2 soat Reja: Fanni vazifasi va maqsadi Texnik tizimlar va ularning xossalari, tasnifi. Tizim elementlari. Texnikaviy tizim —


Download 17.78 Kb.
Sana03.11.2023
Hajmi17.78 Kb.
#1744718
Bog'liq
Mavzu 1


Mavzu 1. Texnik tizimlarni boshqarish fanining vazifalari va maqsadi.
(2 soat)


Reja:
1. Fanni vazifasi va maqsadi
2. Texnik tizimlar va ularning xossalari, tasnifi.
3. Tizim elementlari.


Texnikaviy tizim — bu tizim muhandisligining analogi sifatida paydo boʻlgan sovet muhandislik intizomi (inglizcha: systems engineering) boʻlib, fan va texnologiya yoʻnalishi hisoblanadi. U texnik va ijtimoiy-texnik xarakterdagi murakkab tizimlarni loyihalash, yaratish, sinovdan oʻtkazish va ulardan foydalanishni oʻz ichiga oladi.


Fanni vazifasi va maqsadi. Ushbu fan avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash ishlarini bajarish jarayoni misolida, avtomobil transportida sodir bo’layotgan tarkibiy, iqtisodiy va xuquqiy o’zgarishlarni hisobga olgan holda texnik tizimlarni boshqarish masalalarini ko’rib chiqadi.
Fanni o’rganishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- boshqarishni asosiy tushunchalarini o’rganish;
- ishlab chiqarishni tahlil qilishni dastur-maqsad uslublarini o’rganish;
- boshqarish va muhandislik qarorlarini qabul qilish uslublarini o’rganish;
- mulkchilikni turli shaklli avtotransport va servis korxonalari muhandis-texnik va boshqa xizmatlarida nafaqat muhandis, balki menedjer sifatida ham samarali bilim va ko’nikmalarni bo’lajak mutaxassislarda shakllantirish;
Texnik tizimlar va ularning xossalari, tasnifi. Tizimni zamonaviy tushunchasi bu ma’lum yaxlitlikni tashkil etuvchi va o’zaro bog’liqlikda bo’lgan element va kichik tizimlar birligidir.
Murakkabligi har xil bo’lgan tizimlarga misol: qator korxona va tashkilotlardan tashkil topgan Xolding kompaniyasi: qator ustaxona, xizmat bo’limlari ijrochilardan tashkil topgan avtotransport korxonasi (ATK) yoki texnik xizmat ko’rsatish stantsiyasi (TXKS); qator agregat va h.k. dan tashkil topgan avtomobil.
Jadval 1.1
Tizimlar va kichik tizimlar misoli:

Tizimlar

Kichik tizimlar (elementlar)

1. Transport kompleksi

Avtomobil transporti
Yo’l xo’jaligi
Temir yo’l transporti
Daryo transporti va h.o.

2. Avtomobil transporti

Kommertsiya ekspluatatsiyasi
Texnikaviy ekspluatatsiya
Boshqarishni kichik tizimi

3. Avtomobil

Agregatlar
Mexanizmlar
Tizimlar
Detallar

4. ATK

Ustaxonalar
Sexlar
Avtosaflar
Xizmat bo’limlari



Tizim elementlari: Tizimlar bo’lishi mumkin: texnikaviy – avtomobil; odam-mashina – avtomobil-haydovchi; ishlab chiqarish iqtisodiy – ATK, firma; ijtimoiy (xodim, aholini har xil guruhlari) va boshqalar.
Tizim elementi - bu ushbu tizim vazifasi chegarasida boshqa bo’linishga yo’l qo’yilmaydigan va ma’lum funktsiyani bajaradigan ob’ektdir.
Download 17.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling