Fitrad dramaturg reja I. Bob fitrad Dramaturg


Download 58.56 Kb.
bet1/5
Sana25.01.2023
Hajmi58.56 Kb.
#1123052
  1   2   3   4   5
Bog'liq
FITRAD - DRAMATURG




FITRAD - DRAMATURG
Reja
I. BOB Fitrad - Dramaturg
1.1. Abdurauf Fitrat ijodining o‘rganilishi haqida.
1.2. Fitratning hayot va ijod yo‘lini gapirib bering.
1.3.Fitrat shoir, yozuvchi, dramaturg – serqirra ijodkor sifatida.
II. BOB Fitrad - Dramaturg
2.1. Fitrat drammalarida tarixiyiy haqiqat va badiy to’qima.
2.2. Fitrat she’riyatini tahlil.
III. Xulosa.
IV. Foydalaniolgan adabiyotlar.

1.Abdurauf Fitrat ijodining o‘rganilishi haqida.
XXasrda O‘rta Osiyoda yetishib chiqqan ijodkorlar orasida eng saralaridan biri, eng mumtozi Abdurauf Fitrat dir desam xato bo‘lmasa kerak. Shoir, adib, dramaturg, muarrix, munaqqid, adabiyotshunos, tilshunos, san’atshunos, mutarjim, mutafakkir-faylasuf, jamoat arbobi, siyosatchi, pedagog-biro‘zida shunchasi fatlarni jametgan Fitrat madaniyatimiz rivojida o‘chmas iz qoldirdi. Biroq gapijodkor bilimlarining qomusiyligi-yu, shaxsiyatning serqirraligida emas. Muhimishundaki,Fitrat Vatanini ulug‘ bir muhabbat bilan sevardi va shu muhabbatuning butun faoliyatini yorqin nur bilan yoritib turardi. Fitrat ham Mahmud xoja Behbudiy, Abdulla Qodiriy, Cho‘lponlar kabi Vatanini erkin va mustaqil ko‘rmoqni istar, xalqning o‘z taqdiriga o‘zi xo‘jayin bo‘lgan holda harqanday kishanlar va bo‘yin turuqlardan xalos bo‘lib yashamog‘ini orzu qilardi. Shuning uchun u hech narsadan hayqmay mustamlakachilarga nafratini hayqirib aytdi. Zolimlarni la’natladi, xalqni uyg‘onishga undadi, jaholat va nodonlik, bid’at va xurofot iskanjalaridan qutulib, ochiq ko‘z, hur fikr bilan yashashga, o‘zligini tanishga chaqirdi. Shu erksevarligi, zulmatga dushmanligi, ziyoga intilishi, elu yurt taqdirini yaxshilash imkoniyatlarini tinmay izlagani Fitratni madaniyatimizning eng yorqinsiymolaridan biriga aylantirdi, uning shuhratini qator Sharq va G‘arb mamlakatlariga taratdi. Biroq ayni shu sifatlari tufayli Fitrat bizning “baxtli” zamonamizga sig‘madi. Stalin barpo etgan qizil imperiyaga mustaqil fikrlaydigan erksevar isyonkorlar emas, hamma narsani “ma’qul” deb ko‘rganini ko‘rmaslikka oladigan xushomadgo‘ylar kerak edi. Quyushqondan chiqqanlar, hukmron mafkura aqidalariga shak keltiradiganlar shafqatsiz jazolanardi.
Abdurauf Fitrat adabiyotimiz tarixida shoir va olim, nosir va dramaturg, o'qituvchi va ma'rifatparvar sifatida muhim o'rin egallaydi. U 1886 yilda Buxoroda ziyoli oilasida tug'ilgan bo'lib, Buxoro, Isthambul madrasalari va dorilfununlarida o'qiydi. U arab, fors, turk tillarini mukammal bilganligi tufayli Sharqning buyuk allomalari ijodini yaxshi o'zlashtiradi.
Adibning otasi savdogarchilik bilan shug'ullangan bo'lib, 1918 yilgacha Qashqarda turib qoladi. U asosan onasi Mustafo bibi (Bibijon) tarbiyasida bo'lib, undan Navoiy, Uvaysiy, Zebunniso, Bedil, Fuzuliy kabi ulkan shoirlar g'azallariii birinchi tinglagan.Fitrat 1909 yilda Turkiyaga o'qishga borib, 1913 qilgacha Isthambul dorilfununida tahsil ko'rgan. Turkiyada tashkil bo'lgan «Buxoro ta'limi maorifi» uyushmasida faollik ko'rsatgan. Behbudiy asos solgan jadid usulidagi maktablar takomiliga xizmat etgan. Uning ilk to'plami 1911 yilda «Sayha» («Chorlov») nomi bilan chop etiladi. «Sayyohi hindi», «Munozara» kabi asarlari ham shu yillarda nashr etilgan.1909-1913 yillarda Turkiya dorilfununida o'qiyotganda uning zukko, bilimdonligi professor-o'qituvchlarni hayratga soladi. Unga Fitrat - Donishmand taxallusini beradilar. Fitrat ijodi Turkistonda inqilobiy harakatlar kuchaygan, «Sharq uyg'ongan» davrlarga to'gri keladi. U ham o'z salaflari kabi avvalo ma'rifatparvarlik g'oyalarini ilgari suradi. Uning1913 yilda tojik tilida yaratilgan «Munozara» nomli asarida o'z xalqini zulm botqog'idan qutqarib, «najot yo'li»ni izlaganligi seziladi.
Bu davrda rus tili va rus madaniyatini targ'ib qilish ham Fitrat ma'rifatparvarligi yo'nalishining muhim tarmogi bo'lgan.Bunday qarashlar uning o'zi tashkil etgan va muharrirlik qilgan «Hurriyat» ro'znomasida keng targ'ib etiladi. Xuddi shu yillar «Hayot yo'lida birinchi masala - maktab masalasidir» («Hurriyat», 1917 yil, 1-son) degan shior bilan chiqadi. Uning«Hurriyat» (1917, 31-son) ro'znomasida bosilgan «Yurt qayg'usi...» nomli lavhasida Turkiston uchun, uning ayollari ozodligi uchun kurashga bel boglaganligini aytadi.
«Men sen uchun tug'ildim, sen uchun yasharman, sening uchun o'larman, ey turning muqaddas o'chog'i!» degan da'vat eshitiladi. «Ulug' Turkiston» (1917, 2-son) ro'znomasida «Yashasin turklik, yashasin Islom» shiori bilan chiqadi. Uning «Hind ixtilolchilari», «Temur sag'anasi», «O'g'izxon», «Abo Muslim», «Turk tili» kabi asarlarida ham hurfikrlar, qarashlar, ko'zga tashlanadi. Shular qatorida «Qon», «Begijon», «Chin sevish», «To'lqin», «Vose' qo'zg'oloni», «Ro'zalar» kabi dramalari yaratildi.
Fitratning 1922 yilda nashr etilgan «O'zbek shoirlari» to'plamiga kirgan «Kecha», «Behbudiy mozorini izlab», «Sharq» kabi she'rlarida izlanish jarayoni uchraydi. «Shoir» she'rida «o'zim uchun ko'p umidlar to'qidim» degan xulosaga keladi. Uning 1920 yilda yozilgan «Kim deyay seni» kabi she'rida oshiqning ma'shuqqa katta umid bilan intilishi, kutishi, suyishi lirik bir ohangda kuylanadiki, shoir endi ijodning yangi pog'onasiga ko'tarilayotganligidan dalolat beradi.
Shoir ijodida, dunyoqarashida siljish, yangilikka, go'zallikka intilish seziladi. Xuddi shu hol uning«Abulfayzxon», «Arslon» va «Vose'» (tojik tilida), kabi dramalari g'oyasida ham seziladi. Uning«Qiyomat», «Shaytonning tangriga isyoni» kabi nasriy asarlarida endi ijodkor falsafasining chuqurlashganligi, katta ijtimoiy-hayotiy muammolarni hal etishga intilishi ko'zga tashlanadi.
Fitrat yirik olim, adabiyotshunos sifatida ham bir qancha asarlar yaratgan. Jumladan, «Adabiyot qoidalari», «Eski o'zbek adabiyoti namunalari», «Aruz haqida» kabi ilmiy kuzatuvlari adabiyotshunoslik fani tarixida muhim rol o'ynaydi. Shuningdek, uning Umar Xayyom, Firdavsiy, Navoiy, Bedil, M. Solih, Muqimiy, Furqat haqidagi tadqiqotlari ham adabiyotimiz tarixini o'rganishda muhim manba bo'lib xizmat etishi shubhasiz. Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg'oniy kabi o'ndan ortiq mumtoz adabiyot vakillari haqida maqolalar yozgan. Fitrat ayni chog'da olim, ulkan pedagog, xalq maorifi tashkilotchisi sifatida ham faol ishladi.
1921- 1923 yillarda u Respublika Maorif xalq noziri bo'lib xizmat qildi. 1923-1924 yillar orasida Moskvadagi Sharq tillari institutida, so'ng Peterburg dorilfununida ma'ruza o'qidi. «O'zbek tili» darsligi, «O'zbek tili sarfi» (grammatikasi) kitoblari esa 1925-1930 yillarda besh marta chop etildi. Uning«Tilimiz», «O'zbekcha til saboqlari», «Imlo konferensiyasi munosabati bilan» maqolalari ham yaratildi. U ana shu ishlari uchun o'zbek olimlari orasida birinchilardan bo'lib professor degan yuksak ilmiy unvonga sazovor bo'lgan.
Fitrat 1938 yil 4 oktyabrda Abdulla Qodiriy, Cho'lpon, Otajon Hoshim, Qayum Rhamazon, G'ozi Olim kabi xalqimizning buyuk ziyolilari qatorida qatl etildi. Faqat 1956 yilga kelib u oqlandi. Oqlandiyu, qariyb yana o'ttiz besh yildan so'nggina, mustaqillik davri sharofati bilan u haqdagi haqiqatni aytish va yozish imkoniyati tug'ildi. Abdurauf Fitrat hayoti va adabiy faoliyati ziddiyatlarga o'ta boyligi bilan ajralib turadi. 1991 yil 25 sentyabrda Abdurauf Fitratga o'zbek dramaturgiyasini rivojlantirishdagi, realistik adabiy tanqidchilik hamda adabiyotshunoslik maktabiga asos solishdagi xizmatlari uchun Alisher Navoiy nomidagi Respublika Davlat mukofoti berildi.

  • Fitrat vataniga qaytgach, Buxoro jadidlarining tashkilotchilaridan biri sifatida xalqni maʼrifat va madaniyatdan bahramand qilish uchun astoydil kurashdi, xususan u Buxoroning turli tumanlarida oʻqituvchilik qilib, jadidchilik gʻoyalarini keng targʻib etdi. 1915-yildan „Yosh buxoroliklar“ harakatining soʻl qanotiga boshchilik qildi. 1916-yilga qadar buxorolik jadidlar yakdil va yagona jabha boʻlib ish olib borgan boʻlsalar, keyinchalik ular ikkiga boʻlinib ketadilar. Abdulvohid Burhonov boshchiligidagi jadidlarning bir qismi eski tarzda faqat maʼrifat-madaniyat tarqatish yoʻlini tutgan boʻlsa, ularning boshqa boʻlagi Fitrat, Fayzulla Xoʻjayev kabi chet mamlakatlarda oʻqib kelgan yoshlar omma oʻrtasida maʼrifat va madaniyat tarqatish bilan birga amirga qarshi kurashishni ham yoqlab chiqadilar. Bunday boʻlinishning asosiy sabablari: Turkiston oʻlkasi, shu jumladan Buxoro amirligidagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyatning ogʻirligi, rus podshosi va amirlikning ikki yoqlama zulmkorlik siyosati;

  • bolsheviklarning mahalliy xalq oʻrtasida yurgizgan tashviqot va targʻibotlari taʼsiriga ishonuvchanlik;

  • mahalliy xalq vakillarining siyosiy vakuumda saqlanganligi, ularning siyosat borasidagi gʻoyaviy-nazariy saviyasining yetarli darajada rivojlanmaganligi.

Fitrat 1917-yilgi fevral voqealaridan soʻng jadidlarning Buxorodagi ahvoli murakkablashgach, Samarqandga koʻchib borib 1917-yil aprelidan 1918-yil martigacha chiqib turgan „Hurriyat“ gazetasiga muharrirlik qiladi (1917-yilgi 27-sonidan 1918-yilgi 87-sonigacha), gazeta ishlarini rivojlantirish maqsadida Fitrat nashriyotga Oʻrta Osiyo jadidchiligining dargʻasi, muftiy Mahmudxoʻja Behbudiyni taklif etadi. Ayrim maʼlumotlarga qaraganda Fitrat shu-yillarda „Ittihodi taraqqiy“ tashkiloti Eski Buxoro boʻlimining raisi ham boʻlgan.
1917-yilning oktabr oyini „Yurt qaygʻusi“ deb baholadi. Ammo nurli kelajakdan umid uzmadi. 1917-yil 27-noyabrda eʼlon qilingan Turkiston Muxtoriyatini soʻngsiz mehr bilan qarshi oldi. Hatto 27-noyabrni „Milliy laylatulqadrimiz“ deb atadi. Ammo uning bu quvonchi uzoqqa choʻzilmadi, 1918-yilning 19-20-fevralida Turkiston muxtoriyati bolsheviklar va armanlarning „Dashnaksutyun“ partiyasi tomonidan qonga botirildi. Bu voqea tarixda „Qoʻqon voqeasi“ nomini olgan.
1918-yil martdagi Kolesov voqeasidan keyin u Toshkentga keldi. Dastlab Xadradagi maktabda, may-iyun oylaridan boshlab Turkiston musulmon dorilfununi qoshida tashkil topgan dorulmualliminda til va adabiyotdan dars berdi. 1919-1920-yillarda Afgʻoniston amirligining Toshkentdagi vakolatxonasida tarjimonlik qildi.
Toshkentda u asosan ilmiy, ijodiy maʼrifiy ishlar bilan koʻproq band boʻldi. Bir qator darsliklar tuzdi, „Chigʻatoy gurungi“ nomli ijtimoiy-adabiy tashkilot tuzib, unda faol ishtirok etdi. 1920-yil 9-aprelda „Tong“ jurnalini tashkil etib, yosh ziyolilar avlodini millatparvarlik va vatanparvarlik ruhiyatida tarbiyalashga kirishdi. „Tong“ jurnalining shiori boʻlgan: „Miya oʻzgarmaguncha boshqa oʻzgarishlar negiz tutmas!“ soʻzlari Fitratning shu-yillarda olib borgan faoliyatining maqsad-mohiyatini toʻla ifodalaydi. Jurnalda „Chigʻatoy gurungi“ aʼzolarining deyarli barchasi ishtirok etdi. Afsuski, jurnal ishi 3-sondan keyin toʻxtab qoldi.
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tashkil topishi bilan Fitrat 1921-yilda Buxoroga taklif qilinadi va shu-yildanoq maorif noziri vazifasida ish boshlaydi. 1922-yilda xorijiya (tashqi ishlar) noziri, Xalq xoʻjaligi Kengashi raisi, Markaziy Ijroya Qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, Xalq nozirlari shoʻrosi raisi oʻrinbosari, Hukumat plan va smeta tashkiliy hay’atining raisi, BXSR mehnat kengashining Prezidium aʼzosi va boshqa lavozimlarda xizmat qildi. U shu davrda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi mablagʻlari hisobiga 70 nafar turkistonlik istiqbolli yoshlarning Germaniyaga borib oʻqishi, Buxoroda Sharq musiqasi maktabining tashkil etilishi, fan va madaniyatga doir xalq qoʻlida sochilib yotgan noyob qoʻlyozmalarni toʻplashda tashabbuskor boʻldi. Fitratning saʼy-harakatlari bilan Buxoro Xalq Sovet Respublikasida turk (oʻzbek) tili davlat tili deb eʼlon qilindi. Davlat teatri tashkil qilinib, bu teatrda ishlash uchun Toshkentdan Mannon Uygʻur va Choʻlpon, vaqf ishlarini boshqarish uchun esa Munavvar Qori Abdurashidxonov taklif etildi (1921).
Ammo 1923-yilda Yan Rudzutak boshchiligida Moskvadan kelgan komissiya Fitratni ishdan olib, Rossiyaga „chaqirib olingan“ deb eʼlon qildi va Fitrat 1923-1927-yillarda Moskvadagi Sharqshunoslik instituti (1921-yilgacha Sharq tillari instituti deb nomlangan)da ishladi, ilm bilan shugʻullandi. Leningrad Davlat universitetining Sharq fakultetida Turk, arab, fors tili va adabiyoti, madaniyatidan talabalarga dars berdi. Leningrad Davlat universiteti professorligiga saylandi. „Abulfayzxon“, „Bedil“, „Qiyomat“, „Shaytonnig Tangriga isyoni“ kabi asarlar yozib, chop ettirdi. 1927-yilning boshida Rossiyadan qaytgach, 1937-yilga qadar Samarqanddagi Oliy pedagogika instituti (hozirgi Samarqand Davlat universiteti) hamda Toshkentdagi Til va adabiyot institutida faoliyat koʻrsatdi. Fitrat oʻz hayoti davomida yuzlab ijtimoiy-publitsistik maqolalar, oʻnlab ijtimoiy-siyosiy va ilmiy risolalar yaratdi. U birgina Turkistonda emas, Afgʻoniston, Hindiston, Turkiya, Kavkaz, Volgaboʻyi matbuotida ham faol ishtirok etd


Download 58.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling