2-topshiriq Nutq madaniyati qanday fanlar bilan aloqador?
Download 35 Kb.
|
Nutq madaniyati 2-topshiriq
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Nutq madaniyati faning boshqa fanlar bilan aloqasi.
2-topshiriq 1. Nutq madaniyati qanday fanlar bilan aloqador? 2.Nutq madaniyatining psixologiya bilan aloqasini qanday tushunasiz ? 3. Nutq madaniyatining pedagogikabilan aloqasini qanday tushunasiz ? 4. Nutq madaniyatining leksikologiya bilan aloqasini qanday tushunasiz ? 1.Nutq madaniyati faning boshqa fanlar bilan aloqasi.
Tilning biror sohasi qatnashmay qolgan nutqning bo’lishi mumkin emas. Har qanday nutqda tilning fonetikasi ham, lekiskasi ham, so’z yasalishi, morfologyasi ham, sintaksisi, stilistikasi ham ishtirok etgan bo’ladi. Shunday ekan obekti nutq bo’lgan nutq madaniyati fani ham tilshunoslikning hamma tarmoq fanlari bilan bevosita bog’langandir. Nutq madaniyati fani bu fanlarga xos xususiyatlarni to’g’ridan – to’g’ri o’rganmaydi. Ularni nutqning aloqaviy sifatlariga ijobiy va salbiy ta’siriga ko’ra tekshiradi. 1. Nutq madaniyati fani o’z xususiyatiga ko’ra uslubshunoslik (leksikologiya)ga qattiq bog’langandir. Uslubshunoslik til uslublarini o’rganadi.
Nutq madaniyati fani bo’lsa tilshunoslikning til normalariga aloqador hamma sohalari bilan bog’langandir. 2. Nutq madaniyati fani leksikologiyaga ham qattiq bog’langandir. Chunki, nutqning aloqaviy fazilati hisoblangan aniqlik, to’g’rilikni so’zning lug’aviy ma’nolarining aniq tavsifsiz tushunib bo’lmaydi. Nutqning mantiqiyligi so’z ma’nolarining ma’no va mazmuniy bog’lanishlariga asoslanadi. Nutqning soflik, ifodaviylik, o’rinlilik kabi aloqaviy fazilatlari ham nutq madaniyati fanini leksikologiya bilan bog’laydi. 3. Nutq madaniyati fani hamma vaqt mantiq va ruhshunoslikka suyanadi. Logikaga murojat qilmasdan turib aniqlik va mantiqiylikni ta’minlash ham, baholash ham mumkin emas. Mantiq so’zlar va butun bir gapdan chiqadigan tushunchalarni belgilaydi. So’zlarning ma’nosi va ifodalanayotgan tushuncha o’rtasidagi munosabatni mantiq tekshiradi. Mantiq so’zlar, birikmalar va gaplar orasidagi ma’no aloqalarini taminlaydi. 4. Nutq madaniyati bundan tashqari nafosat haqdagi fan estetika bilan, badiiy adabiyot nazariyasi, adabiyotshunoslik aloqadordir. Download 35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling