23-Mavzu: Neft va gazni quvur orqali transport qilish. Reja: Neft mahsulotlarini quvurda transport qilish. Gaz mahsulotlarini quvurda transport qilish


Download 24.93 Kb.
bet1/3
Sana07.05.2023
Hajmi24.93 Kb.
#1437325
  1   2   3
Bog'liq
23-mavzu


23-Mavzu: Neft va gazni quvur orqali transport qilish.
Reja:

1. Neft mahsulotlarini quvurda transport qilish .
2. Gaz mahsulotlarini quvurda transport qilish. 
3. Magistral gazoprovodlarni ishga tushirish.

Neft mahsulotlarini quvurda transport qilish 



Neft mahsulot provod deb – neft mahsulotlarini haydashga moʼljallangan trubo provodlarga aytiladi. Ular magistral qismlarning yer tagi va taqsimlash trubo provodlaridan, oddiy va murakkab tarmoqlardan, bosh va oraliq haydash stantsiyalaridan, quyish va soʼnggi oxirgi punktlardan iborat. Ular maʼlum bir vazifalarni bajaradi. Magistral neft provodlar quyidagi kompleks qurilmalardan tashkil topgan;
- keltiruvchi trubo provodlar;
- bosh va oraliq neft haydash stantsiyalari;
- oxirgi punkt;
- koʼp liniyali qurilmalar;
Keltiruvchi trubo provodlar – neft manbalarini magistral neft provodlarning bosh qurilmalari bilan bogʼlaydi.
Neftni haydash stantsiyasi – neftni konlardan qabul qilish, ularni qismlarga ajratish, neftlarni miqdorini hisoblash va ularni rezervuarlardan trubo provodlar boʼyicha haydashga moʼljallangan.
Bosh neftni haydash stantsiyasi neft koni yaqinida joylashtiriladi.
Oraliq neftni haydash stantsiyasi – keyinchalik neft haydashni taʼminlash uchun ishqalanish kuchini bartaraf etishga sarflangan quvvatni tiklashga xizmat qiladi. Odatda, oraliq neftni haydash stantsiyasi trubo provod trassasi boʼyicha har 50-200 km ga joylashtiriladi.
Undan tashqari bosh va oraliq neftni haydash stantsiyasining texnologik qurilmasida quyidagilar boʼladi: mexanik ustaxona, pasaytiruvchi elektr podstantsiya, pech, suv bilan taʼminlash obʼekti, xoʼjalik va maʼmuriy binolar va b.
Oxirgi punkt – magistral trubo provodning oxirgi punkti neftni qayta ishlash zavodi yoki katta nefte-baza hisoblanadi. Katta punktlardagi magistral neft provodlarda uzunligi 400 dan 600 km gacha boʼlgan foydalanish uchastkasi tashkil qilinadi. Foydalanish uchastkasining chegarasi albatta oraliq neftni haydash stantsiyasi orqali oʼtadi. Magistral neft provodning yoʼl qurilmalariga quyidagilar kiradi: trubo povodlar, yoʼl Lukidoni, trubo povodlarning korroziyadan himoyalash vositasi, aloqa yoʼli, elektruzatish yoʼli, obxodchi uylari, vertolyot maydoni, grunt yoʼllari, trassa boʼyicha yotqizilgan trubo provodlar.
Neft va neft mahsulotlarning qabul qilish va tarqatish jarayonida tashish hamda baza ichida ularni haydash asosan nasos yordamida amalga oshiriladi. U maxsus binoga dvigatel bilan birga oʼrnatiladi. Bu jarayon nasos stantsiyasi deb ataladi. Nasos stantsiyalari ishining xarakteriga va tuzilishiga qarab statsionar va ko’chma turlarga boʼlinadi.
Statsionar nasos stantsiyasiga nasos stantsiyasi va neft bazalari kiradi. Ular yer usti yoki chuqurlashtirilgan holda loyihalashtiriladi. Nasosning talab qilingan balandlikdan soʼrishini taʼminlash uchun neft bazalarda nasos stantsiyalarini trubo provod tizimning eng past nuqtasiga joylashtirish talab etiladi.
Chuqurlashtirilgan nasos stantsiyasini loyihalash jarayonini mukammal asoslash kerak. Chunki u qurilish tannarxini oshiradi va foydalanish sharoitini yomonlashtiradi. Koʼchma nasos stantsiyalariga suzuvchi va avtomobilь, avtotirkashga oʼrnatilgan nasos stantsiyalar kiradi. Statsionar nasos stantsiyalariga quyidagilar oʼrnatiladi:
- asosiy texnologik operatsiyalarga moʼljallangan nasoslar (temir yoʼl sisternasiga, tankerga, barjaga quyish va toʼkish hamda trubo provod boʼyicha neft bazasiga haydash);
- qo’shimcha operatsiyalarga moʼljallangan nasoslar. Markazdan qochma nasoslarning meʼyorida ishlashini taʼminlash uchun temir yoʼl sisternalarini, quyish sudalarni, rezervuar va trubo provodlarni tozalash hamda avtosisternaga, bochkaga, mayda taralarga quyish va qadoqlash. Аyrim hollarda qoʼshimcha operatsiyalar uchun asosiy operatsiyalardan ham foydalanish mumkin.
Nasoslar. Neft bazalarda asosan markazdan qochma, porshenli, rotorli va vintli nasoslar qoʼllaniladi. Ulardan eng koʼp foydalaniladigani markazdan qochma nasos hisoblanadi. U asosan kichik qovushqoqli neft mahsulotlarini haydashga moʼljallangan.
Porshenli nasoslar qovushqoq neft mahsulotlarini haydashga moʼljallangan (temir yoʼl sisternalarini, tankerlarni va b. tozalash operatsiyasi). Porshenli nasoslar quyidagi turlarga ajratiladi:
- privod (sim) turlari boʼyicha;
- silindrlarning joylashishi boʼyicha (gorizantal va vertikal);
- ishlash sharoitlari boʼyicha (bir, ikki, uch va toʼrt taʼsirli nasoslar).
Rotorli nasoslarga shesternali va vintli nasoslar kiradi. Ular asosan yuqori qovushqoqli neft mahsulotlarini haydashga moʼljallangan.
Markazdan qochma nasoslar asosiy soʼrish yoʼlida (liniya) siyraklashishini tashkil etish uchun qoʼllaniladi

Download 24.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling