2. Tovar moddiy zahiralar auditini tashkil etish tartibi. Tovar moddiy zahiralar kirimi va chiqimi hamda saqlanishini tekshirish


Download 79.27 Kb.
bet1/11
Sana18.06.2023
Hajmi79.27 Kb.
#1564552
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Shohruh BXA 59-2 Audit kurs ishi


Mavzu: Tovar moddiy zahiralar sarflanishi muomalalari auditi.


REJA:


Kirish.
1.Tovar moddiy zahiralar auditining maqsadi,vazifalari va o’tkazish ketma-ketligi.
2.Tovar moddiy zahiralar auditini tashkil etish tartibi.
3.Tovar moddiy zahiralar kirimi va chiqimi hamda saqlanishini tekshirish.
4. Tovar moddiy zahiralar auditini xalqaro andozalar asosida takomillashtirish yo’llari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.


KIRISH
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvni yanada chuqurlashtirish va jahon amaliyotidagi mavjud yutuqlarni mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayoniga joriy qilish, iqtisodiyot real sektori korxonalari barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash, ishlab chiqarishni qo’llab-quvvatlash vazifalari ustuvor yo’nalishlardan biri hisoblanadi.
Darhaqiqat, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “...islohotlarning qay darajada samara berayotganini ko’rsatadigan maqsadli dasturlarni amalga oshirish natijadorligidir. Bular qatorida sanoat va boshqa tarmoqlarni rivojlantirishning quyidagi iqtisodiy va moliyaviy ko’rsatkichlarini keltirish mumkin: ishlab chiqarish quvvatlarining ahvoli, xarajatlarni va tannarxni pasaytirish, mahalliylashtirish va rentabellik darajasini, mahsulot raqobatdoshligini so’zsiz oshirish”1.
Buxgalteriya hisobining ma’lumotlari o’zida mahsulotning tannarxini kamaytirish imkoniyatlarini-moddiy boyliklardan unumli foydalanish, sarflar me’yorini pasaytirish, tovar-moddiy zaxiralarini talabga javob beradigan darajadagi saqlash va qo’riqlash va boshqalar to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirishi lozim.
Yuqoridagilarga tayangan holda aytish joizki, mazkur bitiruv malakaviy
ishiga tanlangan mavzu mamlakatni modernizatsiya qilish sharoitida eng dolzarb
mavzulardan biri hisoblanadi.
Tovar-moddiy zaxiralar hisobi,auditi va ularning o’ziga xos xususiyatlarining huquqiy-me’yoriy asoslari,shuningdek, uning uslublarini amaldagi qonunlar va me’yoriy hujjatlar doirasida takomillashtirish hisoblanadi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar
tomonidan tovar-moddiy zaxiralari hisobini to‘g‘ri yuritish, ularning tannarxini
to‘g‘ri shakllantirish, xom-ashyo va materiallarni xarajat moddalari bo‘yicha
to‘g‘ri tasniflash, tayyor mahsulot va tovarlarni yuqori foydalilik darajasida
sotish yo‘llarini izlash, ular bo‘yicha amalga oshirilayotgan muomalalarning
to‘g‘ri, aniq va qonuniyligini auditorlik tekshiruvlaridan o‘tkazish, shuningdek
moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish yordamida ichki foydalanilmayotgan
rezervlarni qidirib topish hamda ularni ishlab chiqarishga safarbar etish kabi bir
qancha masalalar shu kunning dolzarb muammolaridan biri bo'lib hisoblanadi.
Chunki, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish va pirovardida,
mahsulot tannarxini kamaytirish orqali yuqori samaradorlikka hamda moliyaviy barqarorlikka erishish mumkin. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ishlatilayotgan tovar-moddiy zaxiralarining holati, ularni hisobda aks ettirish tartibi va tarmoq xususiyatdan kelib chiqqan holda audit tekshiruvlarini o‘tkazish hamda ularni takomillashtirish kabi masalalar bitiruv malakaviy ishi mavzusining asosiy mazmunini tashkil qiladi.


Download 79.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling