24-mavzu: Taqriz turlari


Download 20.05 Kb.
bet1/2
Sana07.05.2023
Hajmi20.05 Kb.
#1440539
  1   2
Bog'liq
9-Mavzu


24-mavzu: Taqriz turlari
Bular adabiy-badiiy taqriz, teatr taqrizi, kinossenariy taqrizlar shuningdek, janrlar orasida ham turlari mavjud. Masalan, taqriz-maqolataqriz-ocherk, taqriz-reportaj va h.k.
Ammo qaysi taqriz turini olib qaramang ularga taalluqli bo‘lgan umumiy talabalar mavjud.
Taqrizning asosini, tadqiq qilayotgan asarning tahlili tashkil etadi. Imkon qadar shu tahlil har tomonlama bo‘lishi kerak. Aytaylik, biror film haqida taqriz yozganda, taqrizchi butun e’tiborni filmni ssenariysiga qaratib, uning mukammal chiqqani filmning qimmatini belgilanganini aytish filmning qimmatini belgilanganini aytish noto‘g‘ri. Bu erda rejissura, ijrochilik mahorati, kostyumlarning tanlanishi, musiqaning mos tushganligi–shularning bari bir butunligining uyg‘unligi filmni muvaffaqiyatini ta’minlanganini taqrizchi batafsil ko‘rsatib berish kerak.
Taqrizchi ko‘pincha, badiiy asarlarga taqriz yozganda, uning mazmunini o‘quvchiga hikoya qilish bilan cheklanib qoladi. Bu ham noto‘g‘ri. Aslida taqrizchi asarda aks etgan ijtimoiy hayotda yoki adabiyotdagi, san’at orasidagi yangilik uchragan biror yangi hodisa bilaen tanishishi kerak.
Taqrizchi yozmoqchi bo‘lgan taqrizida asar haqida aytmoqchi bo‘lgan fikrida o‘zining aniq pozitsiyasini bilib olishi kerak. Agar asarning to‘g‘ri kelgan joyida olib, tahlil qilishga harakat qilsa, u o‘quvchini o‘z qarashlariga, bergan bahosining to‘g‘ri ekanligiga ishontira olmaydi. Taqrizchining vazifasi o‘zi tushunarsiz narsani tushuntirish, noaniq narsani aniqlashtish, murakkab narsani soddalashtirishdir.
Ko‘p hollarda taqriz yozayotgan tanqidchi publitsistik asarning to‘g‘ridan to‘g‘ri tanqid qiladi.
Aslida, o‘quvchining e’tiborini jal qilish to‘g‘ri gapirish kerak. Bu erda faqat haqqoniy tanqidni hal qiluvchi rol o‘ynamaydi, balki shu bilan birga tanqidchining qarashlarini aniqligi va o‘zining pozitsiyasi ham juda muhim hisoblanadi.
3.Taqriz ustida ishlash va tahlil qilish
Taqriz yozish tahlil qilmoqchi bo‘lgan obyektni to‘g‘ri tanlay bilishdan boshlanadi. Ob’ekt tanlanganidan keyin uni tahlil qilish uchun zarur manbalar yig‘iladi. Ana shu tayyorgarlik jarayoni taqrizni muvaffaqiyatli chiqishda muhim rol o‘ynaydi. Masalan: teatr tanqidchilari taqriz yozish uchun e’tiborni asarning o‘ziga qaratadi. Haqiqatda esa teatrga borib spektaklni ko‘rish kerak, hatto repititsiyalarni kuzatish zarur.
Taqrizda muallifning mazkur mavzudagi uzoqni ko‘ra bilishi xal qiluvchi rol o‘ynaydi. Tanqidchining dunyoqarashi qanchalik keng bo‘lsa. ishonchli sharhlar, diqqatni tortadigan muallif fikrlari uchun isbot mazmunli tasvir ahamiyat chiqadi.
Asarni tahlil qilish jarayonida kitobning, asarning, filmning yoki spektaklning g‘oyaviy-tematik o‘ziga xosligidan yangilik topishni xarakat qiladi. Asar tasviridan yangilik topish–bu nafaqat tanqid ko‘lamini kengaytiradi. SHu bilan birga o‘quvchining diqqatini o‘ziga qaratadi, maqola yoritishda publitsst faktga asoslangan manbaga ko‘pincha alohida muammo sifatida qarab tahlil qiladi. Retsepsiyada esa yuqorida aytganimizday, publitsist materialni “ikkinchi qayta” ko‘rib chiqishdan o‘tkazadi.
Rus tanqidchilari tarixida taqrizning rivojida V.G. Belinskiyning roli katta. U taqrizni haqiqiy san’at darajasiga ko’tardi. Taqriz badiiy asar haqida shunshaki ma’lumot beruvchi janr darajasidan adabiy hayotning muhim masalalarini ko’taruvchi , kitobxonni hayot va adbiyot haqida o’ylashga o’rgatuvchi uning estetik didini tarbiyalashga yordam beruvchi janrga aylanadi. Taqriz xarakteriga ko’ra xilma-xil bo’ladi. Masalan, kengaytirilgan annotatsiya tipidagi taqrizda asar haqida bibliografik ma’lumot beriladi. Tanqidiy yoki publitsistik maketa taqrizlarida konkret asar munosabati bilan biron muhim masala haqida fikr yuritiladi. Esse xarakteridagi taqrizda taqrizchi o’z fikr-tuyg’ularini, asarni o’qish jarayonida hosil bo’lgan taasurotlarini lirik tarzda ifodalaydi. Nihoyat, muallif o’z asariga ham taqriz yozishi mumkin(avtotaqriz). Bunda muallifning asarga qarashlari bayon qilinadi yoki u biron munosabat bilan munozaraga kirishadi.
O’zbek adabiyotida taqriz XX-asr boshlarida vaqtli matbuot bilan teng rivojlana boshlanagan. Endilikda taqriz o’zbek tanqidshiligining eng muhim janrlaridan biri bo’lib qoldi. Oybek, Abdulla Qahhor, Shayxzoda, G’afur Gulom kabi yozuvchilar, O.Hoshimov, S.Husayn, Olim Sharofiddin, V.Zohidov , I.Sultonov, H.Yoqubov, M.Qo’sjonov, Ozod SHarafiddinov, U.Normatov, N.Xudoyberganov, I.Haqqulov va boshqa olimlar o’zbek adabiy hayotida chuqur iz qoldirgan taqrizlar yaratdilar.
Taqrizning vazifasi u yoki bu janrdagi badiiy asarning tahlili orqali uning adabiy jarayon va yozuvchi ijodidagi o’rnini aniqlash , yutuq va kamchiliklarini ko’rsatish, fikrni isbotlash va baholashdan iborat. Yangi asarni birinchi bo’lib baholaydigan taqrizda ilmiy-estetik tahlil ixcham, siqiq shaklda, ommaga tushunarki tarzda o’z ifodasini topadi.
Taqrizda bevosita tahlildan tashqari, ijodkorga munosabat masalasi ham muhim. Taqriz hajmi katta-kichikligidan qat’iy nazar, yangi asar haqida o’quvchida ma’lum taassurot uyg’otsin, rost so’zlasin. Ba’zan shunday bo’ladiki, taqrizchining va’dalari, maqtovlariga ishonib, qo’lingizga olgan kitob sizni tortmaydi, yolg’on aldovlarga uchib qolmasligi uchun adabiyot ham, adabiyotshunos ham kitobxonga rost gapirishi kerak. Taqrizda asarning qisqa tahlili orqali uning mohiyati hamda badiiyatga berilgan baho asosiydir.

Download 20.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling