203-guruh talabasi Axmedova Nazokatning Tarixiy geogra fiya fanidan taqdimot ishi


Download 300.08 Kb.
Sana09.02.2023
Hajmi300.08 Kb.
#1182677
Bog'liq
ahamoniylar davlati tarixiy geografiya

203-guruh talabasi Axmedova Nazokatning Tarixiy geografiya fanidan taqdimot ishi.

Mavzu: Ahamoniylar davrida O’rta Osiyo.

Reja:

1. Ahamoniylar davlatining vujudga kelishi.

2. KirII ni istilochilik urushlari.

3. Ahamoniylar davlatining madaniyati.

1. Ahamoniylar davlatining vujudga kelishi.

  • Mil. avv. VI asrda Eronda yashovchi xalqlar Kir II boshchiligida kuchli davlatga uyushdilar. Ahomoniylar davlati hududi Eronni va Hind daryosidan Egey va O'rta dengizgacha bo'lgan oraliqdagi Osiyo mamlakatlarini, shuningdek Misr, Liviya va Bolqon yarim orolining bir qismini bosib olish natijasida tashkil topgan. Ahomoniylar davlatiga Ahomoniylar vakili Kir II (mil. avv. 558-530) asos solgan.

Ahamoniylar davlati hududi.

Ahamoniylar davlati.

  • Ahomoniylar davlati dunyoning yirik bir mintaqasida tarqoq holda yashayotgan xalq va elatlarni siyosiy jihatdan birlashtirgan birinchi yirik jahon imperiyasidir. Bu davlat hukmdorlari tarixda birinchi bo'lib butun dunyoni bosib olishni o'z oldilariga maqsad qilib qo'ygan edilar. Ahamoniylar davlatini Ahamoniylar sulolasi boshqargan. Bu sulola qadimiy fors urug'idan boshlanib, bu urug' asoschisi Axoman miloddan avvalgi 7 asrda Parsua deb nom olgan viloyatga ko'chib kelgan

Ahamoniylar davlati hududi.

2. Kir II ning yurishlari.

  • Kir II 545-540-yillarda Parfiya, Marg'iyona va Baqtriyani bosib oladi. Shunday qilib, Ahamoniylar O'rta Osiyoning o'troq dehqonchilik aholisini birinchi bo'lib bo'ysundirgan edilar. Kir II ning O'rta Osiyoga yurishlarini qadimgi yunon tarixchisi Gerodot ta'riflagan.

Kir II ni O’rta Osiyoga yurishi

  • Mil. avv. 530-yilda Kir II O'rta Osiyodagi massagetlarga qarshi yurish qiladi. Bu haqida Gerodot «Tarix» asarida forslarning Araks (Amudaryo) daryosidan kechib o'tishi va massagetlar yerlarining ichkarisiga kirib borishi, To'marisning o'g'li Sparganis boshchiligidagi massagetlarning bir qismi tasodifan forslardan mag'lubiyatga uchrashi, To'maris boshchiligidagi massagetlarning harakatlari natijasida forslarning butunlay qirib tashlanishi, podsho Kir jasadining jang maydonidan topilishi va uning kesilgan boshini qon bilan to'lg'izilgan meshga solinishi tasvirlangan

O’rta Osiyo hududi.

Doro I ning hukmronligi.

  • Mil. avv. 522-yilda Ahamoniylar taxtiga Doro I o'tirishi bilanoq fors bosqinchilariga qarshi Parfiyada (miloddan avvalgi 522 yil 30.09-521 yilning yozi), Marg'iyonada Frada boshchiligida (mil. avv. 522 yil 30.09.-10.12.) va saklar o'lkasida Skunxa boshchiligidagi (miloddan avvalgi 519-yil) qo'zg'olon ko'tariladi.

Ahamoniylar davlati.

Doro I ning yurishlari.

  • Doro I ning harbiy yurishiga qarshi tarixchi Poliyenning «Harbiy hiylalar» asaridagi Shiroqning harbiy jasorati diqqatga molikdir. Manbada hikoya qilinishicha, yilqi boquvchi Shiroq o'z vataniga bostirib kelgan dushmanlarni hiyla ishlatib, chalg'itib, Qizilqumning halokatli jazirama dashtlariga boshlab boradi va o'z jonini qurbon qilib bo'lsa-da, vatani va xalqini yovuz dushmandan asrab qoladi. Shiroq - millat, yurt va vatanga fidoiylik, vatanparvarlikning yorqin timsolidir.

Ahamoniylar davlati

O’rta Osiyo hududi.

  • O'rta Osiyoning bosib olingan viloyatlari uch satraplikka bo'lingan. Ular baqtriyaliklar, egllar, saklar, kaspiylar, parfiyaliklar, sug'diylar va xorazmliklarning yerlari bo'lgan. Har bir satraplik yillik xiroj to'lagan va hasharlarga jalb qilingan. 12 satraplikka Baqtriya bilan Marg'iyona kirgan bo'lib, 360 talan yillik xiroj, 15 satraplikka saklar bilan kaspiylar kirgan bo'lib, 250 talan yillik xiroj, 16 satraplikka Parfiya, Xorazm, So'g'd va Ariya kirgan bo'lib, 300 talan yillik xiroj to'lagan. Ahamoniylar Farg'ona vodiysi va Toshkent vohasini bosib olmagan.

E’tiboringiz uchun rahmat.


Download 300.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling