21-variant Bank aktivlarini daromadligiga ko‘ra guruhlanishi. Tijorat banklarinig valyuta operatsiyalari
Download 28.05 Kb.
|
банк иши 57,2 мухитдинова И.Ж.
21-variant 1. Bank aktivlarini daromadligiga ko‘ra guruhlanishi. 2. Tijorat banklarinig valyuta operatsiyalari. 3. Tijorat banklarining likvidliligini ta’minlash yo‘llari. Bank aktivlarini daromadligiga ko‘ra guruhlanishi. Bank aktivlari-bank balansining aktiv qismida joylashgan moddalarining sifat nuqtai nazaridan uning umumiy miqdoridagi ulushi tushuniladi. Bank aktivlari deyilganda-bank faoliyatida amalga oshirilgan va oshiriladigan amaliyotlari jarayoni-da mablag‘ni xarid qilish, foydalanish uchun uchinchi shaxsga berish natijasida iqtisodiy manfaat keltiruvchi moddiy va nomoddiy mablag‘lar tushuniladi. Iqtisodiy manfaat odatda aktivlarda pul oqimi shaklida namoyon bo‘ladi.Naqd puldan tashqari har qanday resurs aktivga aylanishi uchun alohida yoki biror bir boshqa resurs bilan birgalakda bevosita yoki bilvosita pul oqimini ta’minlashi zarur. Bank aktivlari, bankning aktiv amaliyoti natijasida shakllanadi, ya’ni bank balansini likvid holda ushlab turib, o‘z va jalb qilingan mablag‘larni foyda olish maqsadida joylashtirish faoliyatini ta’minlaydi.Bank aynan aktiv amaliyotlari natijasida daromadining asosiy qismini oladi. Tijorat banklari aktivlarining o‘ziga xos belgilariga qarab guruhlanishi: Bank aktivlarining tarkibi deyilganda bank balansining aktiv qismida joylashgan moddalarning sifat nuqtai nazaridan uning umumiy miqdoridagi ulushi tushuniladi. Aktivlarning sifat darajasi bankning maqsadga muvofiq tarkibiy tuzilishi, aktiv operatsiyalarning diversifikatsiyasi, riskli aktivlarning hajmi, riskli va to‘lasholmagan aktivlarning salmog‘i va ularning o‘zgaruvchanligi kabi xususiyatlari bilan baholanadi. Tijorat banklarining aktivlari ularning balansida likvidlilik darajasiga ko‘ra aks ettiriladi. Aktivlar sifati quyidagi omillar bilan aniqlanadi: Banklarning aktiv operatsiyalar hajmini, jumladan, kreditlash va investitsiyalash imkoniyatlarini oshishiga zamin yaratdi. Bank aktivlarining tasniflanishi: A) daromad keltirishiga ko‘ra B) likvidlilik darajasiga ko‘ra V) risklilik darajasiga ko‘ra G) sifatiga ko‘ra Tijorat banklarining kredit potensiali - bu jalb qilingan mablag‘larning kredit va bankning boshqa aktiv operatsiyalarini amalga oshirishning iqtisodiy chegarasi hisoblanadi. Tijorat banklarining umumiy kreditlash qudratiga quyidagi omillar yig‘indisi ob’ektiv ta’sir ko‘rsatadi: -Bankda yig‘ilgan jami mablag‘larning umumiy hajmi; -Kreditlash qudrati manbalarining tuzilishi va barqarorligi; -Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan majburiy zaxiralar darajasi; -Tijorat banklari joriy likvidligini ushlab turish uchun zaxiradan foydalanishga yo‘l qo‘yilgan hollarda undan foydalanish tartibi; -Bank majburiyatlarini tuzilishi va umumiy summasi va boshqalarga bog‘liqdir. Daromad keltirishiga karab bank aktivlari Download 28.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling