1-Амалий иш

Sana01.01.1970
Hajmi
#207312
Bog'liq
1-Амалий иш



1-MAVZU: “BIZNES MULOQOT VA AKADEMIK YOZUV” FANINING
MAZMUNI VA VAZIFALARI.
1-topshiriq. “Sinkveyn” texnologiyasi haqida tushuncha. Maqsad  
kategoriyaga tavfsif berish
1-qator – tushuncha - ot
2-qator –2 so‘zdan iborat sifat
3-qator –3 so‘zdan iborat fe’l
4-qator –4 so‘zdan iborat munosabat
5-qator –1 so‘zdan iborat sinonim
2-topshiriq. Quyidagi iqtisodiy so‘zlarni sinkveyn usulida izohlang.
So‘z
1 daraja
2 daraja
3 daraja
4 daraja
5 daraja
Kirim
Xaridor
Qarzdor
Mablag‘
Tovar
173


Byudjet
Iqtisodiyot
Tadbirkor
Moliya
Kredit
3-topshiriq.Til va yozuv haqidagi ma’lumotlarni o`rganib, ularni Venn 
diagrammasi asosida solishtiring.
VENN DIAGRAMMASI - 2 va 3 jihatlarni hamda 
umumiy tomonlarini solishtirish yoki taqqoslash yoki 
qarama-qarshi qo’yish uchun qo’llaniladi.
Tizimli fikrlash, solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish 
ko’nikmalarini rivojlantiradi.


4-topshiriq. Matnni o’qing. O’z fikr mulohazalaringizni bildiring. 
HIKOYAT
“Luqmoni hakim yo’lda borayotsalar, bir uydan nola eshitilibdi. Kirsalar, xasta 
odam og’riqqa chidayolmay dod der emish. Tabiblar kelib, uni bugun – erta o’ladi, 
deyishibdi ekan. Luqmoni hakim xastaning bilak tomirini ushlab ko’rib debdilarki: 
“Dardingizga davo bor. Ilon zahri sizga shifo bergay”. Xasta debdiki: “Ilon zahrini 
men qanday topay? Bir bedavo bo’lsam... Yo meni shu ahvolda tashlab 
ketaverasizmi? Olloh mening zorimni eshitib, Luqmoni hakimga ro’baro qilganida 
edi, u zot meni tashlamas edilar”. Luqmoni hakim bu nolani tinglab, aytibdilarki: - 
“Zinhor tashlamasman”. Xullas, hazrat Luqmoni hakim ilonzorga borib, bir yoshroq 
ilonni bo’g’zidan bo’g’ib turibdilar. Shunda ilon ittifoqo tilga kiribdi va debdiki: “Ey 
inson farzandi, sen nechun meni bo’g’ayotirsan? Ollohning menga bergan jabrlari 
kammi edi?”. “Olloh senga qanday jabrlar qildi?”, deb so’rabdilar Luqmoni hakim. 
“Meni ko’rimsiz qilib yaratdi, odamlar ko’rsalar mendan qochadilar. Meni yertuban 
qilib qo’ydi, sudralib yurishga mahkum etdi. Endi sen meni bo’g’ib, jonimni 
olarsanmi?”. Luqmoni hakim debdilar: “Shunday qilmasam bir odam hayotdan ko’z 
yumar”. Ilon debdi: “Ajab! U odamni saqlab qolmoq uchun meni o’ldirasanmi? Axir 
u ham ollohning bir mahluqi, men ham. Bir jonni saqlamoq uchun ikkinchisini mahv 
etmoq shartmi? Ey inson bolasi, sen ayt: men birovni chaqsam, mening zahrimni daf 
eta olasanmi?” Luqmoni hakim aytibdilar: “ha, daf eta olaman”. Ilon debdi: “Unda 
mening zahrim kuchli emas ekan. Dunyoda shunday zahar borki, sen uni zinhor daf 
eta olmassan!”. “Qanday zahar?. Qora qurtnikimi?”, - debdilar Luqmoni hakim. “E, 
yo’q, - debdi ilon. – Dunyoda eng kuchli zahar – odamning zahri. Bunga davo 
yo’qtur. Odam odamni chaqsa, albatta, o’lim haqdir! Olloh biz – ilonlarni tuban qilib 
yaratdi. Ammo biz bir – birimizni chaqmaymiz. Siz – odam bolalarini yuqori qilib 
yaratdi, siz bir – biringizni chaqib o’ldirasiz. Sen saqlab qolmoqchi bo’layotgan 
xastaga mening zahrim davo emas, yanglishma. Uni o’z do’sti chaqqan. Uning 
zahriga davo topa


olmassan. Bunga xatto Luqmoni hakim ham davo topmagay. Qo’y, u o’laversin, 
azoblaridan qutula qolsin...”

Download

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling