2-topshiriq Nutq madaniyati qanday fanlar bilan aloqador?


Download 35 Kb.
bet2/2
Sana05.01.2022
Hajmi35 Kb.
#223277
1   2
Bog'liq
Nutq madaniyati 2-topshiriq

 

3. Nutq madaniyatini pedagogikadan ham ayro holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Nutq malakalari ta’lim va tarbiya jarayonlarida shakllantiriladi. Dunyo tilshunosligida tildan to‘g‘ri va mahorat bilan foy dalanish qoidalarini o‘rgatish, ya’ni madaniy nutq tuzish yo‘llarini ko‘rsatish bilan shug‘ullanadigan soha til didaktikasi yoki lingvodidaktika nomi bilan ham yuritiladiki, bunda nutq, madaniyati va pedagogikaning bir qismi bo‘lgan didaktika o‘rtasidagi zich aloqa yaqqol namoyon bo‘ladi. Nutq madaniyati ayni paytda o‘z mohiyatiga ko‘ra psixologiya, estetika, etika, sotsiologiya, madaniyatshunoslik, adabiyotshunoslik va boshqa bir qator ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan ham uzviy bog‘liqdir. Inson jamiyatning ichida yashaydi, faoliyat ko‘rsatadi, boshqalar bilan muloqot qiladi. Bu muloqot, albatta, nutq orqali amalga oshadi va jamiyat a’zosining nutqi ayni jamiyat tomonidan baholanadi. Jamiyat a’zosining nutqi shu jamiyatda qaror topgan milliy ruhiyat, nafosat, axloq, ijtimoiy munosabat, madaniyat, tarbiya, urf-odat, idrok tamoillari va qoidalariga aslo zid kelmasligi lozim. Bu tamallar va qoidalar esa mazkur nolingvistik ijtimoiy fanlar tomonidan turli nuqtai nazarlardan o‘rganiladi. To‘g‘ri va ta’sirchan nutq tuzishda ayni qoidalar hisobga olinmas ekan, ularga amal qilinmas ekan, maqsadga erishib bo‘lmaydi. Nutq madaniyatidagi bosh masala, aytib o‘tilganiday, til dan maqsadga muvofiq foydalanishdir, demak, tilni qo‘llashning real ijtimoiy jarayonlarini tahlil qilish bu sohaning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Bu o‘rinda nutq madaniyatining sotsiologiya bilan to‘g‘ridai-to‘g‘ri aloqadorligi aniq ko‘rinadi. O‘qituvchining pedagogik faoliyatida nutq texnikasini egallash muhim ahamiyatga ega. Buning uchun bo‘lajak o‘qituvchi avvalo nutq sirlarini, uning o‘quvchilar bilan bo‘ladigan muloqotda ta’sir kuchini puxta bilishi kerak. Nutqning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish uchun, nutq texnikasiga oid talablarni bilish lozim. Bu talablar nutqning mantiq jihatdan to‘g‘ri, aniq, chiroyli, yorqin va maqsadga muvofiq bo‘lishidir. Pedagog va psixolog olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, o‘z faoliyatini endigina boshlayotgan o‘qituvchilar duch keladigan qiyinchiliklarning asosiysi aynan pedagogik texnikaga oid ma’lumotlarni bilmasligi oqibatida sodir bo‘lmoqda. Pedagogik texnika to‘g‘risida yuqorida aytib o‘tilgan fikr va mulohazalarga e’tibor qilmaslik, pedagogik faoliyatda nazariy va amaliy tajribalarning yo‘qligi, o‘z faoliyatiga tanqidiy nazar bilan baho berolmaslik oqibatida hamda o‘qituvchida individual pedagogik texnikani rivojlantirish, tahlil qilish va uni takomillashtirish yuzasidan aniq maqsadga qaratilgan pedagogik faoliyatning yo‘qligi mazkur qiyinchiliklarning asosiy sabablaridan biri ekanligini unutmaslik kerak. Pedagogika oliy ta’lim muassasalaridagi kasbiy tayyorgarlik jarayonida pedagogik texnikani egallash bo‘lajak o‘qituvchiga o‘zining kasbiy yo‘nalishining 13 boshlanishidayoq ko‘pgina xatolardan holi bo‘lishda, talabalarga ta’lim-tarbiya berishning yuksak samaradorligiga erishishda yordam beradi.

4. Nutq madaniyati fani leksikologiyaga ham qattiq bog’langandir. Chunki, nutqning aloqaviy fazilati hisoblangan aniqlik, to`g`rilikni so`zning lug’aviy ma’nolarining aniq tavsifisiz tushunib bo’lmaydi. Nutqning mantiqiyligi so`z ma’nolarining ma’no va mazmuniy bog’lanishlariga asoslanadi. Nutqning soflik, ifodaviylik, o`rinlilik kabi aloqaviy fazilatlari ham nutq madaniyati fanini leksikologiya bilan bog’laydi. Tilning lugat boyligini yetarli darajada bilmasdan turib madaniy nutq tuzish mumkin emas. So‘zlarning semantik strukturasi, undagi taraqqiyot, leksik sistemadagi so‘zlarning bir-biriga munosabati kabi masalalardan boxabar bo‘lmasdan turib, tilning behad boy so‘z xazinasidan konkret nutq uchun eng keraklisini tanlash mushkul. Bu xazinaning hayotini esa leksikologiya o‘rganadi. Nutq madaniyati so‘zlarni nutq uchun tanlashda ayni shu leksikologiyaning ma’lumotlariga tayanadi. Leksikografiyaning nutq madaniyati bilan bog‘liqligi ham isbot talab etmaydi. Zotan, so‘zlar va ularning ma’no tavsifi lug‘atlarda jamlangan bo‘lib, kerakli so‘zni tanlash, ma’nosini to‘g‘ri tasavvur etish, o‘rnini adashtirmaslik, demakki, madaniy nutq tuzishda eng yaxshi va yaqin yordamchi aynan xilma-xil lug‘atlardir.
Download 35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling