3 – amaliy mashg‘ulot mashinalarni tarkibiy qismlarga ajratishusullarini o‘rganish


Download 175.6 Kb.
Sana11.03.2023
Hajmi175.6 Kb.
#1259209
Bog'liq
3-amaliy mashg\'ulot

3 – AMALIY MASHG‘ULOT

Mashinalarni tarkibiy qismlarga ajratishusullarini o‘rganish.


Ishning davomiyligi - 4 soat
1. Ishning maqsadi:
1.1 Mashinalarning ichki va tashqi tuzilishi, ularni tarkibiy qismlarga ajratish usullarini o‘rganish.
1.2. Texnologik mashinalarni tarkibiy qismlarga ajratishni tajribaviy bajarish asosida ularni loyixalash va tayyorlash orasidagi bog‘liqlikni talabalar ongiga singdirish.
2. Qo‘llaniladigan jihozlar: materiallar, o‘lchash asboblari.
- Kafedra laboratoriyasidagi aylanma pech modeli.
- Gayka kaliti komplektlari.
3. Nazariy qism.
Korxonada ishlab chiqariladigan xar qanday predmet yoki ishlab chiqarish predmetlar yig‘indisi maxsulot deyiladi.
Mahsulotlarning quyidagi turlari o‘rnatilgan:
-detallar.
- yig‘ma birliklar
-komplekslar va
- komplektlar.
Nomi va markasi bo‘yicha bir xil materialdan, yig‘ma operatsiyalarsiz tayyorlangan mahsulot detal deyiladi.



3.1-rasm. Ishlab chiqarish mahsulotining umumiy xolatdagi tarkibi.
Tayyorlovchi korxonada yig‘ish operatsiyalari yordamida turli tarkibiy qismlarni yig‘ib tayyorlanadigan mahsulot yig‘ma birlik deyiladi.
Bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq ekspluatatsion funksiyalarni bajarishga mo‘ljallangan, lekin tayyorlovchi korxonada yig‘ish operatsiyalari yordamida birlashtirilmagan ikkita va undan ko‘proq tasniflangan mahsulot kompleks deyiladi.
Yordamchi xarakterga ega bo‘lgan umumiy ekspluatatsion vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan lekin tayyorlovchi korxonada yig‘ish operatsiyalarisiz tayyorlangan ikkita va undan ko‘proq mahsulot komplekt deyiladi.
Texnologik mashinani tarkibiy qismlarga ajratishni aylanma Pech lobaratoriya modeli misolida qarab chiqamiz.
4.Tajriba qurilmasining tavsifi
Tajriba uskunasi kafedra laboratoriyasining maxsus stendida joylashgan. (3.2-rasm).
Maxsus rama 1-da maxkamlangan 3 ta tayanchlarga aylanma pechning tanasi 2 o‘rnatilgan. Tananing pastki uchida shishadan tayyorlangan bir nechta rekuperator barabanlari 4 o‘rnatilgan.
Pech tanasi 5 yuritma va 6 zanjirli uzatma yordamida aylanma xarakatga keltiriladi. Pech tanasining qiyaligi 7moslama bilan o‘zgartiriladi. Qum bunker 8 – dan tahminlagich 9 yordamida pech ichiga uzatiladi. Pechdan chiqayotgan qum 10 va 11 bunkerlarga tushadi.
Bu yerda:
Detallar: -yo’lduzcha (4ta),

Yig‘ma birliklar:
-bunkerlar
- tahminlagich
- Pech korpusi
- tayanch qurilmalar
- regunerator sovutgich
- yuritma va boshqalar bo‘lib, ular birgalikda pech agregati kompleksini tashkil etadi.



3.2-rasm. Tajriba qurilmasining sxemasi.
5.Ishni bajarish tartibi.
Mashinani tarkibiy qismlarga ajratish uning konstruktiv xususiyatlariga bog‘liq yahni tarkibiy qismlarga ajratishning texnologik usullari mashinani tashkil etuvchi yig‘ma elementlar strukturasi bilan belgilanadi.
Shu sababli aylanma pech laboratoriya modeli quyidagi tartibda tarkibiy qismlarga ajratiladi. Bunda texnologik ketma-ketlik tartibiga qatiy rioya qilish lozim.
1. Pech modelini tarkibiy qismlarga ajratish sxemasini tuzish.
2. Avval yuklash qurilmasi yig‘ma birligini ajratish
3. Rekuperatorli sovutgich qurilmasini ajrating.
4. Pech modeli yuritmasini ajrating.
5. Pech korpusini tayanch qurilmasidan ajrating.
6. Tayanch qurilmasini ramadan ajratib oling.
7. O‘qituvchining ko‘rsatmasi bo‘yicha yuqoridagi uzellar (yig‘ma birliklar) dan birini detallarga ajratish.
8. 7-1 operatsiyalarni teskari tartibda qaytarib, Pech modelini joyiga yig‘ish.
6.Hisobot tartibi.
1 Laboratoriya ishini bajarish maqsadi.
2. Laboratoriya qurilmasining sxemasi.
3. Mashinani tarkibiy qismlarga ajratish tartibi.
4. Asosiy detallar eskizi.
5.Xulosa.
Download 175.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling