvardagi 220/2-son qarori bilan tasdiqlangan Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2764, 2016-yil 17-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 7-son, 69-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Oliy attestatsiya komissiyasi raisi A. YUSUPOV Toshkent sh., 2017-yil 31-may, 239/6-son O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/6-son qaroriga ILOVA Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar 1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi PF–4958-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi 365-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2017-yil 22-maydagi 304-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq malakaviy imtihonlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.”. 2. 1 — 4-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “1. Falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqotlarini olib borayotgan izlanuvchilar (bundan buyon matnda izlanuvchi deb yuritiladi) quyidagilardan malakaviy imtihonlarni topshiradi: ixtisoslik (dissertatsiya mavzusiga muvofiq). Matematik modellashtirish asoslari fani bo‘yicha savollar aniq va tabiiy fanlar, Matematik statistika asoslari fani bo‘yicha savollar esa, iqtisodiyot, tibbiyot va pedagogika fanlari (ixtisosliklari) bo‘yicha malakaviy imtihonlar savollari tarkibiga kiritiladi; chet tili (ingliz, fransuz yoki nemis tili). Dissertatsiyani bajarish uchun boshqa chet tilini bilish talab qilinadigan hollarda, chet tilidan malakaviy imtihon ish bajarilayotgan muassasaning taqdimnomasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (bundan buyon matnda OAK deb yuritiladi) bilan kelishilgan holda taqdimnomada ko‘rsatilgan chet tilidan topshiriladi. Bunda IELTS (o‘rtacha 5,5 balldan kam bo‘lmagan), TOEFL (RVT) (567 balldan kam bo‘lmagan), TOEFL (iBT) (87 balldan kam bo‘lmagan) hamda kamida V2 darajasidagi CEFR, Test DaF (Test Deutsch als Fremdsprache fur auslandische Studienbewerber), GOETNE-ZERTIFIKAT, DALF (Diplome approfondi de langue francaise) va Davlat test markazining malakaviy sertifikatga ega bo‘lgan izlanuvchilar mazkur hujjatlarning amal qilish muddati davomida chet tili bo‘yicha malakaviy imtihonni topshirishdan ozod etiladi. 2. Chet tilidan filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajani olish uchun dissertatsiya tadqiqotlarini olib borayotgan izlanuvchilar qo‘shimcha ravishda ikkinchi chet tili fanidan malakaviy imtihon topshiradilar. 3. Falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqotlarini olib borayotgan xorijiy fuqarolar faqat dissertatsiya mavzusiga muvofiq ixtisoslik bo‘yicha malakaviy imtihon topshiradi. 4. Ixtisoslik bo‘yicha malakaviy imtihonlar huzurida ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash (bundan buyon matnda Ilmiy kengash deb yuritiladi) tuzilgan muassasa tmomnidan, chet tili (ingliz, fransuz yoki nemis tili) bo‘yicha malakaviy imtihonlar esa, yetakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan har 3-4 yilda (zarurat bo‘lganda qisqaroq muddatda) ishlab chiqilgan, tasdiqlangan hamda OAK tomonidan ma’qullangan dasturlar asosida topshiriladi.”. 3. 5-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Ixtisoslik bo‘yicha malakaviy imtihon — dissertatsiya himoyasi o‘tkaziladigan Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasada o‘tkaziladi. Chet tili bo‘yicha malakaviy imtihonlar OAK belgilagan muassasalarda o‘tkaziladi.”. 4. 6 va 7-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “6. Chet tili bo‘yicha malakaviy imtihonni qabul qilish huquqini olish uchun tegishli o‘quv-tashkiliy yoki ilmiy-tashkiliy tuzilmalari mavjud hamda ilmiy, ilmiy-pedagogik salohiyatga, shuningdek yetarli moddiy-texnik bazaga ega bo‘lgan muassasalar tomonidan tegishli chet tilini ko‘rsatilgan holda OAKga murojaat qilinadi. Muassasa murojaatini OAK Rayosatining navbatdagi yig‘ilishida ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra, OAK Rayosati tomonidan muassasaga chet tili bo‘yicha malakaviy imtihonlarni qabul qilish huquqini berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda, muassasaga chet tili bo‘yicha malakaviy imtihonlarni qabul qilish huquqi beriladi. Chet tili bo‘yicha malakaviy imtihonlarni qabul qilish huquqi berilgan muassasalar ro‘yxati OAKning rasmiy veb-sayti va “OAK Byulleteni”ning navbatdagi sonida OAK Rayosatining muassasaga chet tili bo‘yicha malakaviy imtihonlarni qabul qilish huquqini berish to‘g‘risidagi qarori e’lon qilinadi. Muassasalar ro‘yxati OAKning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. 7. Malakaviy imtihonlarni qabul qiladigan muassasalarda muassasa rahbarining buyrug‘i bilan OAK bilan kelishilgan holda ikki yil muddatga malakaviy imtihonlarni qabul qilish komissiyasi (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) tuziladi. Ixtisoslik bo‘yicha komissiya ilmiy darajaga ega bo‘lgan besh — yetti nafar a’zodan, jumladan tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha fan doktori ilmiy darajasiga yoki professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan fan nomzodi yoxud falsafa doktori (Doctor of Philosophy) yoki unga tenglashtirilgan xorijiy davlatlarda berilgan boshqa ilmiy darajaga ega bo‘lgan mutaxassis hisoblangan raisdan iborat bo‘ladi. Bunda komissiya a’zolarining kamida ikki nafari fan doktori bo‘lishi lozim. Chet tili bo‘yicha komissiya tegishli mutaxassislar orasidan besh — yetti nafar a’zodan iborat tarkibda tuziladi. Bunda a’zolardan kamida ikki nafari fan doktori yoki professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan fan nomzodi yoxud falsafa doktori (Doctor of Philosophy) yoki unga tenglashtirilgan xorijiy davlatlarda berilgan boshqa ilmiy darajaga ega bo‘lgan mutaxassis bo‘lishi kerak. Yuridik fanlar sohasida chet tili bo‘yicha komissiya tarkibi eksperiment tariqasida, IELTS (o‘rtacha balli kamida 5,5), TOEFL (RVT) (567 balldan kam bo‘lmagan), TOEFL (iBT) (87 balldan kam bo‘lmagan), CEFR (V2 darajadan past bo‘lmagan) bo‘yicha tasdiqlovchi amaldagi xalqaro malaka sertifikatlari mavjud, ilmiy darajaga ega bo‘lmagan yuqori malakali va tajribali mutaxassislardan shakllantirilishi mumkin. Komissiya, agar uning ishida komissiya a’zolarining kamida yarmidan ko‘pi ishtirok etayotgan bo‘lsa, imtihon qabul qilishga haqli hisoblanadi.”. 5. 8 va 16-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 6. 9-banddan ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin. 7. 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “10. Imtihon topshiruvchilar ro‘yxati muassasa rahbarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi va unda malakaviy imtihon o‘tkazish joyi va vaqti ko‘rsatilishi kerak. Mazkur buyruqning matni u imzolangandan so‘ng bir ish kuni ichida muassasaning rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi lozim. Boshqa tashkilotlar imtihon topshiruvchilar ro‘yxatiga nomzod kiritish uchun malakaviy imtihonlar o‘tkaziladigan muassasaga nomzodlarning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasini ilova qilgan holda malakaviy imtihonlarni qabul qilishning navbatdagi sessiyasi o‘tkaziladigan oyning 1-sanasigacha yozma ravishda murojaat qiladi. Murojaatda nomzod bilan bog‘lanishning aloqa vositalari (telefon raqami, elektron pochta manzili va hokazo) aniq va to‘liq aks ettirilishi lozim. Mazkur murojaatga asosan nomzodlar muassasa tomonidan imtihon topshiruvchilar ro‘yxatiga kiritiladi.”. 8. 13-banddagi “fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash” degan so‘zlar “Ilmiy kengash” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 9. 14-banddan “imtihon qabul qilinayotgan predmet bo‘yicha” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 10. 19-banddagi “muddatga” degan so‘z “muddatda” degan so‘z bilan almashtirilsin. 11. 21-banddagi “xulosalari” degan so‘z “natijalari” degan so‘z bilan almashtirilsin. 12. Ilova mazkur o‘zgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin. 13. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Fan va texnologiyalar agentligi, Davlat test markazi bilan kelishilgan. Kelishildi: Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z. MIRZAYEV 2017-yil 29-may Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri R. KASIMOV 2017-yil 29-may Xalq ta’limi vaziri U. INOYATOV 2017-yil 29-may Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV 2017-yil 29-may Sog‘liqni saqlash vaziri A. ShADMANOV 2017-yil 29-may Madaniyat vaziri M. MURATOV 2017-yil 30-may Fanlar akademiyasi prezidenti v.v.b B. IBRAGIMOV 2017-yil 30-may Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi R. KURBANOV 2017-yil 30-may Fan va texnologiyalar agentligi bosh direktori M. BOLTABAYEV 2017-yil 18-may Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga ILOVA “Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ILOVA
Download 40.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling