217-guruh talabasi Begnazarova Mahliyo


Download 22.06 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi22.06 Kb.
#189909
Bog'liq
badiiy asar tahlili


217-guruh talabasi Begnazarova Mahliyo

Badiiy asar tahlili

Rashod Nuri Guntekin

(Turkiya Respublika yozuvchisi)



Rashod Nuri Guntekin (1892, Istanbul — 1956.7.12, London) — turk yozuvchisi, dramaturg, tarjimon, adabiyotshunos. Istanbul universitetini tugatgan (1912). Dastlabki asarlari („Eski oshna“, 1917; „Xanjar“, 1918; „Sirli qoʻl“, 1921 va boshqalar)da kiborlar jamiyatiga xos illatlar fosh etilgan. Yozuvchining mashhur asarlaridan biri „Choliqushi“ (1922) romanida turk qishloQlarining yorqin manzarasi chizilgan, asar qahramonlari hayoti, sarguzashtlari tasvirlangan. „Tamgʻa“ (1925), „Shafqat qiling“, „Yashil tun“ (1928), „Xazonrezgi“ (1930) romanlarida zamonasining oʻtkir ijtimoiy masalalari, inson va jamiyat, yashashning maʼnosi kabi muammolarni koʻtarib chiqadi. G. 24 roman, 7 hikoyalar toʻplami, qator pyesalar yozgan, 24 jildli asarlar toʻplami nashr etilgan (1958 — 61). U „Lev Tolstoy“ monografiyasi (1933) muallifi. G. asarlari koʻp tillarga tarjima qilingan. „Choliqushi“ (1959, 1965, 1968, 1988, 1999, Mirzakalon Ismoiliy tarjimasi) va b. romanlari oʻzbek tilida nashr etilgan.

Asar nomi: ‘Choliqushi’

Asar janri: Roman

Asar mavzusi: O`ta shaddod, o`jar Feridening boshdan kechirganlari,xolavachchasi Kamronni sevishi ammo tan olmasligi, g`ururi sabab barcha narsadan voz kechib ketishi va Turkiyada yangi va modern davrning boshlanishi.

Asarning asosiy g`oyasi: Beg`ubor, ko`ngli pok bir qizning achinarli yoshligi, chin muhabbati, uni oshkor qila olmaganligi, g`ururi sabab sevgisidan ham voz kechib qiyinchiliklarga sabr bilan bardosh berishi, hayotidagi barcha yaxshi insonlarga bog’lanib qolishi ammo ulardan ayrilishi va chin muhabbatiga erishishi aks ettirilgan.

Asar nomi haqida: Asar nomi juda ham mukammal yaratilgan. Asar bosh qahramoni yoshligi og’ir o`tishiga qaramay juda sho’x, daraxtlarga chiqb sakrab yuradigan qiz bo`ladi. Feridening fransuz maktabidagi muallimasi unining daraxtga chiqib u shoxdan bu shoxga sakrab yurishidan unga Choliqushi deya o`ziga xos bo`lgan laqab q`yadi va shundan keyin barcha yaqinlari uni Choliqushi deb chaqira boshlaydi. Asar butunlay Feridening hayoti, bolaligi, boshdan kechirganlarini bayon qilgani sababli ham bu asarga bundan boshqa bir nom to`g`ri kelmas edi nazarimda.

Asarning lingvistik ta`rifi: Ushbu asar turk yozuvchisi mahsuli bo`lganligi sabab o`sha davrdagi turk millatining yashash tarzini bilib oldim. Bular:

*yakkam-dukkam kulbalar

*taxta uylar

*cho`ka boshlagan qop-qora vayronalar

*u yer bu yerda tutab yotgan yong`in xarobalari

Shu jumladan asarda bir nechta kasb-hunarga oid so`zlardan ham foydalanilgan:

*shifokor

*harbiy

*muallim


*harbiy-shifokor

Asarda ishlatilgan toponimlar:

*Turkiya

*Mo`sul


*Istanbul

*Dam do`Sion

*Yevropa

*Onado`lu

*Bursa

*Zaynilar



*Chanoqqal`a

*Izmir


*Qushadasi

*Tekirdog`

Asardagi milliy kaloritlar:

*Ipak qurti

*Gul ba shakar

Asardagi tugun: Feridening o`zi bilmagan holda holasining o`g`li Kamronga ko`ngil qo`yishi ammo buni tan olmasligi, aksincha undan nafratlanishini ko`rsatishga urinishi, sevishini aytmasligi shunga qaramasdan to`ylari boshlanishi va 3 kun qolganda sevgisidan ham voz kechib g`ururini ustun qo`yib Onado`luga yo`l olishi asardagi asosiy tugundir. U mualliam bo`lib ishlashni maqsad qilib ketadi ammo qay yerga bormasin uni chiroyidan, go`zalligidan barcha oshiq bo`lib unga uylanish taklifini beradi. Qalbidagi so`nmagan muhabbati hech bir taklifni qabul qilishiga yo`l qo`ymaydi va asar oxirida Choliqushi yana ortga qaytib o`z sevgisiga yetishishi bilan o`z yechimini topadi.

Badiiy asardagi konflikt: asardan kelib chiqib Feridening Kamronni Narimon ismli yosh,go`zal va beva bir ayoldan qizg`onishi, buni barchaga sezdirib qo`yishi, Kamron uch yil yevropaga ketganda u yerdagi Munavvar ismli ayol bilan ishqiy munosabatda bo`lganini bilishi, yashash uchun borgan turli qishloqlardagi erkaklarning unga oshiq bo`lishi, uni o`ziniki qilishmoqchi bo`lishi, ayollarning Choliqushi to’g’risidagi g`iybati bunga misol bo`la oladi.

Asar kulminatsiyasi: asardan kelib chiqib Feridening qo`rqmasdan bir o`zi Onado`luga ketishi, asrab olgan qizining 14 yoshda difteriya bilan og`rib vafot etgani bo`ldi.

Asardagi yechim: Faqatgina hujjat uchun nikohdan o`tgan ammo o`z otasidek bo`lib qolgan Xayrullohbeyning o`limidan keyin uning vasiyatiga ko`ra Feride xolasining uyiga qaytib borishi va erining omonati bo`lgan o`zining kundaligini Kamronga topshirishi, buni o`qigan Kamron esa endi hech qachon Ferideni qo`yib yubormasligi, ikkalasi vanihoyat birga bo`lishi asrga yechim bo`la olgan.

Asardagi falsafiy mushohadalar:

Inson o‘zi yashagan joylarda ko‘ngliga yaqin olgan insonlarga ko‘rinmas simlar bilan bog‘langan. Ayriliq vaqtida bu simlar tortila boshlaydi va uzilib ketgan cholg‘u simlariday xazin ovoz chiqaradi;

Inson kimnidir sevib qolsa, falokatga uchraganida asirga olinganday bo‘ladi;

Odamzot eng ko‘p sevgan kishisi bilan sinaladi;

Haqiqiy muhabbat orada qanchalik to‘siqlar bo‘lishidan qat’i nazar aslo yo‘qolib ketmaydi;

G‘amda qandaydir yashirin shafqat borday. Shikoyat qilmaganlarga nisbatan, ularni kulib qarshilaganlarga nisbatan qamroq zulmkor bo‘ladi.

Men muallimlikni ochlikdan o`lmaslik uchun qabul qilgan edim. Hisobim to`g`ri chiqmadi. Bu kasb meni bir kun ochlikdan o`ldirishi hech gap emas.



Hali yigirma uch yoshimga kirmadim; yuzimni, vujudimni bolalikning izlari hali tark etmadi, ammo ko‘nglim yaxshi ko‘tgan insonlarimning o‘liklari bilan liq to‘la

Feride: Bir yerda turmaydigan, juda shaddod, yaramas, ko`zi tushgan daraxtga chiqib oladigan, har qanday bezorilikdan tab tortmaydigan, hech qanday pardozlarsiz ham juda go`zal va maftunkkor ammo musofirlik va yolg`izlikdan azoblangan, barcha yaqinlari ota-onasi, sevgan insoni, asrab olgan qizi, otasidek bo`lib qolgan doktordan ayriladi.



Kamron: Yosh, kelishgan va juda nozikta’b yigit bo’lib maftunkor Feridega befarq bo`lmaydi. Ammo Feride go`yo uni umuman sevmaydigandek, undan nafratlangandek va Yevropaga ketishiga butkul qarshilik qilmaganidan keyin o`ziga ma`shuqa topadi. Lekin baribir asar oxirida sevgisaga erishadi.

Asardan olgan taassurotlarim: Ham sevgi-muhabbat, hamda bir mojaro romani sifatidagi ‘Choliqushi’ romani kitobxon uchun go`yoki so’zlashuv tilida yozilgandek va aynan shu sabab barcha tomonidan sevib o`qiladi. Bu asarni o`qib turib xuddi asar ichida yashagandek bo`ldim. Har bir bo`ladigan voqea, ichki kechinmalar meni juda ham ta`sirlantirdi. Asardagi eng yoqqan jihat Feridening jasorati, qo`rqmasligi, mag`rurligi, o`zini hech kimga xafa qildirib qo`ymasligi, barcha qiyinchiliklarga va yo`qotishlarga sabr bilan bardosh bera olishi bo`ldi. Yoqmagan jihati esa Kamronning noto`g`ri hayolga borib Feridega xiyonat qilishi va aynan o`sha birgina ayolning gapi sababli Choliqushining boshidan kechirganlari bo`ldi. Nima bo`lganda ham asar juda qiziqarkli va yaxshi yakun topdi.
Download 22.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling