2. O‘zbek yozuvlari tarixi. Ilk o‘zbek alifbolari


Download 77.48 Kb.
bet1/5
Sana29.01.2023
Hajmi77.48 Kb.
#1139411
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-AMALIY MASHG\'ULOT .IMLO


1-mavzu: O’zbek tilining asosiy imlo qoidalari. Yozuv tarixi. Hozirgi o‘zbek adabiy tili shakllanish bosqichida alifbo va imlo muammolari (XX asrning 20–30-yillari)
REJA
1. “O‘zbek tilining imlo qoidalari kursining maqsad va vazifalari.
2. O‘zbek yozuvlari tarixi.
3. Ilk o‘zbek alifbolari (XIX asr oxiri – XX asr boshlari).
4. XX asr boshlarida alifbo-imlo masalalarining kun tartibiga qo‘yilishi.

“O‘zbek tilining imlo muammolari” fani imlo qoidalari, imlo bilan bog‘liq muammolar, yozuv va alifbo kabi masalalar bilan ish ko‘radi. Fanning asosiy maqsadi talabalarga o‘zbek yozuvi tarixi hamda o‘zbek alifbosining shakllanishi haqida nazariy ma’lumot berish, ularning yozma savodxonligini oshirish, yozuvlarida imlo bilan bog‘liq xatolarga barham berish, to‘g‘ri, aniq, xatosiz yozishga o‘rgatish; amaldagi imlo qoidalarini puxta o‘zlashtirishga ko‘maklashishdan iborat.


Mana shu maqsadlarga yo‘naltirilgan o‘quv mashg‘ulotlarida quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutiladi:
- o‘zbek yozuvi tarixi hamda o‘zbek alifbosining shakllanishi va rivoji haqida nazariy ma’lumot berish;
- XX asr davomida kechgan yozuv islohoti va oʻzgarishlari, hozirgi vaqtda alifbo va imloni takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ishlar haqida ma’lumot berish;
- davlat tili haqidagi qonun, hozirgi paytda alifbo va imloni takomillashtirish muammolariga munosabat bildirish;
- o‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini, shuningdek, yozma nutqda tinish belgilarining qoʻllanishini o‘rgatish.
Oliy o‘quv yurtlari filologiya fakultetlarida “O‘zbek tilining imlo muammolari” fanining o‘rganilishi talabalarning yozuv bilan bog‘liq madaniy saviyasini oshirishga yordam beradi. Bu fan talabalarning yozuv amaliyotida yo‘l qo‘yilayotgan xatolarni tugatishga
ko‘maklashadi, ularni o‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini puxta o‘rganishga va unga to‘la amal qilishga da’vat etadi.
2. O‘zbek yozuvlari tarixi
Tildagi birliklar va hodisalarning reallashuvi, mustahkamlanuvi hamda me’yorlashuvida yozuvning xizmati katta. Nafaqat tilning me’yorlashuvi, balki dunyo xalqlari taraqqiyotida ham yozuvning o‘rnini chetlab o‘tib bo‘lmaydi. Zero, har bir xalq, millat sivilizatsiyasi u
yaratgan yoki foydalangan yozuvga ham bog‘liq. O‘zbek davlatchiligining shakllanishi hamda xalqimizning dunyo fani va madaniyatida, binobarin, til va nutq madaniyatida tutgan o‘rni,
egallagan mavqeyi haqida so‘z yuritganda, bu xalqning necha ming yillar davomida foydalanib kelgan oromiy, sug‘d, xorazmiy, pahlaviy, o‘rxun (runik), uyg‘ur, arab, lotin, rus (kirill) yozuvlarini va yana lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosiga o‘tganligimizni eslash kifoya. Shunday ekan, o‘zbek adabiy tilining shakllanishi, shubhasiz, o‘zbek xalqi asrlar davomida foydalanib kelgan yozuv madaniyatining takomili hamdir.
Yozuv muayyan bir tilda qabul qilingan va kishilar o‘rtasidagi muloqotga xizmat qiladigan yozma belgilar tizimidir. Yozuv – kishilik jamiyati madaniy taraqqiyotining boshlanishi, bashariyatning uzoq va murakkab tadrijiy takomili jarayonidagi omillarning eng asosiylaridan biri. Yozuv tildan ancha keyin paydo bo‘lgan (tovush tili 400-500 ming yillar ilgari yuzaga kelgan, yozuvning paydo bo‘lganiga esa 4-5 ming yillar bo‘lgan). Og‘zaki til (nutq)ning zamon (vaqt) va makon (masofa) nuqtayi nazaridan cheklanganligi va uni barta raf etish zaruriyati yo zuvning paydo bo‘lishiga olib kelgan.

Download 77.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling