2005 yil 9 aprelda o’tgan Adliya vazirligining kengaytirilgan xay’at majlisida so‘zlagan nutqi


Download 207.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana24.12.2017
Hajmi207.23 Kb.
#22989
  1   2

2005 yil 9 aprelda o’tgan Adliya vazirligining kengaytirilgan xay’at majlisida so‘zlagan 

nutqi 

Hurmatli yig‘ilish qatnashchilari! 

 

Bugungi kengaytirilgan hay’at majlisining asosiy maqsadi amalga oshirayotgan ishlarimizni 



chuqur tahlil qilib olish, faoliyatimizga tanqidiy baho berish, mamlakatimiz Prezidentining 

Vazirlar Mahkamasida 7 fevral kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishdagi ma’ruzasidan kelib chiqqan 

holda kelgusidagi vazifalarni va zarur chora-tadbirlarni belgilab olishdan iboratdir. 

 

I. Amalga oshirilayotgan ishlarning qisqacha tahlili: 

 

Adliya vazirligi tomonidan tadbirkorlarni huquqiy himoya qilinishini yaxshilashga qaratilgan 



aniq chora-tadbirlar ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda. 

 

Bugungi kunda tadbirkorlarni noqonuniy tekshirish holatlari kamaydi, ularni hokimliklarda 



ro‘yxatga olish ishlari soddalashtirildi, shartnoma intizomi kuchaymoqda. Agar ilgari har 

qadamda shartnomalar tuzishda qonunbuzilishlar aniqlangan bo‘lsa, hozir fermerlarning 

shartnomalarga bo‘lgan munosabati o‘zgargan. Shartnomaga zid ravishda fermerlarni 

ortiqcha yetishtirgan mahsulotini tortib olish kabi qo‘pol qonunbuzarliklarning oldi olindi, 

hisob-kitoblarni shartnoma asosida olib borish amaliyoti tobora yaxshilanmoqda. 

 

Mamlakatimiz rahbariyati tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijasida iqtisodiyotda 



xususiy sektorning rolini tubdan oshirish uchun aniq ishlar amalga oshirilyapti. 

 

O‘tgan yilning o‘zida xususiy mulkchilikni rivojlantirishga, qishloq xo‘jaligida iqtisodiy 



islohotlarni chuqurlashtirishga, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun zarur shart-

sharoitlar yaratishga, ularning qonuniy huquqlari va manfaatlarining ishonchli himoyasini 

ta’minlashga qaratilgan Prezidentimiz farmonlari, Hukumatning qarorlari qabul qilindi. 

 

Xususan, o‘tgan yili 24 yanvarda Prezidentimizning xususiy sektorni jadal rivojlantirishni 



rag‘batlantirish, mamlakat iqtisodiyotida uning roli va ahamiyatini tubdan oshirish, 

xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqarish tizimini takomillashtirish va 24 

martda qishloq xo‘jaligini tubdan isloh qilishga qaratilgan maxsus farmonlari qabul qilindi. 

Shular asosida xususiylashtirishga va qishloq xo‘jaligini iqtisodiy rivojlantirishga oid bir 

qator qonun hujjatlari qabul qilindi.  

 

Tahlillar shuni ko‘rsatyaptiki, tadbirkorlarning qonunlarimizga bo‘lgan ishonchi tobora ortib 



boryapti. Ushbu murakkab jarayonlarda shaxsan Prezidentimizning tashabbusi bilan tashkil 

etilgan tadbirkorlarni huquqiy himoya qilish tizimining ahamiyati alohida o‘rin tutadi. 

Raqamlarga murojaat etadigan bo‘lsak, o‘tgan yil tadbirkorlarning murojaatlari soni 2002 

yilga nisbatan 2 baravarga oshdi, ularning 78 foizi sudlarga da’vo arizasi kiritish va boshqa 

choralar yordamida qanoatlantirildi. Xuddi shunday huquqiy yordam xorijiy investorlarga 

ham ko‘rsatilmoqda. 

 

Shunday qilib, davlat tadbirkorlarga bepul huquqiy yordam berish va ularni himoya qilish 



vazifasini o‘z zimmasiga oldi. Hozir tadbirkor uchun o‘zining huquqi buzilganligi to‘g‘risida 

xabar qilishning o‘zi kifoya, boshqa barcha ishlarni adliya idoralari amalga oshiradi, ya’ni 

buzilgan huquqlar tiklanadi, yetkazilgan zarar undirib beriladi, aybdor shaxslar esa 

jazolanadi. 

 


Boshqa davlatlarning tajribasidan bilamizki, xususiy mulkdor uchun sud himoyasi ancha 

katta mablag‘ va ko‘p vaqt sarflanishini talab qiladi. 

 

Tadbirkorlarning adliya idoralariga murojaatining oshganligi bu – odamlarimizning ongida 



o‘zgarish bo‘layotganligini, ularning Prezidentimiz siyosatiga, qonunlarimizni ishlashiga 

ishonchi ortib borayotganligini ko‘rsatmoqda. 

 

Bizning faoliyatimizning asosiy yo‘nalishi  bozor islohotlarini, xususiy mulkchilikni 



rivojlantirishga yo‘naltirilgan qonunlarimizning ijrosini ta’minlashga qaratilgan. Ya’ni 

xodimlarimiz mavjud muammolarni bevosita joylarga chiqib o‘rganmoqda. Xususan, o‘tgan 

yil davomida Adliya vazirligi tomonidan respublikaning barcha viloyatida va Toshkent 

shahrida qonunchilik ijrosi o‘rganilganda, tadbirkorlarning huquqi va qonuniy manfaatlarini 

buzilishi bilan bog‘liq 360 mingga yaqin qonunbuzilishlar aniqlandi. Shu jumladan, 20 

mingdan ortiq holatda tadbirkorlarni ro‘yxatga olish muddati va tartibini buzish, litsenziya va 

boshqa ruxsatnomalar olishda 18 mingta qonunbuzilish, banklar tomonidan 7,9 ming holatda 

kreditlash tartibini buzish, 45,4 ming noqonuniy ma’muriy javobgarlikka va moliyaviy jazoga 

tortish, 9 mingta soliq qonunchiligini noto‘g‘ri qo‘llash holatlari, 133 mingga yaqin 

shartnoma intizomini buzish holatlari aniqlandi.  

 

O‘rganish natijasi bo‘yicha mavjud vaziyat chuqur tahlil etilgan holda viloyat hokimlariga 



taqdimnomalar kiritildi. Tadbirkor huquqi buzilgan har bir holat, toki buzilgan huquqlar 

tiklanib, aybdor shaxslar javobgarlikka tortilgunga qadar, adliya idoralari nazoratida turadi. 

Natijada, 3929 ta mansabdor shaxs, shu jumladan, 440 ta hokimlik, 651 ta tijorat banklari, 

424 ta soliq idoralari, 795 ta nazorat qiluvchi idoralari, 1598 ta boshqa idoralar xodimlari 

intizomiy javobgarlikka tortildi. Shundan 590 ta aybdor mansabdor shaxslar egallab turgan 

lavozimdan ozod etildi, ulardan 62 nafari hokimlik, 94 ta soliq, 95 tasi boshqa nazorat 

qiluvchi idoralar, 76 nafari tijorat banklari va 174 tasi tayyorlov va xizmat ko‘rsatuvchi 

korxonalar xodimlaridir. (o‘tgan yil bo‘yicha esa 290 ta)

 

Bundan tashqari, 2003 yil davomida adliya organlarining tashabbusi bilan tadbirkorlarning, 



shu jumladan xorijiy investorlarning manfaatini ko‘zlab sudlarga 65,6 mlrd. so‘mlik va 939 

ming AQSH dollari miqdorida 13632 ta da’vo arizasi kiritildi, bu esa 2002 yilga qaraganda 

51,7 mlrd. so‘mlik 5546 ta da’vo arizaga ko‘pdir. Faqat xorijiy investorlar huquqlarini 

himoya qilib sudlarga 3,5 mlrd. so‘mlik va 939 ming AQSH dollariga teng 235 ta da’vo ariza 

kiritildi. Shundan, bevosita 936 nafar mansabdor shaxsning cho‘ntagidan 392,5 mln. so‘mlik 

yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlar undirildi.  

 

Adliya vazirligi tomonidan qishloq xo‘jaligi korxonalaridagi shartnoma munosabatlarini 



tartibga solishga, ushbu sohada shartnoma intizomini mustahkamlashga, shartnomalar 

bajarilishi ustidan nazoratni kuchaytirishga asosiy e’tibor qaratildi. Xususan, shartnomalar 

tuzishdagi va ularni ijrosini ta’minlashdagi asosiy kamchiliklar Neft mahsulotlari, 

Qishloqxo‘jalikkimyo, Agromashservis, Paxtasanoat, Donmahsulot va O‘zbek ipagi 

korxonalari faoliyatida aniqlandi. Shuning uchun ushbu tashkilot rahbarlariga taqdimnomalar 

kiritildi hamda bu masalaga o‘z munosabatlarini tubdan o‘zgartirish va aybdor shaxslarga 

qattiq choralar ko‘rish talab etildi. Natijada tayyorlov va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning 

579 ta xodimi intizomiy javobgarlikka tortildi, shundan 112 tasi vazifasidan ozod qilindi. 

Xususan, Qishloqxo‘jalikkimyo aksiyadorlik kompaniyasining xodimlaridan 139 nafari, Neft 

mahsulotlari korxonasi xodimlaridan 42 nafari shartnoma intizomini buzganligi uchun 

javobgarlikka tortildi, shundan 27 tasi egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bundan 

tashqari, Qishloqxo‘jalikkimyo korxonalarini javobgar qilib 4,6 mlrd. so‘mlik 227 ta, 



Neftmahsulotlari korxonalarini javobgar qilib 223,3 mln. so‘mlik 102 ta da’vo arizalari 

kiritildi. 

 

2003 yil davomida 266 mingta xo‘jalik va 178 mingga yaqin ichki xo‘jalik shartnomalari 



o‘rganilib, adliya idoralarining talabiga ko‘ra 47 mingdan ortiq shartnomalar qayta tuzdirildi. 

Shuningdek, shartnoma majburiyatlarini bajarmayotgan taraflarga adliya idoralarining 

yordami bilan umumiy miqdori 2,3 mlrd. so‘mlik 1444 ta talabnomalar kiritildi.  

 

Adliya vazirligi tomonidan 2004 yil yanvar oyida 14 mingdan oshiq tadbirkorlar orasida 



ijtimoiy so‘rov o‘tkazildi. Bunday tadbir 2003 yil yanvar oyida ham o‘tkazilib, bir qator 

muammolarni va jiddiy to‘siqlarni tadbirkorlarning shaxsan o‘zlaridan bilib olgan edik va 

o‘tgan yil davomida asosiy e’tiborimizni ana shularga qaratib, ularni bartaraf etish choralarini 

ko‘rdik. O‘tkazilgan so‘rov yakunlari asosida respublikaning har bir tumani va tegishli 

idoralar miqyosida elektron ma’lumotlar bazasi yaratilmoqda. Bu yilgi so‘rov natijalari ham 

barcha tumanlarda hokimlar, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar 

xodimlari va tadbirkorlar ishtirokida keskin muhokama etiladi, mavjud vaziyatni to‘g‘rilash 

bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi. 

 

Bundan tashqari, yuqorida qayd etilgan ma’lumotlar bazasiga Adliya vazirligining oxirgi 4 



yil davomida o‘tkazgan tekshirish materiallari va 2001, 2002 yillarda ham tadbirkorlar 

orasida o‘tkazilgan so‘rov natijalari jamlangan. Bu esa, har bir tumanda qonunchilikka rioya 

etilish holatini, uning o‘zgarishini hisobga olgan holda chuqur tahlil qilish va eng asosiysi, 

yildan-yilga muntazam ravishda takrorlanib, tadbirkorlarning huquqlarini qo‘pol ravishda 

buzib kelayotgan amaldorlarni aniqlash va ularga nisbatan jiddiy huquqiy javobgarlik 

choralarini qo‘llash imkonini bermoqda. 

 

Xorijiy investorlarni himoyasini ta’minlash masalasiga alohida to‘xtalmoqchiman. 



 

Hozirgi kunda respublikamizda jami 3090 ta chet investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar 

mavjud bo‘lib, ularning 2497 tasi qo‘shma korxonalar, 593 tasi 100% chet el investitsiyasi 

ishtirokidagi korxonalardir. Faqat 2003 yilda 266 ta chet investitsiyasi ishtirokidagi 

korxonalar tashkil etildi. Bu esa 2002 yilga nisbatan 58 taga, ya’ni 28% oshganligini 

ko‘rsatadi. Demak, xorijiy investorlarning O‘zbekistonga qiziqishi va ishonchi ortib boryapti. 

 

Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 2 maydagi qaroriga asosan, Adliya vazirligida Xorijiy 



investitsiyalar va ular ishtirokidagi korxonalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasi va 

viloyat adliya boshqarmalarida tegishli bo‘limlar tashkil etildi. Ushbu tuzilmalar malakali 

kadrlar bilan ta’minlanib, ular o‘z xizmat vazifalarini bajarishga kirishdilar. 

 

Adliya idoralariga xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar huquqlarini himoya qilish 



vazifasi yuklatilgandan keyin qisqa vaqt davomida ularning manfaatini ko‘zlab sudlarga 3,5 

mlrd. so‘mlik va 938 ming AQSH dollariga teng 235 ta da’vo arizalari kiritildi. Shuningdek 

xorijiy investorlarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan davlat idoralariga 114 ta 

taqdimnoma, 35 ta ogohnoma va 15 ko‘rsatmalar kiritildi. Ko‘rilgan choralar natijasida 

noqonuniy qo‘llanilgan 6,5 mlrd. so‘mlik moliyaviy jarimalar bekor qildirildi. 21 ta aybdor 

mansabdor shaxslar intizomiy javobgarlikka tortildi. 

 

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasini 2003 yilning 27 avgustdagi 370-sonli qaroriga 



asosan insonning huquq va erkinliklarini himoya qilish samaradorligini oshirish maqsadida 

Adliya vazirligida Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasi va joylarda uning bo‘limlari 

tashkil etildi. Boshqarma malakali xodimlar bilan ta’minlanib, ular o‘z faoliyatini boshlashdi. 

 

O‘tgan shu qisqa muddatda boshqarma va uning hududiy bo‘limlariga fuqarolardan 618 ta 



shikoyat va arizalar kelib tushdi. Murojaatlarning aksariyati (358 tasi, ya’ni 58 foizi) 

dastlabki tergov va odil sudlovga taalluqlidir. Shuning uchun, ular bilan birgalikda ushbu 

arizalarni qonuniy hal etish masalasi choralari ko‘rilyapti. Bundan tashqari, inson huquqlarini 

buzilish holatlarini bartaraf etish va aybdor mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish 

masalasida davlat idoralariga 11 ta taqdimnoma kiritib, fuqarolarning buzilgan huquqlari 

tiklandi. 

 

II. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar (adliya idoralari bo‘yicha): 

 

Lekin amalga oshirilayotgan ishlar bilan bir qatorda adliya idoralarining faoliyatida ham bir 



qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmoqda.  

 

ish rejalari tuzilishi va ular ijrosi bo‘yicha: 

 

Joylardagi adliya boshqarmalarining 2004 yil 1-yarim yillikka mo‘ljallab tuzilgan ish rejalari 



o‘rganib chiqilganda, ayrim adliya boshqarmalarining ish rejalari 2000-2003 yillarda Adliya 

vazirligi tomonidan o‘tkazilgan tekshirishlarning tahlilidan kelib chiqqan holda 

tuzilmaganligi aniqlandi. 

 

Ayniqsa o‘tgan yillarda ish rejalari tuzishda adliya boshqarmalarining faoliyati tanqid 



qilingan bo‘lsada, ayrim boshqarma boshliqlari bundan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan. 

 

Masalan, Farg‘ona viloyati Adliya boshqarmasi (M.Fayziyev) 2003 yilning 2-yarim yilligida 



Dang‘ara tumanida o‘rganish o‘tkazilgan bo‘lsada, 2004 yilning 1-yarim yilligida ham ushbu 

tumanda o‘rganish o‘tkazish rejalashtirilgan. Nima viloyatdagi boshqa tumanlarda ishlar 

yaxshi yo‘lga qo‘yilganmi ? 

 

Shunday holatni Buxoro, Xorazm, Namangan, Surxondaryo va Sirdaryo viloyati adliya 



boshqarmasi tomonidan tuzilgan ish rejasi tahlilida uchratsa bo‘ladi. 

 

Ish rejalarimiz aniq va tushunarli bo‘lishi, eng muhimi mavjud ahvoldan va muammolardan 



kelib chiqib belgilanishi lozim. Adliya boshqarmalari ishlarni rejalashtirishda asosiy e’tiborni 

kelib tushgan arizalar, o‘tkazilgan tekshirishlar va so‘rovlarning tahlilidan hamda bugungi 

hay’at yig‘ilishida aytilgan topshiriqlardan kelib chiqishi va Adliya vazirligini ish rejasi bilan 

bog‘lash kerak. O‘tgan hay’at yig‘ilishida ham alohida aytilgan edi, rejalashtirilgan ishlar 

albatta bajarilishi shart. Faqat shundagina vaziyatga ta’sir ko‘rsata olamiz. 

 

arizalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha: 

 

Adliya vazirligiga kelib tushayotgan jami ariza va shikoyatlar xususiyatlariga qarab tahlil 



qilinganda, ularning aksariyati, ya’ni 72,7 foizi tadbirkorlik va shartnomaviy munosabatlarga 

tegishli bo‘lmoqda. Xususan, yer ajratish 14,6 foiz (o‘tgan yilda 27,3 foiz bo‘lgan), ro‘yxatga 

olish va litsenziyalashga oid 1,5 foiz (2002 yil davomida 8 foiz bo‘lgan), soliq qonunchiligini 

qo‘llash muammolariga oid 9,5 foiz (o‘tgan yilda esa 9 foiz), noqonuniy tekshirish 2,6 foiz 

(o‘tgan yilda 5 foiz), kredit ajratish 5,9 foiz (o‘tgan yilda 12,8 foiz), shartnomaviy 

munosabatlarga doir 33,7 foiz (o‘tgan yilda esa 25 foiz bo‘lgan) arizalar kelib tushgan. 



 

Lekin, joylarda ariza va shikoyatlarni ko‘rishda ayrim adliya idoralari xodimlari tomonidan 

sansolarlikka solish holatlari uchramoqda. Ayrim arizalardagi ko‘rsatilgan vajlar to‘liq 

o‘rganilmasdan yoki o‘rganishga harakat ham qilmasdan faqat huquqiy tushuntirish berish 

bilan cheklanilganligi yoki boshqa idoralarga o‘rganish uchun yuborilganligi, tadbirkorlarda 

adliya idoralariga nisbatan ishonchsizlik paydo bo‘lishiga olib keladi. Ya’ni ayrim viloyat 

adliya boshqarmalari arizalarni oxiriga yetkazib, to‘liq hal qilish o‘rniga, arizangizda 

ko‘rsatilgan masala yuzasidan sudga yoki boshqa idoralarga murojaat etishingiz mumkin yoki 

qonun normasi Sizga tushuntirildi deb javob berishadi.  

 

Masalan, Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi tomonidan ko‘rib chiqilgan arizalarning 241 



tasi, ya’ni 63,5 foiziga, Xorazm 162 ta (49,2%), Surxondaryo 251 ta (41%) va Jizzax viloyati 

adliya boshqarmasi tomonidan ko‘rib chiqilgan arizalarning 148 tasi, ya’ni 38,4 foiziga 

huquqiy tushuntirish berish bilan cheklanilgan.  

 

Bunday holatlar boshqa viloyat adliya boshqarmalari tomonidan ham kam bo‘lsada sodir 



etilmoqda. Bunday ahvol adliya idoralariga yarashmaydi.Unda adliya boshqarmalarini nima 

keragi bor? Agar faqat tushuntirish berish bilan cheklaniladigan bo‘lsak, markaziy apparat 

xodimlarini o‘zi yetarli. Axir Adliya vazirligining yangi nizomida arizalarni to‘liq hal qilish 

uchun Sizlarning yetarli vakolatlaringiz bor-ku? Nimaga ulardan foydalanmaysizlar.  

 

Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish maqsadida joylardagi ahvolni o‘rganishga 



chiqqanimizda, barcha idoralarda birinchi navbatda tadbirkorlarning murojaatlariga 

bo‘layotgan munosabatga baho beramiz. “Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risidagi” qonun 

talablarini buzish holatlarini qattiq tanqid qilib, aybdorlarni javobgarlikka tortamiz. Ammo 

bunday qo‘pol qonunbuzarlik harakatlari adliya idoralari xodimlari tomonidan sodir qilinsa, 

bunga qanday chidash mumkin? Uzoq muddatlar davomida tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib 

chiqmaslik umuman kechirilmaydigan holdir. Ammo, ayrim viloyat adliya boshqarmalariga 

kelib tushgan ariza va shikoyatlarni hal etilishidan biz qoniqish hosil qilmayapmiz. 

 

2003 yil davomida tadbirkorlardan, xorijiy investorlar va fuqarolardan kelib tushgan jami 59 



ta, shu jumladan, Toshkent shahrida 15 ta, Qashqadaryoda 6 ta, Andijon va Surxondaryoda 5 

tadan va Navoiy viloyatida 4 ta arizalar shu kungacha o‘z yechimini topmagan. 

 

Masalan, Navoiy viloyatidagi “G‘ozg‘on mramor” qo‘shma korxonasining tuman soliq 



inspeksiyasi xodimlari tomonidan qo‘llanilgan 12,6 mln. so‘mlik moliyaviy jarimani bekor 

qildirish masalasi bo‘yicha 2003 yil 18 sentabrda bergan arizasi shu kunga qadar o‘zining 

qonuniy yechimini topmagan. 

 

To‘g‘ri, ayrim arizalarning to‘liq yechimini topish uchun vaqt talab etiladi, lekin 



tadbirkorlarning murojaatiga beparvolik bilan qarash oqibatida ularni hal qilinishi orqaga 

surilayotganligi faktlari ham mavjud. 

 

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasiga 2003 yil 30 iyul kuni fuqaro Turapov va 



boshqalarning ortiqcha yetishtirgan mahsuloti va ish haqlarini ololmayotganligi to‘g‘risidagi 

arizasi ko‘rib chiqish uchun yuborilgan bo‘lib ushbu topshiriqqa adliya boshqarmasi 

arizadagi vajlarni to‘liq o‘rganmasdan, tegishli choralar ko‘rmasdan 8 sentabr kuni javob 

bergan. Adliya vazirligi tomonidan 9 sentabr kuni qo‘shimcha topshiriq yuborilgandan keyin 

ham viloyat adliya boshqarmasi 20 sentabr kuni yana arizadagi barcha vajlarni to‘liq 

o‘rganmasdan javob bergan. Vazirlik tomonidan ushbu ariza nazoratdan olinmasdan 26 



sentabr kuni yana qo‘shimcha topshiriq yuborgandan keyingina adliya boshqarmasi arizadagi 

vajlarni to‘liq o‘rganib ortiqcha yetishtirilgan 4050 kg. g‘allani oila pudratchilarga olib 

bergan, shuningdek 8 nafar oila pudratchisining 171816 so‘m ish haqini undirib berish 

yuzasidan Qumqo‘rg‘on tumanlararo fuqarolik sudiga da’vo arizasi kiritgan. Ushbu da’vo 

arizasi sud tomonidan 2003 yil 7 noyabr kuni ko‘rib chiqilib, da’vo to‘liq qanoatlantirildi. 

 

Adliya boshqarmasi boshliqlari yozib olinglar: tadbirkor ishonib ariza yozib berdimi, qolgani 



bilan uning ishi bo‘lmasligi kerak, ushbu ariza bo‘yicha ishni oxirigacha yetkazib hal etish 

bizning vazifamiz. Arizada keltirilgan vajlarni oxirigacha o‘rganmaslik tadbirkorlarni 

ortiqcha sarson bo‘lishiga olib keladi. Bu esa adliya xodimi uchun kechirilmaydigan holdir. 

 

Har bir arizani alohida nazoratga olib, ishni oxirigacha olib borish shart. A.Yusupov Siz har 



bir tadbirkor arizasini o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishini alohida nazoratga olib, menga bu 

masaladagi vaziyat bo‘yicha doimiy axborot berib borasiz. 

 

Bu gaplar ishonch telefonlari orqali bo‘layotgan murojaatlarga ham taalluqlidir. 



 

O‘zi hamma huquqi buzilgan tadbirkorlar ham andisha qilib shikoyat bilan murojaat 

qilavermaydi. Nega tadbirkor ishonib, o‘zi murojaat qilganida uning huquqi tiklanmaydi? 

Buni qanday tushunish mumkin? 

 

Tadbirkor murojaat qildimi, uning huquqi himoya qilinishi shart. Ana shunda 



tadbirkorlarning adliya idoralariga, adolat borligiga ishonchi yanada ortadi. 

 

taqdimnomalar bo‘yicha: 

 

Aniqlangan qonunbuzilishlar yuzasidan adliya idoralari tomonidan tegishli idoralarga 



kiritilgan taqdimnomalar ijrosi tahlil qilinganda, qat’iyatsizlik holatlariga yo‘l 

qo‘yilayotganligi kuzatiladi.  

 

Xususan, Buxoro viloyati adliya boshqarmasi tomonidan kiritilgan jami 102 taqdimnomalar 



bo‘yicha 79 ta shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilib, atigi 3 ta aybdor shaxs egallab turgan 

lavozimidan ozod etilgan, aksariyat hollarda «ogohlantirish» va «hayfsan» kabi intizomiy 

javobgarlikka tortish choralari bilan chegaralanilgan.  

 

Toshkent viloyatida tadbirkorlik bo‘limi tomonidan kiritilgan 135 ta taqdimnomalar bo‘yicha 



atigi 3 nafar shaxs egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. 

 

Bunday holatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari adliya 



boshqarmalari faoliyatida ham mavjud.  

 

Demak, qonunni buzgan mansabdor shaxs jazosiz qolib ketmoqda, tadbirkorning esa buzilgan 



huquqi tiklanmayapti. Ushbu qat’iyatsizlik bilan aybdor mansabdor shaxslarga qonunni 

takroran buzishiga sharoit yaratib berilyapti. 

 

Buning asosiy sababi shundaki, taqdimnomalar nomiga xo‘jako‘rsinga kiritiladi. 



Taqdimnoma kiritilgan idora bilan munosabatni buzmaslik uchun “Adliya vazirligidan talab 

qilishdi, shuning uchun taqdimnoma kiritdim,” - degan vaj bilan taqdimnoma ijrosi 

ta’minlanmasdan qolib ketadi. Oxir-oqibatda aybdor javobgar shaxslar ham qonuniy jazoga 

tortilmasdan qoladi, qonunbuzarliklar esa yana davom etaveradi.  



 

Mana bir misol, Sirdaryo viloyat Sayxunobod tumanidagi fermer xo‘jaligi rahbari R.Karimov 

va 27 ta fermer xo‘jaliklari rahbarlarining “tuman hokimligi tomonidan shirkat xo‘jaligining 

qarzi fermer xo‘jaliklari zimmasiga noto‘g‘ri taqsimlanib berilganligi” to‘g‘risidagi 2003 yil 

22 iyuldagi murojaati yuzasidan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan aniqlangan 

qonunbuzarliklarni bartaraf etish va aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish yuzasidan tuman 

hokimligiga 2003 yil 7 avgust kuni taqdimnoma kiritilgan. Biroq, hozirgi kunga qadar 

taqdimnomaning ijrosini ta’minlash chorasi ko‘rilmagan. 

 

Andijon viloyati adliya boshqarmasi tomonidan “Bobur tekstil” sho‘’ba korxonasi rahbari 



A.Abayevning 2003 yil 18 dekabrdagi arizasini o‘rganib chiqish natijalari bo‘yicha kiritilgan 

taqdimnoma asosida viloyat davlat soliq boshqarmasi tomonidan korxonaga 14,7 mln. 

so‘mlik moliyaviy jarima qo‘llash to‘g‘risidagi qaror bekor qilingan va korxonani hisob 

raqamiga qo‘yilgan inkassa to‘lov topshiriqnomasi chaqirib olingan. Biroq, ushbu noqonuniy 

qaror qabul qilinishiga yo‘l qo‘ygan aybdor mansabdor shaxslarning javobgarlik masalasi 

nazoratdan chetda qolib ketgan. 

 

Shu o‘rinda aytib o‘tishim kerakki, viloyatlardagi haqiqiy ahvolni adliya boshqarmalaridan 



ko‘ra ba’zan biz yaxshiroq bilamiz. Chunki, Markaziy apparat xodimlari joylarga chiqib, 

viloyat adliya boshqarmalarining aniqlagan kamchiliklaridan ikki baravar ko‘p kamchiliklar 

aniqlab, taqdimnomalar kiritgan. Shundan xulosa qilib aytsa bo‘ladiki, ayrim viloyat adliya 

boshqarmalari tomonidan o‘rganishlar o‘ta sifatsiz o‘tkazilmoqda.  

 

Masalan, Xorazm viloyati Adliya boshqarmasi xodimlari 2003 yil davomida o‘tkazilgan 



o‘rganishlarda tadbirkorlikka oid 49 ta va shartnomaviy munosabatlarga oid 1141 ta, jami 

1190 ta qonunbuzilish holatlarini aniqlagan. Vazirlik xodimlari esa viloyatda 20 kun muddat 

davomida o‘tkazgan o‘rganishlar jarayonida 15620 ta qonunbuzarlik holatlarini aniqlagan. 

 

Agarda adliya boshqarmasi tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘limida 3ta xodim 



ishlashligini e’tiborga olsak har bir xodim yil davomida atigi 16 ta qonunbuzilish holatlari 

aniqlaganligini qanday izohlash mumkin.  

 

Surxondaryo viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan 2003 yilda o‘tkazilgan o‘rganishlarda 



tadbirkorlikka oid 61 ta qonun buzilish holatlari aniqlangan, ya’ni har bir xodim yil davomida 

atigi 20 ta qonunbuzilish holatlarini aniqlagan.  

 

Bunday holat Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham mavjud. Vaholanki, ushbu viloyatlarda 



o‘tkazilgan o‘rganishlarda 30 mingdan ortiq holatlarda tadbirkorlikka oid qonun talablari 

buzilganligi aniqlangan. 

 

Viloyat adliya boshqarmalari huquq va vakolatlaridan to‘liq foydalana olqayotganliklari, 



ularni xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan qarab kelayotganligidan dalolat beradi. Bu esa 

amalga oshirayotgan ishlarimizga jiddiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. 

 

Masalan, Namangan viloyati adliya boshqarmasi tomonidan 2003 yilda o‘tkazilgan 



o‘rganishlar natijasida soliq idoralarining tadbirkorlarni erkin faoliyat yuritishida to‘sqinlik 

qiladigan 16 ta holatda qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘yganliklarini aniqlagan. Bundan tashqari, 

vazirlik ham ularga 39 ta ana shunday qonunbuzarliklar mavjudligini aniqlab bergan. 

Shuningdek, o‘tgan yilda bevosita tadbirkorlarning o‘zlaridan ham soliq idoralari 

xodimlarining noqonuniy harakatlari yuzasidan 6 ta shikoyatlar kelib tushgan bo‘lishiga 


qaramay, ushbu holatlarni bartaraf etish va aybdorlarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida soliq 

idoralariga birorta taqdimnoma kiritilmagan. Boshqarma boshlig‘i E.Inoyatov buni qanday 

izohlar ekan?  

 

Bunday kamchiliklar, Andijon, Farg‘ona viloyatlari adliya boshqarmalarining soliq, bank va 



boshqa idoralarda aniqlagan qonunbuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan 

choralarda ham mavjud.  

 

Shu o‘rinda yana bir masalaga to‘xtalib o‘tsam.  



 

Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish borasida Adliya vazirligi tomonidan kiritilgan 

taqdimnomalarning ijrosini ta’minlash o‘ta muhim vazifa ekanligi haqida bir necha marotaba 

ogohlantirishimizga qaramay, ularning ijrosi ham ayrim viloyat adliya boshqarmalari 

tomonidan yetarli nazoratga olinmagan, ko‘rsatilgan qonunbuzarliklarni bartaraf etish hamda 

aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish borasida sustkashliklarga yo‘l qo‘yishmoqda. 

Xususan, Surxondaryo, Sirdaryo va Xorazm viloyatlari 2003 yilda o‘tkazilgan o‘rganishlar 

yuzasidan Adliya vazirligi tomonidan kiritilgan taqdimnomalarning ijrosi to‘liq 

ta’minlanmaganligi va sifatsiz ma’lumotlar taqdim etib kelayotganliklari sababli, bugungi 

kunga qadar nazoratdan olinmagan.  

 

Surxondaryo viloyati hokimligi va adliya boshqarmasi vazirlikning kiritgan taqdimnomasi 



bo‘yicha faqatgina aybdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish bilan cheklanilgan. 

Vaholanki, o‘rganish natijasida nazorat qiluvchi idoralar tomonidan 555 ta holatda 

tadbirkorlar noqonuniy ravishda ma’muriy va 103 ta holatda moliyaviy javobgarlikka 

tortilganligi aniqlangan edi, ushbu qarorlarning birortasini bekor qilish yoki noqonuniy 

undirilgan jarimalarni qaytarib berish choralari ko‘rilmagan. Xuddi shunday, taqdimnomada 

ko‘rsatilgan qonunbuzarliklar yuzasidan sudlarga da’vo arizalari umuman kiritilmagan. 

 

2003 yilda Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan o‘rganishlarda 3648 ta holatda shartnoma intizomi 



buzilishi aniqlangan bo‘lsada, viloyat Adliya boshqarmasi tomonidan tadbirkorlarni buzilgan 

huquqlarini tiklash yuzasidan sudlarga birorta ham da’vo arizasi kiritilmagan. 

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan o‘rganish bo‘yicha 2003 yil oktabrda 



taqdimnoma kiritilgan bo‘lsada, hozirgi kunga qadar ijrosi yuzasidan axborot berilmagan. 

 

Biz hech qachon bunday munosabat bilan kelisholmaymiz. Adliya vazirligidan viloyatlarga 



borgan guruhlar nima uchun mehnat qilayapti? Axir taqdimnomalarimiz vaziyatga ta’sir 

qilishning, qonunlar ishlab ketishini ta’minlashning asosiy richagi hisoblanadi.  

 

Biz shu yo‘l bilan amaldorlarni munosabatini, ularning huquqiy ongini oshiramiz deb umid 



qilyapmiz. Shuning uchun bu masalada oqsoqlik bo‘lsa kechirmaymiz. Har bir qonunbuzilish 

bo‘yicha nazorat kartochkasi yuritib, toki tadbirkorning huquqi tiklanmaguncha, aybdor 

shaxslar javobgarlikka tortilmaguncha hamda qonunbuzarlik qayta takrorlanmasligiga 

ishonch hosil qilinmagunicha nazoratdan yechilmasligi to‘g‘risidagi topshirig‘imiz hali ham 

kuchida. Shu tariqa vaziyatga ta’sir qila olamiz, huquqiy negilizmni bartaraf qilamiz. 

 

O‘tgan yil davomida yana joylarda yo‘l qo‘yilgan 360 mingdan oshiq qonunbuzarliklarni 



aniqladik. Juda bo‘lmasa shularni bartaraf qilinglar. Biz toki ishlar qolipiga tushguncha mana 

shu ishni davom ettiramiz. Axir bu masala bizga yuklatilgan, boshqa idora bu vazifani 

amalga oshirib bermaydi, bizlarga. Qonunlar ham avtomatik ravishda o‘z-o‘zidan ishlab 


ketmaydi. Shuning uchun bu ishlarni o‘zimiz qilishimiz kerak, bu masalada qattiq turishimiz 

kerak. 


 

даъво аризалари бўйича: 

 

Avvalgi hay’at qarorlarida tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilib, sudlarga da’vo arizalari 



kiritish va ularga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni bevosita aybdor mansabdor 

shaxslarning cho‘ntagidan undirish lozimligi to‘g‘risida bir necha marta ko‘rsatilgan edi.  

 

Joylardagi aksariyat adliya boshqarmalari bu o‘ta mas’uliyatli vazifaga jiddiy yondashishgan. 



Xususan, Toshkent shahar va Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmalari tomonidan 

tadbirkorlarga yetkazilgan katta miqdordagi zararlarni o‘z vaqtida undirib berishga erishilgan. 

 

Lekin, hamma viloyatlarda ham ahvol ko‘ngildagidek emas. Ayrim viloyat adliya 



boshqarmalari esa o‘ta muhim sohalar hisoblangan hokimlik, nazorat qiluvchi, tayyorlov va 

xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar tomonidan sodir etilayotgan qonunbuzarliklarni bartaraf 

etishda tadbirkorlarga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni sud orqali undirishda 

murosasozlikka yo‘l qo‘yyaptilar. Jumladan, Xorazm viloyatida o‘tkazilgan o‘rganishlar 

natijasida hokimlik idoralarida 955 ta qonunbuzarlik holatlari aniqlangan bo‘lsada, 

boshqarma tomonidan hokimlik idoralarini javobgar qilib atigi 1 ta da’vo ariza, Andijon 

viloyatida 1464 ta qonunbuzarliklar aniqlangan bo‘lsa, atigi 3 ta da’vo arizasi kiritilgan.  

 

O‘tkazilgan o‘rganishlarda soliq idoralari tomonidan Xorazm viloyatida 3817 ta 



qonunbuzarlik holatlari aniqlangan hamda soliqqa oid qonunbuzarlik to‘g‘risida 

boshqarmaning o‘ziga 9 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lsada, yil davomida boshqarma 

tomonidan soliq idoralariga nisbatan birorta ham da’vo arizasi kiritilmagan. Xuddi 

shuningdek, bu sohada Navoiy viloyatida 525 ta qonunbuzarliklar aniqlangan va 16 ta 

arizalar kelib tushgan bir paytda, ushbu viloyat adliya boshqarmalari tomonidan ham soliq 

idoralariga nisbatan umuman da’vo arizalari kiritilmagan. 

 

Toshkent va Surxondaryo viloyatida ham xuddi shunday sustkashlik mavjud. 



 

Shuningdek, Buxoro viloyati hududida 2003 yilning bugungi kuniga jami 6110 ta fermer 

xo‘jaliklari faoliyat yuritayotgan hamda tuzilgan shartnomalar yuzasidan 2639 ta holatda 

majburiyatlar bajarilmasligi aniqlangan bo‘lsada, ulardan atigi 48 tasining manfaatlarini 

himoya etib sudlarga da’vo arizalari kiritgan. 

 

Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, Navoiy va Farg‘ona viloyat 



adliya boshqarmalari tomonidan neft mahsulotlari yetkazib berish yuzasidan tuzilgan 

shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarning bajarilmaganligi holati yuzasidan fermerlarning 

manfaatini ko‘zlab bironta da’vo arizasi kiritilmagan. 

 

Xuddi shunday, Namangan va Navoiy viloyati Adliya boshqarmalari tomonidan mineral 



o‘g‘itlar yetkazib berish yuzasidan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha bironta da’vo arizalari 

kiritilmagan.  

 

Toshkent va Farg‘ona viloyati adliya boshqarmalari tomonidan fermerlar huquqlarini himoya 



qilib paxta xom ashyosi yetkazib berish bo‘yicha, Buxoro va Namangan viloyat adliya 

boshqarmalari tomonidan don yetkazib bo‘yicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya 



vazirligi tomonidan esa mevasabzavot yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar yuzasidan 

da’vo arizasi kiritish masalasida yetarli choralar ko‘rilmagan. 

 

Ayrim viloyatlarda tadbirkor manfaatlarini himoya etib sudlarga kiritilayotgan da’vo arizalari 



bo‘yicha moddiy va ma’naviy zararlarni undirish ahvoli qoniqarli darajada emas. 

 

Masalan, Jizzax viloyati Adliya boshqarmasining 806 ta 499,0 mln. so‘mlik da’vo arizalari 



qanoatlantirilgan. Biroq, bevosita mansabdor shaxslarning cho‘ntagidan moddiy va ma’naviy 

zararlarni undirish bo‘yicha birorta ham chora ko‘rilmagan. Surxondaryo viloyat adliya 

boshqarmasi tomonidan hokimlik, soliq va boshqa nazorat qiluvchi idoralarning shaxsan 

mansabdor shaxslari cho‘ntagidan moddiy va ma’naviy zararlarni undirish yuzasidan 

umuman da’vo arizalari kiritilmagan. Bunday holatlarga, Namangan viloyati adliya 

boshqarmasi ham yo‘l qo‘ygan. Bu o‘zi qanday ahvol? 

 

O‘tgan Hay’at qarorida sudlarga har bir da’vo asoslantirilgan holda kiritilishi, har bir ish 



nazoratga olinishi lozimligi ta’kidlangan edi. Biroq, tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, ayrim 

viloyat adliya boshqarmalari tomonidan kiritilgan da’vo arizalari sudlar tomonidan rad 

etilayotganligi, bu esa birinchi navbatda adliya idoralarini o‘z da’volariga nisbatan befarq 

qarayotganliklari oqibatida sodir bo‘lyapti. 

 

Xususan, Namangan viloyati adliya boshqarmasining 42 ta, Surxondaryo viloyati adliya 



boshqarmasining 22 ta, Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasining 18 ta, Sirdaryo viloyati 

adliya boshqarmasining 14 ta da’vo arizalari sudlar tomonidan rad etilgan. 

 

Bu yerda ikki xil holat mavjud. Ayrim hollarda sudlar tomonidan da’vo arizalari rad 



qilinyapti, yoki uni ko‘rish muddatlari buzilyapti. Masalan, adliya idoralari tomonidan 

tadbirkor R.Mamadaliyevning manfaatlarini ko‘zlab 2003 yil 7 oktabrda Andijon viloyati 

Xo‘jaobod tumanlararo sudiga kiritgan da’vo arizasi sudning 2004 yil 22 yanvardagi ajrimi 

bilan kelishuv bitimini, qariyib, 3,5 oy o‘tgandan keyin tasdiqlab bergan. Shuningdek, 

“Sanobar” xususiy savdo do‘koni boshlig‘i S.O‘razboyevaning manfaatlarini ko‘zlab Andijon 

viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanlararo sudiga kiritilgan da’vo arizasi birinchi instansiya sudida 

rad etilgan va viloyat adliya boshqarmasidan 4,3 mln. so‘m davlat boji undirish to‘g‘risida 

qaror qabul qilgan. Ushbu qaror noqonuniyligi sababli albatta, viloyat adliya boshqarmasi 

tomonidan uni bekor qilish choralari ko‘rilyapti. 

 

Lekin ko‘pchilik holatlarda adliya boshqarmalarining ham pala-partish ishlashi hamda yetarli 



asoslantirilmagan da’vo arizalari kiritishi oqibatida ham ularni rad qilinish holatlari mavjud. 

 

Xususan, Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining “Doniyorova Farog‘at-G” fermer 



xo‘jaligining manfaatlarini ko‘zlab, N.Nomozovga nisbatan yer maydonini qaytarish haqidagi 

da’vo arizasi 17.09.2003 yilda Koson tumanlararo fuqarolik ishlari bo‘yicha tuman sudiga 

kelib tushgan va sudning 29.09.2003 yildagi ajrimi bilan da’vo ariza qayta rasmiylashtirish 

uchun qaytarilgan. Adliya boshqarmasi tomonidan esa, oradan 1 oy 13 kun o‘tgandan so‘ng 

da’vo arizasi qayta rasmiylashtirilib sudga yuborilgan.  

 

Bu bilan adliya idoralarining o‘zi tadbirkorga yordam beramiz deb, ularni bir necha oylab 



ortiqcha ovora qilmayaptimi? Bunaqangi ishlar kimga kerak?  

 

Bunday xo‘jako‘rsinga qilinayotgan ishlar ketmaydi. Bir ishni boshladikmi, oxirigacha 



yetkazaylik. Da’vo arizasi rad qilinsa, u yakuniga yetguncha kurashish kerak. Adliya idoralari 

tomonidan tayyorlangan har bir materiallar yuridik jihatdan benuqson va mukammal bo‘lishi 

shart. Buning uchun adliya idoralarida xodimlar yuqori darajadagi kvalifikatsiyaga ega 

bo‘lishlari, ular doimiy ravishda o‘z ustida ishlashlari lozim.  

 

Bundan keyin boshqarma boshliqlari jon kuydirib, da’volarimizni yetarli nazorat qilishi 



kerak. Har bir rad qilingan da’vo arizalari bo‘yicha xulosalar tuzilib, Adliya vazirligiga 

ma’lumot berish yo‘lga qo‘yilsin. 

 

Bu ahvolni tuzatish va zarur takliflar kiritish boshqarma boshliqlari D.Matrasulov, SH.Saidov 



va A.Toshqulovlarga yuklatiladi.  

 

statistik hisobotlarni noto‘g‘ri taqdim etish holatlari: 

 

Yana bir muhim masalaga alohida to‘xtalib o‘tmoqchiman. Ayrim viloyatlarda hisobotlarni 



yuritish va ularni taqdim etish hanuzgacha qoniqarsiz ahvolda. Bunday o‘z vazifasiga 

sovuqqonlik bilan qarash holati Surxondaryo Sirdaryo, Toshkent va Buxoro viloyat adliya 

boshqarmalari boshliqlari faoliyatida uchraydi.  

 

Bundan tashqari, statistik hisobot faqat raqamlardan iborat bo‘lmasligi, balki u raqamlar 



bo‘yicha ishlarini olib borish, har bir raqam bo‘yicha aniq misollar keltira olish shart. 

 

Lekin, ayrim viloyat adliya boshqarmalarida qonunbuzarliklar yoxud ularni bartaraf etish 



yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida katta-katta raqamlar bo‘lsada, ular bo‘yicha 

aniq misollar so‘ralganda, boshqarmalar qiynalib qolishyapti yoki yilni boshida aytilgan 

misollarni yil yakunigacha ma’lumotnomada ko‘rsatib kelinishi, bu viloyatlarda tahliliy ishlar 

bo‘lmayotganligidan dalolat beradi. 

 

Xuddi shunday holatlarni Namangan va Jizzax viloyat adliya boshqarmalari faoliyatida 



kuzatish mumkin. Ular tomonidan tadbirkorlikka to‘sqinlik bo‘layotgan masalalar bo‘yicha 

misollar yilning boshidan takrorlanib kelingan, vaholanki ushbu viloyatlar tomonidan 

sudlarga kiritilgan da’vo arizalarning soni yilning boshidan 1000 tadan ko‘paygan. Bunday 

kamchiliklarni boshqa viloyat adliya boshqarmalarining taqdim etib kelayotgan axborotlarida 

ham uchratish mumkin. 

 

Shuning uchun har bir hisobot va undagi ma’lumotlar uchun boshqarma boshliqlari shaxsan 



javobgar bo‘ladi va faqat ularning imzosi bilan hisobotlar qabul qilinishi kerak. Tashkiliy 

nazorat va boshqarmasi bu masalani qattiq nazoratga olsin. Bizga haqiqiy vaziyat kerak, 

ortiqcha raqamlarni keragi yo‘q.  

 



Download 207.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling