29-variant 1-topshiriq. Tasvirli diagrammalar. Tayanch iboralari
Download 27.18 Kb.
|
statistika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korxona tartib raqami Mahsulot hajmi, mln. so‘m O‘rtacha yillik asosiy vositalar qiymati, mln.so‘m
- O‘rtacha yillik asosiy vositalar qiymati, mln.so‘m O‘rtacha ro‘yxatdagi xodimlar soni, kishi 1
- 1.Tasvirli (suratli) diagrammalar
- O‘zbekiston temir yo‘lida yuk aylanmasining dinamikasi
- 2. O’rtacha arifmetik xossalari
- O’rtacha arifmetikni «shartli moment» usulida hisoblash
“Statistika” fanidan oraliq nazorat 29-variant 1-topshiriq. Tasvirli diagrammalar. Tayanch iboralari: tasvirlarni chizish, o’lchov birliklari, hodisa sur’ati. 2-topshiriq. O’rtacha arifmetik xossalari. Tayanch iboralari: to’plam bir jinsligi, o’xshash birlik o’rtachasini aniqlash, katta sonlar qonuniyati. 3-topshiriq. Viloyatdagi bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar yillik hisoboti bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar olingan:
Korxonalarni: O‘rtacha yillik asosiy vositalar qiymati 3 ta guruhga ajrating. Har bir guruh bo‘yicha korxonalar sonini, mahsulot miqdorini, o‘rtacha xodimlar sonini va fondlar qiymatini aniqlang. Xulosalar qiling. 1.Tasvirli (suratli) diagrammalar Grafiklarning ta’sirchanligini kuchaytirish uchun diagrammalar o‘rganilayotgan hodisalarning tasvirlari (suratlari) ni chizish yo‘li bilan tuziladi. O‘lchov birligi qilib shartli ravishda tasvirlanayotgan hodisa surati (figurasi) olinadi. Masalan, temir yo‘lda yuk aylanmasining o‘sishini tasvirlash uchun yuk vagonlari chiziladi. Buning uchun 1 ta vagon qanchadir yuk aylanmasi hajmini bildiradi deb belgilab, tasvirlanuvchi ma’lumotlarni shu masshtabga bo‘lib, chizilishi kerak bo‘lgan vagonlar soni aniqlanadi. O‘zbekistonda temir yo‘l yuk aylanmasining ortishi quyidagi ma’lumotlar bilan ifodalangan: jadval
2. O’rtacha arifmetik xossalari Arifmetik o’rtacha bir qator xususiyatlarga ega: 1. Belgining ayrim miqdorlari (qator variantalarining ayrim qiymatlari) bilan ularning arifmetik o’rtacha darajalari o’rtasidagi farqlar yig’indisi doimo 0 ga teng, ya’ni: . Belgining ayrim miqdorlari bilan ularning arifmetik o’rtachasi orasidagi farqlarning kvadratlari yig’indisi minimal qiymatga ega, ya’ni yoki 1. Agar belgining har bir qiymatini o’zgarmas ixtiyoriy songa bo’linsa (yoki ko’paytirilsa), u holda arifmetik o’rtacha qiymati shu son marta kamayadi (yoki ko’payadi): . 4. Agar belgining har bir qiymatidan o’zgarmas ixtiyoriy son ayrilsa, yoki qo’shilsa, u holda arifmetik o’rtacha qiymati ham shu songa kamayadi yoki ko’payadi. . 5. Agar o’rtacha arifmetik vazn qiymatlarini o’zgarmas ixtiyoriy songa bo’linsa, (yoki ko’paytirilsa) u holda o’rtacha qiymati o’zgarmaydi. 1. Belgining ikki va undan ortiq to’plamlar bo’yicha o’rtacha qiymatlarning yig’indisi uning umumiy jamlama to’plam bo’yicha o’rtacha qiymatiga teng: O’rtacha arifmetikni «shartli moment» usulida hisoblash qator variantalaridan o’zgarmas ixtiyoriy A soni ayirib, olingan natija boshqa ixtiyoriy V songa bo’linadi. Natijada berilgan Xi qatordan qatori vujudga keladi. Bu qator uchun arifmetik o’rtacha hisoblanadi . So’ngra u V soniga ko’paytiriladi va olingan natija ustiga A soni qo’shiladi. Natijada boshlang’ich qatorning haqiqay arifmetik o’rtacha miqdori kelib chiqadi . Kengligi teng oraliqli qatorlarda «A» deb variantaning o’rtadagi qiymatini «V» o’rnida esa oraliq kengligi olish tavsiya etiladi. Download 27.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling