3 – Laboratoriya mashg‘uloti Mavzu: Kompyuterning asosiy va tashqi qurilmalari klaviatura va uning tugmalari vazifalari Monitor turlari. Tashqi qurilmalarni kompyuterga ulash. Ishdan maqsad


Download 228.73 Kb.
bet1/3
Sana02.04.2023
Hajmi228.73 Kb.
#1319352
  1   2   3
Bog'liq
3 laboratoriya


3 – Laboratoriya mashg‘uloti
Mavzu: Kompyuterning asosiy va tashqi qurilmalari. klaviatura va uning tugmalari vazifalari Monitor turlari. Tashqi qurilmalarni kompyuterga ulash.
Ishdan maqsad: Kompyuterning asosiy va qo’shimcha qurilmalarini sozlashni o’rganish.
Kerakli jihozlar: Kompyuter, protsessor, klaviatura, sichqoncha, tarmoq kartasi, audio karta, mikroprotsessor, tezkor xotira, kesh xotira.
Masalani qo‘yilishi: Qurilmalar haqida bilish va ularni turlarini o’rganish.
Nazariy qism: Kompyuter deganda- dastur asosida axborotlarni katta tezlikda qayta ishlashni ta'minlovchi universal avtomatik qurilmani tushunish mumkin. Birinchi shaxsiy kompyuter 1973- yilda Fransiyada Truong Trong Ti tomonidan ishlab chiqilgan. Avvaliga mazkur shaxsiy kompyuter elektron o'yinchoq sifatida qabul qilindi. Bu kompyuter 1977- yilda amerikalik Stiv Jobs boshchiligidagi "Apple Computer" firmasi tomonidan mukammallashtirildi hamda dasturlarning katta majmuini tatbiq etib, ommaviy ravishda ishlab chiqarila boshlandi. Shundan beri kompyuter hayotimizda mustahkam joylashib, axborotni qayta ishlashning eng zamonaviy vositasiga aylandi.
Shaxsiy kompyuter quyidagi asosiy qurilmalar:  Sistema bloki, monitor, klaviatura va sichqonchadan tashkil topgan.
Protsessor (mother board) - qurilmalarni va hisoblashlarni boshqaruvchi, asosiy qurilma bo‘lib, unga mikroprotsessor, tezkor va kesh xotira, mikrosxemalari, kontroller va turli adabter, elektrosxemalar o‘rnatiladi. Protsessor asosan quyidagi qurilmalardan tashkil topadi.
Mikroprotsessor - kompyuterni boshqarish va barcha hisob ishlari, buyruqlarni bajarilishini ta`minlaydi. Mikroprotsessor turli amallarni tez bajarish qobiliyatiga ega. Uning tezligi sekundiga 100 million amalga va undan ortiq bo‘lishi mumkin. Uning tezligi Megagerslarda hisoblanadi va protsessor nomidan keyin yoziladi. Masalan, Pentium 700.
Tezkor xotira - protsessor uchun zarur bo‘lgan dasturlar va ma`lumotlarni saqlaydi. Kompyuter o‘chirilishi bilan tezkor xotiradagi ma`lumotlar o‘chiriladi.

Download 228.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling