26-noyabr — Grigoriy taqvimida yilning 330- (kabisa yilida 331-) kuni. Yil yakuniga 35 kun qoladi


Download 15.21 Kb.
Sana28.02.2023
Hajmi15.21 Kb.
#1238112
Bog'liq
26-noyabr kun tarixi


26-noyabr — Grigoriy taqvimida yilning 330- (kabisa yilida 331-) kuni. Yil yakuniga 35 kun qoladi.
Turkmaniston — "unish" bayrami
Hindiston — konstitutsiya kuni
Hodisalar:
-1161 yil – Xitoyda Song va Jin sulolalari o‘rtasidagi urush boshlandi;
-1394 yil – Seul shahri Koreyaning poytaxti deb e’lon qilindi;
-1778 yil – Jeyms Kuk Gavayi orollariga borgan ilk yevropalikka aylandi;
-1789 yil – Jorj Vashington Shukronalik kunini AQSh milliy bayrami deb e’lon qildi;
-1812 yil – Napoleon qo‘shini Rossiyadan mag‘lubiyatga uchragan Berezina jangi boshlandi;
-1917 yil – Qo‘qonda Turkiston o‘lka musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi ish boshladi;
-1918 yil – Chernogoriya Milliy Assambleyasi Serbiya Qirolligi tarkibiga kirish haqida qaror qabul qilindi;
-1922 yil – Misr fir’avni Tutanxamonning afsonaviy qabri ochildi;
-1924 yil – dunyodagi ikkinchi sotsialistik davlat – Mongoliya Xalq Respublikasi e’lon qilindi;
-1936 yil – Sovet-fin urushining boshlanishi: chegaradi Maynli qishlog‘ida sovet marralarining o‘qqa tutilishi ortidan SSSR Finlyandiyaga nota e’lon qildi;
-1949 yil ¬– Hindiston konstitutsiyasi qabul qilindi;
-1970 yil – Gvadelupeda dunyo tarixidagi eng kuchli jala qayd etildi;
-1979 yil – Saudiya Arabistonining Toif shahrida Boing 707 samolyoti halokatga uchrashi oqibatida 156 kishi halok bo‘ldi;
-1983 yil – London aeroportida qiymati 26 million funtlik 6,800 dona oltin quymalar o‘marib ketildi;
-1991 yil – Ozarbayjon Milliy Kengashi Tog‘li Qorabog‘ni viloyati muxtor viloyat maqomidan mahrum qilish haqidagi qonunni qabul qildi;
-1992 yil – 25-26 noyabr kunlari Toshkentda O‘zbekiston urologlarining birinchi s’yezdi bo‘lib o‘tdi;
-1996 yil – O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tashkil etildi;
-1998 yil – Hindisondagi Xanna temiryo‘l halokatida 212 kishi halok bo‘ldi;
-1999 yil – Vanuatuda 7,5 ballik zilzila va sunami sodir bo‘ldi;
-2001 yil – Surxondaryo qo‘g‘irchoq teatri tashkil etildi;
-2011 yil – NATO qo‘shinlari Pokistondagi nazorat postiga hujum qilishi oqibatida 24 nafar askar halok bo‘ldi;
-2011 yil – Mars ilmiy laboratoriyasi Mars sathiga qo‘ndi.
- 2011 yil – Islom Karimov Jahon sog‘liqni salqash tashkiloti bosh direktori Margaret Chenni qabul qildi.

Tavallud topganlar:


-1857 yil – shveysariyalik tilshunos olim Ferdinand de Sossyur;
-1902 yil – McDonald’s oshxonalar tarmog‘i asoschisi Moris
Makdonald;
-1918 yil – Chilining 31 prezidenti Patrisio Aylin;
-1919 yil – Polsha Respublikasining 6 prezidenti Rishard Kakzorovskiy;
-1939 yil – Malayziya bosh vaziri Abdulloh Ahmad Badaviy;
-1959 yil – Surxondaryo viloyati hokimi Normo‘min Choriyev;
-1990 yil – ingliz futbolchisi Deni Uelbek.

Vafot etganlar:


-1504 yil – Kastiliya va Leon qirolichasi Izabella;
-1547 yil – italyan rassomi Jovanni Koriani;
-1954 yil – Litva prezidenti Yonas Jyamastis-Vitautas;
-1989 yil – Komor orollari prezidenti Ahmad Abdulloh;
- 2016 yil – Kuba sobiq prezidenti Fidal Kastro.

Bayramlar:


-Butunjahon semizlikka qarshi kurash kuni;
-Abxaziyada Konstitutsiya kuni;
-Hindistonda Konstitutsiya kuni;
-Butunjahon ayollar huquq himoyachilari kuni;
-Butunjahon axborotlashtirish kuni;
-Mo‘g‘ulistonda Respublika kuni.
Download 15.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling