2. О‘lchash usullarining klassifikatsiyasi. О‘lchash xatoliklarining klassifikatsiyasi


Download 0.92 Mb.
Sana17.06.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1523765
Bog'liq
6-amaliyot


Mavzu: О‘lchash vositalarining turlari va ularning xatoliklarining hisoboti.
Tuzuvchilar:Baxtiyorov Egambergan
Baxtiyorov Zahiriddin
Reja.
1. О‘lchash vositalarining turlari va metrologik xarakteristikalari.
2. О‘lchash usullarining klassifikatsiyasi.
3. О‘lchash xatoliklarining klassifikatsiyasi.

О‘lchash vositalarining turlari va metrologik xarakteristikalari.

    • О‘lchash diapazoni – bu о‘lchanayotgan kattalikning shunday qiymatlar sohasidirki, uning uchun о‘lchash vositasi xatoliklarning yо‘l qо‘yiladigan chegarasi meyorlangan bо‘ladi.
    • О‘lchash chegarasi – bu о‘lchash diapazonining eng kata va eng kichik qiymati.
  • Shkalaning bо‘lim qiymati – bu kattalik qiymatlarining farqi bо‘lib, shkalaning ikkita qо‘shni belgisiga mos keladi. Tekis shkalali priborlar doimiy bо‘lim qiymatiga ega bо‘ladi, notekis shkalalilari esa о‘zgaruvchan bо‘lim qiymatiga ega bо‘ladi.

О‘lchash vositalarining turlari va metrologik xarakteristikalari.


Umumiy holatda barcha о‘lchash jarayoni qismlarida xatolik sodir bо‘lishi mumkin bu esa fizik о‘lchamlarning naminal о‘lchamlardan farqini bildiradi. Bu xatoliklar о‘rnatilgan chegarada sodir etilishi mumkin bо‘lib, mahsulot sifatini kafolatlaydi. О‘lchamlarni о‘lchashda quyidagilarni о‘z ichiga oladi:
Kalibr plitkasi
  • Mikrometr
  • Proyektr profili
  • Jarayonlarda о‘lchamlarni о‘lchash
  • Mexanik usullar
  • Optik usullar
  • Pnevmatik usullar
  • Yuqori tovushli
  • Jarayonning tekshiruv qism

О‘lchash turlari va usullarining klassifikatsiyasi.


О‘lchash turlari:
  • Bevosita о‘lchash,
  • Bilvosita о‘lchash,
  • Birgalikda о‘lchash,
  • Birlashtirib о‘lchash.
  • Bevosita о‘lchash deb, о‘lchanayotgan kattalikning izlanayotgan qiymatini tajriba ma’lumotlaridan bevosita aniqlanishiga aytiladi.
  • Masalan: voltmetr bilan manbaning kuchlanishini va ampermetr bilan tok kuchiningkattaliginiо‘lchash.
  • Bilvosita о‘lchash deb, shunday о‘lchashga aytiladiki, unda о‘lchash natijasi о‘lchanayotgan kattalik bilan ma’lum munosabat yordamida bog‘langan kattaliklarni bevosita о‘lchashga asoslangan bо‘ladi.

О‘lchash turlari va usullarining klassifikatsiyasi.


Ўлчашусуллари
Бевосита баҳолаш усули
Ўлчов билан таққослаш усули
Дифференциал усул
Ноль усули
Ўрнига қўйиш усули
Мос кел- тириш усули
Қарши қўйиш усули

О‘lchash xatoliklarining klassifikatsiyasi


О‘lchash xatoliklari quyidagicha klassifikatsiyalanadi:
  • Xatoliklar namoyon bо‘lishi xarakteriga kо‘ra (muntazam, tasodifiy va qо‘pol xatoliklar);
  • Sonli ifodalanish usuliga kо‘ra (absolyut, nisbiy va keltirilgan xatoliklar);
  • Kirish kattaligining vaqt bо‘yicha о‘zgarish xarakteriga kо‘ra (statik va dinamik);
  • О‘lchanayotgan kattalikka bog‘liqligiga kо‘ra (additiv va multiplikativ);
  • Atrof-muhit parametrlarining ta’siriga kо‘ra (asosiy va qо‘shimcha).

О‘lchash xatoliklarining klassifikatsiyasi


Muntazam xatolik deyilganda, faqat bitta kattalikni qayta-qayta о‘lchaganda о‘zgarmas bо‘lib qoladigan yoki biror qonun bо‘yicha о‘zgaradigan о‘lchash xatoligi tushuniladi. Ular aniq qiymat va ishoraga ega bо‘ladi, ularni tuzatmalar kiritish yо‘li bilan yо‘qotish mumkin.
Tasodifiy xatolik deyilganda, faqat, bitta kattalikni qayta-qayta о‘lchash mobaynida tasodifiy о‘zgaruvchi о‘lchash xatoligi tushuniladi. Bu xatolik borligini faqat bitta kattalikni bir xil sinchkovlik bilan qayta-qayta о‘lchangandagina sezish mumkin.
О‘lchashning qо‘pol xatoligi deyilganda, berilgan shartlar bajarilganda kutilgan natijadan tubdan farq qiladigan о‘lchash xatoligi tushuniladi.
Agar xatolik о‘lchanayotgan kattalikning о‘lchov birliklarda ifodalangan bо‘lsa, bunday xatolik absolyut yoki mutlaq xatolik deyiladi.
Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling