Adabyotshunoslik nazariyasi


Download 92.5 Kb.
bet1/4
Sana02.01.2022
Hajmi92.5 Kb.
#189399
  1   2   3   4
Bog'liq
Axmedov Komronbek 8.Mavzu va g'oya



Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat O’zbek tili va Adabyoti Universiteti



ADABYOTSHUNOSLIK NAZARIYASI fanidan

TOPSHIRIQ

MAvzu: 8. MAVZU VA G’OYA

Talaba: Axmedov K.

Fan o’qituvchisi: Xayrullayev A.

Toshkent-2020

Savol va topshiriqlar:



1).  Badiiy asarda mavzu deganda nimani tushunasiz?
2).  Badiiy g'oya va mavzuning uyg'unligini izohlang?

3). Badiiy asarning tasvir ob'ekti  nima?

Tema (gr. thema — asosiga qo‘yilgan narsa) yoki mavzu (arabcha, aynan tema ma’nosini beradi; biz ikkalasidan ham foydalanamiz) — ijodkor tomonidan tanlab oiingan va hayotning muayyan muammolarini umumiylashtirgan voqealar tasviri, ana shu akslangan hayot (voqea) ko‘rinishlarining mag‘zini chaqish(fikriy tadqiqot va tahlil) va uni g‘oyaviy-emotsional tarzda baholashdir.

Rus yozuvchisi Maksim Gorkiy temaning ana shu ahamiyatidan kelih chiqib, uni adabiyotning ikkinchi unsuri (elementi) deb ataydi va shunda} ta’riflaydi: «Tema avtor tajribasida bunyodga kelgan, hayotning o‘z ko'rsatib bergan, ammo hozircha avtor tasawurida hali to‘la-to‘kis shakllanmagan bir holda saqlanib, obrazlarda gavdalantirishni talab qilib. avtorda ishlashga mayl uygotadigan g oyadir». Ushbu ta’rifdan ham ma’lun bo'layaptiki, tema va g‘oya — bir butun, yuqorida ko‘rganimiz mazmun shakl kabi (tema g'oyaning ichida, g ‘oya mazmunning ichida yashaydi; yaxlit hodisadir.

Adabiyotshunoslikdagi fikrlarni umumlashtirsak, badiiy asar temalarin uchga ajratish mumkin:

1. Adabiy mavzular. Insoniyatga xos bo‘lgan barcha fazilatu qusurlar(sevgimuhabbat, mehr-oqibat, vafo-sadoqat, shodlik va quvonch, g‘am va qayg‘u qasos, rashk, o ‘lim, saxiylik va baxillik, baxtu baxtiyorlik, matonat va shijoat, mehrli tabassumu yolqin nigoh, ehtiros, sog‘inch, chanqoqlik v£ jo‘shqinlik va h.) adabiy mavzulardir. Shu sababdan Oskar Uayld «Dorior Greyning portreti»(«Jahon adabiyoti», 2000 y, yanvar)asarida topib aytadi «Fikr va so‘z san’atkor uchun san’at vositasidir. Illat va fazilat — uning ijod uchun materialdir». Bu xulosa hamma davr adabiyotlari uchun tegishlidir.

2. Tarixiy mavzular. Tarixdan, o'tmish (moziy)dan tasvir predmetigg material tanlash va shu asosda zamondoshlaming diqqatini qiziqtirgan eng zarur muammolarga javob izlash — bosh xususiyat kasb etadi. Jumladan «Navoiy» (Oybek), «Yulduzli tunlar. Bobur» (P.Qodirov), «Ulug‘bek xazinasi» (O.Yoqubov) — uzoq tariximizni yoritsa, « 0 ‘tkan kunlar» (A.Qodiriy). «Kecha va kunduz» (ChoUpon), «Qutlug* qon» (Oybek) — yaqin o ‘tmishimizn: gavdalantiradi.

3. Zamonaviy mavzular. Bugungi zamondan, aniq bosqich — istiqlo davri kishilarining hayotini tasvirlash va shu orqali hayotdan dars berish - zamonaviy mavzularga xos bosh xususiyatdir. Bugun Istiqlol talabiga monanc komil kishilami — fikrlovchi, tadbirkor, el-yurt uchun kuyub, yonib yashovchi. adolat va haq uchun kurashuvchi qahramonlarni tasvirlash, ularning murakkab obrazlarini yaratish — zamonaviy mavzularning kashfiyotlari bilar bog‘liq.




Download 92.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling