Fitrad dramaturg reja I. Bob fitrad Dramaturg


Fitrat sheriytatining tahlili


Download 58.56 Kb.
bet5/5
Sana25.01.2023
Hajmi58.56 Kb.
#1123052
1   2   3   4   5
Bog'liq
FITRAD - DRAMATURG

5.Fitrat sheriytatining tahlili.
1988 yil 3 iyunda «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasida taniqli adabiyotshunos olimlar Izzat Sulton va Salohiddin Mamajonovlarning «Madaniyatimizning ikki siymosi» maqolasi e’lon qilindi. Mualliflar Fitrat ijodini o‘rganish va munosib baholash kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalardan ekanligaga diqqatni qaratdilar. Nihoyat, 80- yillarning oxirlaridan Fitrat asarlarini o‘rganishda yangi bir bosqich paydo bo‘layotgani ko‘zga tashlandi.
Bevosita adib asarlarini nashr etish, o‘quvchilarga yetkazish ishlari boshlandi.Matbuot sahifalarida uning ilmiy, badiiy, publitsistik asarlaridan namunalar e’lon qilina boshladi.«Sharq yulduzi» jurnalining 1989 yil 1-sonida E. Karimov so‘zboshisi bilan adibning mashhur asarlaridan «Abulfayzxon» dramasi chop etildi.Uni Safo Zufarov nashrga tayyorladi.90-yillardan adabiyotshunosligimizga bir qator iste’dodli yoshlar kirib keldilar.Jumladan, H. Boltaboyev «Noma’lum Fitrat» nomli maqolasida («Yoshlik» j. 1990 y., 4-son) ilk bor mashhur adibning asarlari ro‘yxatini tuzib, e’lon qildi.Fitrat ijodini xolisona o‘rganish va baholash mustaqillikdan keyin ilmiy va rejali asosga ko‘chdi.
O‘tgan yillar ichida uning ko‘pgina asarlari nashr etildi. Ular haqida ilmiy-tadqiqot ishlari yaratildi.Ko‘plab nomzodlik, doktorlik dissertatsiyalari yozildi. Uning keng qamrovli, qomusiy merosi birgina adabiyotshunoslar, tilshunoslar emas, tarixchilar, huquqshunoslar, musiqashunoslar, elshunoslar kabi juda ko‘p va xilma-xil soha mutaxassislarini o‘ziga jalb etmoqda.
Abdurauf Fitrat she’riyati haqida so‘z ketganda shuni aytish kerakki- shoir ilk she’ridan boshlab Turk Dunyosini, Turkiston birligi, istiqlol g‘oyasini ilgari surdi, u turk dunyosiga millatparvar va yoniq shoir sifatida tanilgan edi. Bu haqda unga zamondosh tanqidchilardan Abdurahmon Sa’diy shunday yozadi: “Fitrat – hozirgi o‘zbek she’riyatida arab, fors so‘zlariga yo‘lni berkitdi. O‘zbek she’r tuzilishining rivojlanish yo‘llarini belgilay borib, ko‘pgina yosh shoirlarni o‘zining uslubi va tili bilan ergashtira oldi, atrofiga yosh shoirlarni to‘plab ularga til va uslubdan yo‘l ko‘rsatmakdadir.”
Abdurauf Fitrat to‘rt she’riy kitob muallifi. Bular: “Sayha”, “Uchqun”, “She’rlar va doston”, “Mening tunim”. Fitratning professor Hamidullo Boltaboyev tayyorlagan ko‘p jildlikning birinchi jildiga kirgan 22 ta she’r haqida suhbatlashamiz.
Fitrat she’riyati nochor qolgan shoirning o‘tli nidolaridangina iborat emas, u Turkistonni oyoq osti qilgan kelgindilarga, jaholat tufayli tovushlari o‘chgan vatandoshlariga achchiq nafratli murojaatidir. She’rlarning shakliy qurilishlari ham mavzu e’tibori bilan o‘ziga xosdir. Bu she’riyat- yangicha bo‘lib yangicha shuur, yangicha dunyoqarashning yangicha tamoyillarini o‘zida aks ettiradi. Yangi o‘zbek she’riyati butun dunyoni uyg‘otadigan bir qudratga ega bo‘lishi kerak edi.
Yangi o‘zbek she’riyatining asos manzili, o‘chog‘i Vatan, Turkiston, istiqlol, Erk mavzui bo‘ldi.
Bukun ham shunday.
«Buxoro vaziri Nasrullo Parvonachiga ochiq maktub»ida Fitrat yozadi: «Har qancha ko‘z va qulog‘ingizni berkitsangiz ham, bu qadimiy islom millatining faryodi va muqaddas vatanimizning xarobligiga achinmay tura olmaysiz…Millatimiz va yurtimizni shu holga keltirib qo‘ydikki, dunyoning burchagida eng qiyin kunlarda tashvish chekib yashayotgan odamlar ham bizning ahvolimizga qon yig‘lamoqdalar.» Amirga qarata aytilgan so‘zlari ham asarga ilova qilingan, bu bayonotda mana bunday deyiladi:” Bugun yo erta dini islomning dushmanlari biz — musulmon xalqni qora kunlarga solarlar. Bu jinoyatchilarning vazifasi avvali dini islomga xusumat bo‘lib, yaqin zamonlar bizdan dinimizni tark qilishni talab qilarlar. Imonimizni to‘pga, azonimizni qo‘ng‘iroqqa, masjidimizni cherkovga almashtirmoqdan boshqa narsa qolmas.”
Fitrat barcha dindosh birodarlariga murojaat qilarkan ” bu tanazzul (ya’ni nimaiki boy berilayotgan bo‘lsa) , musulmonlarning unsizligi va harakatsizligi natijasi”, deya biladi.
Fitrat hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan juda ko‘p xorijiy manbalarda, zamondoshlarining xotiralarida uning nomiga ”shoir” sifatlashi ko‘plab aytilgan. Bu Fitratga nisbatan shunchaki shaxsiy munosabatning natijasi bo‘lmay, balki uning shoirlik iste’dodiga alohida hurmat bilan qaraganliklarining boisi hamdir.
Fayzulla Xo‘ja 1911 yili chop etilgan ”Sayha” (”Nido”, ”Na’ra” ma’nolarini beradi.) she’riy to‘plami haqida shunday yozadi: ”Vatanparvarlik she’rlari to‘plami bo‘lgan ”Sayha” ni o‘qigan kishilarni Buxoro hukumatigina emas, rus hukumati ham ta’qib qila boshladi, chunki bu she’rlarda mustaqillik g‘oyasi birinchi marta juda yorqin shaklda ifodalab berildi.”
Bir tarafdan Turkistonda ochlik, qashshoqlik hukm surib turgan zamonda, bir tarafdan rus imperiyasi bilan ingliz jahongirlari Turkistonni egallash haqida yashirin muzokaralar olib borayotgan kunlarda ”turklikning qonini qaynatguvchi, iymonini yuksaltguvchi quvvat bergan bir suyunchli so‘z tug‘ildi, ya’ni 27 no‘yabrning kechasinda milliy laylatulqadrimiz bo‘lgan Turkiston Muxtoriyati e’lon qilindi.” Shul qop-qorong‘u dunyoning uzoq bir yerinda oydin bir yulduz kabi yalqillagan bu muxtoriyatni olqishlarkan, Fitrat mahkama eshiklaridan yig‘lab qaytgan, yirtqich jandarmaning tepkisi bilan yiqilgan , yondirilgan , osilgan dindoshlarimizning holatini shunday arz etadi: ”Ellik yildan beri ezildik, tahqir etildik, qo‘limiz bog‘landi, tilimiz kesildi, og‘zimiz qulflandi, yerimiz bosildi, talandi, sharafimiz surildi, nomusimiz g‘asb qilindi, huquqlarimizga tajovuzlar bo‘ldi, insonligimiz oyoqlar ostiga olindi- to‘zumli turdik, sabr etdik. Kuchga tayangan har buyruqqa bo‘yinsundik, butun borlig‘imizni qo‘ldan berdik. Yolg‘iz bir fikrni bermadik, yashinturdik, iymonlarimizga o‘rab saqladik: Turkiston muxtoriyati!”
Taassufki, milliy laylatulqadrimiz — Turkiston muxtoriyati o‘z oldiga qo‘ygan olamshumul rejalarni bajarishga ulgurmay, Kolesov boshliq ”tinchlikni barqaror qiluvchi kuchlar ” tomonidan yo‘q qilib tashlandi.
Biz yanglishgan edik. Yana yanglishdik.
Bu alamli tuyg‘u yangi o‘zbek she’riyatining mag‘zini tashkil qiladi.
Yangi o‘zbek she’riyatining buloqlarining ko‘zlarini ochgan buyuk alloma Abdurauf Fitrat bo‘ladilar.
O‘ttiz asrlik O‘zbek adabiyoti, xususan o‘zbek she’riyati dunyoviy hodisadir. Bu hodisani tadqiq qiladigan akademiyalar, institutlar, assambleyalar, forumlar kerak. Dunyoviy hodisani dunyo miqyosida amalga oshiradigan kuchli mustaqil demokratik davlat zarur!
Biz agar Uilyam Shekspirni bilmaganimizda edi, ko‘p narsani yo‘qotgan bo‘lar edik. Ahli dunyo Alisher Navoiyni bilmagani uchun ko‘p narsani yo‘qotdi.
Biz agar Tomas Manni bilmaganimizda edi, ko‘p narsani yo‘qotgan bo‘lar edik. Ahli dunyo Abdulhamid CHo‘lponni bilmagani uchun ko‘p narsani yo‘qotdi.
Biz agar Robindranath Thakurni bilmaganimizda edi, ko‘p narsani yo‘qotgan bo‘lar edik. Ahli dunyo Abdurauf Fitratni bilmagani uchun ko‘p narsani yo‘qotdi.
Bundayin qiyoslarni uzluksiz davom ettirish mumkin. Foydasiz. O‘zimiz hali bilmagan narsani dunyo qayerdan bilsin.
Jahon Adabiyoti tubsiz va cheksiz bir ummondir, unga har kim o‘z shaxsiy piyolasi bilan boradi.
Turk Dunyosi, Turon, Turkistonning madaniy ta’rixida jahon maqduniyatini uchsiz cho‘qqilarga ko‘targan buyuk allomalar o‘tkan. Ularning amallari dunyoga ma’lum va mashhur. Ana shunday allomalardan biri, ulug‘ vatandoshimiz Abdurauf Fitratdir.
O‘zining ikkinchi oltin davrini tugatib 16 asrdan Turkiston tanazzulga yuz tutgan, xususan 19-20 asrga yetib ayanchli holatda to‘lg‘onar edi.Chor imperiyasi, keyinchalik qizil saltanat Turkiston musulmonlarining, ayniqsa, turk xalqlarining birlashuvidan qattiq qo‘rqardi, shuning uchun tish-tirnog‘i bilan qurollanib turkchilarni, turkchi bo‘lmaganlarni ham, umuman tubchak aholidan chiqqan munavvarlarni tirik qoldirmaslikka kirishadi. O‘g‘ri, bosqinchi, makkor, xudosiz mahluqlar muqaddas Turkiston tuprog‘ini taladilar, bo‘g‘dilar, qonga botirdilar.Turkiston- o‘zining balogardonini, ulug‘ farzandining tug‘ilishini juda-juda istar edi va Alloh irodasi-la u Inson tug‘ildi. Abdurauf Fitrat nasabi bilan dunyoga keldi.Abdurauf Fitrat- Turkiston ruhining dahosidir. U Turkiston istiqloli uchun qurbon bo‘ldi. Istiqloldan keyin qayta tug‘ildi. Bu kun Abdurauf Fitrat jahon fuqarosiga, Turkistonning olamshumul ramziga aylandi.

Xulosa
Ozod Sharafiddinovning Fitrat haqidagi maqolasidan: Abdurauf Fitrat o‘zbek va tojik xalqlarining madaniy rivojida salmoqli o‘rin tutuvchi yorqin siymolardan biridir. Uning taqdiri ham g‘oyat fojeali bo‘lgan — u ayni boy hayotiy tajriba orttirib, qalami qayralib, ilhomi to‘lishib turgan bir choqda Stalin istibdodining qurboni bo‘ldi. Oqlangandan keyin ham ko‘p yillar mobaynida uning asarlari nashr qilinmadi, nomi qora ro‘yxatlardan chiqmay keldi. So‘nggi yillardagina qayta qurish sharofati bilan, oshkoralik va demokratiyaning qanot yoza boshlagani tufayli Cho‘lpon, Elbek va boshqalar qatori Fitratning ham ba’zi bir asarlari dunyo yuzini ko‘rdi, adabiyotshunoslar ular to‘g‘risida maqolalar e’lon qila boshlashdi. Bular, albatta, Fitratni adabiyotimiz tarixidagi o‘zining qonuniy o‘rniga qaytarish borasida boshlagan ishlarimizning debochasi, xolos.
Fitrat kurashlarga, izlanishlarga, aldanishlar va kashfiyotlarga to‘la hayotiy yo‘lini bosib o‘tdi. U 1884 yilda Buxoroda tug‘ildi, eski maktabda o‘qidi, tarix, falsafa va adabiyotdan chuqur bilim oldi, arab, fors, turk tillarini mukammal o‘rgandi. Ayni choqda, eski maktab tahsilini ko‘rgan Fitrat o‘zining ta’biri bilan aytganda, “mutaassib ruhoniy” bo‘lib yetishgan edi.
XX asr boshida butun Sharqda bo‘lgani kabi Buxoroda ham ijtimoiy fikrda jiddiy uyg‘onish boshlanib, jadidchilik harakati kuchaydi. Fitrat ham, “yosh buxoroliklar” deb nom olgan jadidlarning so‘l qanotiga qo‘shiladi va oradan ko‘p o‘tmay — 25 yoshida Turkiyaga o‘qishga ketadi. Istambulda o‘tkazilgan to‘rt yillik hayot, turk ma’rifatparvarlari, adib va shoirlarining ijodi bilan tanishish, yevropacha falsafa va ijtimoiy ta’limotlardan o‘rganish Fitratning qarashlarida keskin burilish yasaydi — endi u Buxoro hayotidagi, Turkiston hayotidagi qoloqliklarni, bid’at va xurofatni aniqroq ko‘radi, jamiyat rivojiga to‘siq bo‘lib yotgan kuchlar haqida teranroq o‘ylay boshlaydi. Bu izlanishlar Fitratni islohotchilik yo‘liga olib keladi — u din bilan ilmni birga qo‘shishga intiladi va ijtimoiy tuzumni yangilash g‘oyalarini o‘rtaga tashlaydi. Bunda u, ayniqsa, feodal psixologiyaning ko‘rinishlariga, dindagi, yashash tarzidagi mahdudlikka qarshi chiqadi. Fitratning jamiyatni isloh etish haqidagi g‘oyalari “Munozara» va «Bayonati sayyohi hindi” degan publitsistik risolalarida ifodalangan. Bu kitobning ikkovi ham birinchi marta fors tilida Istambulda nashr qilingan edi. Keyinroq esa (1913) Samarqandda Mahmudxo‘ja Behbudiy nashriyotida A. N. Kondratyev degan odam tarjimasida rus tilida bosib chiqariladi. Bu ikki risola Buxoroda ham, Turkistonda ham ijtimoiy fikrning o‘sishiga kuchli ta’sir qildi.
Fitrat 1913 yilda Buxoroga qaytib, yosh buxoroliklar harakatida faol qatnasha boshlaydi va keyinroq oshkora tarzda amir Olimxonga qarshi kurash yo‘liga kiradi. Ayni choqda, u ham shoir, ham adib, ham adabiyotshunos, ham muarrix, ham tilshunos, ham publitsist sifatida qalam tebrata boshlaydi va tez orada jamoatchilik o‘rtasida katta obro‘ qozonadi. 1920 yilda Buxoro xalq respublikasi tuzilgach, Fitrat yangi hokimiyat tarkibida bir necha yil maorif ishlari bo‘yicha vazirlik vazifasini bajaradi.
Fitrat koʻpqirrali va sermahsul ijodkordir. Bu – uning oz va soz lirikasi, koʻpqirrali dramaturgiyasi, jangovar publitsistikasi va katta hajmdagi chuqur ilmiy tadqiqotlaridir. Uning ijodiy ishlari va ijtimoiy faoliyati xalqni jaholat, turgʻunlik, gʻaflatdan uygʻotish, ilm-maʼrifatga chorlash, erkin, ozod, baxt-saodatli hayotga, birinchi navbatda milliy mustaqillikka chorlashga qaratilgan edi. U oʻzbekning oʻzligini tanishi, ota-bobolari kabi ulugʻvor kashfiyotlar qilishga, birlashgan, kuchli, qudratli davlat tuzishga va dunyoning ilgʻor madaniy mamlakatlariga yetib olishga chaqirdi. Butun ijodining mohiyati xalqning qalb qoʻzini ochishga va mehnat, yaratish, oʻqish, unish, kurashga daʼvatdan iboratdir. Uning ilk toʻplami “Sayha”ning kuchi Fayzulla Xoʻjayev taʼkidlaganidek, “Buxoro mustaqilligi gʻoyasi yorqin milliy shaklda birinchi bor ifodalab berilishida edi”. Vatanga muhabbat, xalqning gʻam-gʻussasiga achinish va zulmdan qutulishga undash tuygʻusi bilan yoʻgʻrilgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


  • Aliyev A., Abdurauf Abdurahim oʻgʻli Fitrat, T., 1984;

  • Fidoyilar, T., 1990;

  • Qosimov B., Maslakdoshlar. Behbudiy. Ajziy. Fitrat, T., 1994;

  • Qosimov B., Milliy uygʻonish, T., 2002.

  • Qosimov B., Fitrat (chizgilar). Sharq yulduzi, 1992, 10-son, 170-bet.

  • Qosimov B., Inson fojealari. Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati, 1990-yil 6-aprel.

  • Qosimov B., Fitrat. Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati, 1991, 10-son.

  • Gʻaniyev I., Fitrat, eʼtiqod, ijod, T., 1994;

  • Gʻaniyev I., Fitratshunoslik, Buxoro, 1994;

  • Gʻaniyev I., Fitratning tragediya yaratish mahorati. T., 1994.

  • Boltaboyev H., Abdurauf Fitrat, T., 1996;

  • Boltaboyev H., Fitratning ilmiy merosi, T., 1996;

  • Boltaboyev H., Qatagʻon qilingan ilm. T.: „Xazina“, 1996.

Download 58.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling