2020 yilgi Nobel mukofotining barcha sovrindorlari ma'lum bo‘ldi


Download 1.67 Mb.
bet1/3
Sana02.01.2022
Hajmi1.67 Mb.
#188036
  1   2   3
Bog'liq
2020 yilgi Nobel mukofotining barcha sovrindorlari ma


2020 yilgi Nobel mukofotining barcha sovrindorlari ma'lum bo‘ldi

5 oktabr kuni Shvetsiya va Norvegiyada Nobel haftaligi boshlandi va 12 oktabr kuni nihoyasiga yetdi. Ushbu haftalik davomida nufuzli mukofotning 2020 yilgi sovrindorlari e'lon qilindi.



Foto: DPA/TASS

Tibbiyot

Stokholmdagi Nobel qo‘mitasi 5 oktyabrda tibbiyot yo‘nalishidagi g‘oliblar nomini e'lon qildi. Mukofot S gepatiti virusini topgan amerikalik Harvi Olter va Charlz Rays hamda britaniyalik Maykl Houtonga berildi.  



Ushbu virus odamlarda va shimpanzeda C gepatiti kasalligini keltirib chiqaradi. U 1989 yilda topilgan bo‘lib, shimpanzeda A gepatiti yoki V gepatitiga o‘xshash kasallikni keltirib chiqargan, ammo ulardan birontasi bo‘lmagan virusning DNK nusxasini klonlash orqali aniqlangan.

Olter, Rays va Houtonning tadqiqoti ushbu virusning aniqlanishida muhim rol o‘ynadi. Olter AQSh Milliy sog‘liqni saqlash institutlaridagi hamkasblari bilan birgalikda qon quyilgan bemorlarda gepatit holatlarini o‘rganib chiqdi. Olimlar ma'lum bo‘lgan A va V gepatitlari bilan bir qatorda, ularga o‘xshash yana bir kasallik mavjudligini isbotladi. O‘shanda noma'lum qo‘zg‘atuvchi uni shimpanzelarga yuqtirishi mumkinligi aniqlandi. Kasallik «na A, na V» gepatit deb nomlangan.

Maykl Houton ushbu noma'lum kasallikning genetik asosini ajratish ustida ishlagan.



Fizika

6 oktabr kuni angliyalik fizik Rojyer Penrouz, germaniyalik astrofizik Raynhard Gensel va amerikalik astronom Andrea Gez fizika bo‘yicha mukofotga loyiq deb topildi. Penrouz ushbu mukofotga qora tuynuklarning paydo bo‘lishi umumiy nisbiylik nazariyasining ishonchli bashorati ekanligi, Gensel va Gez esa Somon yo‘li markazida supermassiv ixcham obekt topilganligi uchun sazovor bo‘ldi.

Umumiy nisbiylik nazariyasiga ko‘ra, qora tuynuklar - ulkan tortishish kuchiga ega kosmik obektlar bo‘lib, ular haqiqatan mavjud. Biroq hatto ushbu nazariyaning yaratuvchisi - Albert Eynshteyn ham bunga ishonmagan. 1965 yilda bo‘lajak nobeliat Rojyer Penrouz qora tuynuklar haqiqatan ham mavjudligini isbotladi va ularning tuzilishini batafsil bayon qildi.

Boshqa ikki sovrindor - Andrea Gez va Raynhard Genselning ilmiy yutuqlari Galaktika markazida joylashgan supermassiv obekt bilan bog‘liq - astronomlar uni Qavs A* deb atashadi. Ushbu obekt qora tuynuk bo‘lib, u Quyoshdan 4 million martadan ko‘proq og‘ir, qizib turgan gaz buluti bilan o‘ralgan.



Optik teleskoplar uchun Qavs A* ko‘rinmasdir, olimlar uning mavjudligi haqida juda «yorqin» radionurlanish orqali bilib oldi, keyin esa boshqa spektrlarda nurlanishni aniqlash orqali uning mavjudligini tasdiqladi. Gez va Gensel boshchiligidagi ilmiy guruhlar ushbu obektni gaz bulutlari orqali qanday ko‘rish mumkinligini aniqlay oldi.

Kimyo

7 oktabr kuni kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti genomni tahrirlash usulini kashf etgan olimlarga topshirildi.

Hozirda Germaniyada ishlaydigan fransiyalik mikrobiolog Sharpante va amerikalik biokimyogar Jyennifer Dudna (Kaliforniyadagi Berkli universiteti) bir necha yil avval bakteriyalarning viruslardan himoyalanishda yordam beradigan molekulyar "immunitet"ini kashf qiliashgandi. Uni turli organizmlarning genomlarini yuqori aniqlikda tahrirlashda qo‘llashga muvaffaq bo‘lindi. Hozirda butun dunyodagi olimlar og‘ir kasalliklarni davolash usullarini topish uchun "genom muharriri"dan foydalanmoqda.

Sharpante va Dudna keyingi yillarda Nobel mukofoti olishga asosiy nomzodlar sifatida eslab kelingan.




Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling