2-topshiriq Nutq madaniyati qanday fanlar bilan aloqador?


Download 35 Kb.
bet1/2
Sana05.01.2022
Hajmi35 Kb.
#223277
  1   2
Bog'liq
Nutq madaniyati 2-topshiriq


2-topshiriq

1. Nutq madaniyati qanday fanlar bilan aloqador?

2.Nutq madaniyatining psixologiya bilan aloqasini qanday tushunasiz ?

3. Nutq madaniyatining pedagogikabilan aloqasini qanday tushunasiz ?

4. Nutq madaniyatining leksikologiya bilan aloqasini qanday tushunasiz ?

1.Nutq madaniyati faning boshqa fanlar bilan aloqasi. 

 

Tilning  biror  sohasi  qatnashmay  qolgan  nutqning  bo’lishi  mumkin  emas.   



Har  qanday  nutqda  tilning  fonetikasi  ham,  lekiskasi  ham,  so’z  yasalishi, 

morfologyasi ham, sintaksisi, stilistikasi ham ishtirok etgan bo’ladi. Shunday ekan 

obekti  nutq  bo’lgan  nutq  madaniyati  fani  ham  tilshunoslikning  hamma  tarmoq 

fanlari bilan bevosita bog’langandir. 

Nutq  madaniyati  fani  bu  fanlarga  xos  xususiyatlarni  to’g’ridan  –  to’g’ri 

o’rganmaydi.  Ularni  nutqning  aloqaviy  sifatlariga  ijobiy  va  salbiy  ta’siriga  ko’ra 

tekshiradi. 

1.  Nutq    madaniyati  fani  o’z  xususiyatiga  ko’ra  uslubshunoslik 

(leksikologiya)ga  qattiq  bog’langandir.  Uslubshunoslik  til  uslublarini  o’rganadi. 

Nutq  madaniyati  fani  bo’lsa  tilshunoslikning  til  normalariga  aloqador  hamma 

sohalari bilan bog’langandir. 

2. Nutq madaniyati fani leksikologiyaga ham qattiq bog’langandir. Chunki, 

nutqning  aloqaviy  fazilati  hisoblangan  aniqlik,  to’g’rilikni  so’zning  lug’aviy 

ma’nolarining  aniq  tavsifsiz  tushunib  bo’lmaydi.  Nutqning  mantiqiyligi  so’z 

ma’nolarining  ma’no  va  mazmuniy  bog’lanishlariga  asoslanadi.  Nutqning  soflik, 

ifodaviylik,  o’rinlilik  kabi  aloqaviy  fazilatlari  ham  nutq  madaniyati  fanini 

leksikologiya bilan bog’laydi. 

3.  Nutq    madaniyati  fani  hamma  vaqt  mantiq  va  ruhshunoslikka  suyanadi. 

Logikaga  murojat  qilmasdan  turib  aniqlik  va  mantiqiylikni  ta’minlash    ham, 

baholash  ham  mumkin  emas.  Mantiq  so’zlar  va  butun  bir  gapdan  chiqadigan 

tushunchalarni  belgilaydi.  So’zlarning  ma’nosi  va  ifodalanayotgan  tushuncha 

o’rtasidagi  munosabatni  mantiq  tekshiradi.  Mantiq    so’zlar,  birikmalar  va  gaplar 

orasidagi ma’no  aloqalarini taminlaydi. 

4.  Nutq    madaniyati  bundan  tashqari  nafosat  haqdagi  fan  estetika  bilan, 



badiiy adabiyot nazariyasi, adabiyotshunoslik aloqadordir. 


Download 35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling