3 – sinf uchun o’qish fanidan test savollari. O’zbekiston Respublikasining mustaqilligi qachon e’lon qilingan?


Download 35.5 Kb.
Sana14.11.2021
Hajmi35.5 Kb.
#174488
Bog'liq
3-sinf.-oqish-test


3 – sinf uchun o’qish fanidan test savollari.
1. O’zbekiston Respublikasining mustaqilligi qachon e’lon qilingan?

a) 1991- yil, 1 – sentabr;

b) 1991- yil, 31- avgust;

d) 1992- yil, 30 – aprel;



2. O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining so’zini kim yozgan?

a) Otkir Hoshimov; b) Abdulla Oripov; d) Erkin Vohidov;



3. O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining musiqasini kim bastalagan?

a) Oydin Hojiyeva; b) S. Musajonov; d) Mutal Burxonov;



4. Davlat gerbi qachon tasdiqlangan?

a) 1991- yil, 1 – sentabr;

b) 1992- yil, 2- iyul;

d) 1995- yil, 29 – avgust;



5. Gerb so’zi qaysi tildan olingan?

a) “Erbo” nemischa; b)“Irbo” inglizcha; d) “Gurbo” xitoycha;



6. Davlat bayrog’i qachon qabul qilingan?

a) 1992 – yil, 25 – oktabr;

b) 1991 – yil, 1 – sentabr;

d) 1991 – yil, 18 – noyabr;



7. Davlat bayrog’i necha xil ranglardan iborat?

a) 4 xil rangdan iborat- qizil, yashil, oq, moviy;

b) 3 xil rangdan iborat – ko’k, oq, sariq;

d) 5 xil rangdan iborat – oq, sariq, qizil, ko’k, yashil;



8. Ona – Vatan deb qayerni aytamiz?

a) O’qishda bo’lgan va yashagan xorijiy mamlakatni;

b) Tug’ilib o’sgan va yashayotgan mamlakatni;

d) Sayohatda bo’lgan va yashagan mamlakatni;



9. Siz qaysi Respublikada yashayapsiz?

a) Qozog’iston; b) Tojikiston; d) O’zbekiston;



10. Salomlashish nimadan boshlanadi?

a) Odobdan; b) Ixlosdan; d) O’qishdan;


11. Unsin otasidan nimalarni o’rgandi?

a) Kitob o’qishni; b)Mahsi tikishni; d) Kiyim tikishni;



12. Shiroq kim?

a) Sehrgar; b) Cho’pon; d) O’qituvchi;



13. Bahor qaysi oydan boshlanadi?

a) May; b) Aprel; d) Mart;



14. Qish ertagida qaysi hayvonlar suhbatlashadilar?

a) Tipratikon, qizilishton, quyon;

b) Qizilishton, tulki, qarg’a;

d) Tipratikon, echki, tulki;



15. “O’zbekiston posbonlari” she’rini kim yozgan?

a) P. Mo’min; b) Z. Diyor; d) S. Barnoyev;



16. Maqolning davomini toping.

Uquvi bor ulg’ayar, uquvi yo’q –

a) Yig’lar; b) Kular; d) Sarg’ayar;

17. Quyosh tizimida nechta sayyora bor?

a) 8; b) 7; d) 9;



18. Kim Hind hisobiga yangilik kiritdi?

a) A. Navoiy; b) Z.M. Bobur; d) Al-Xorazmiy;



19. Ibn Sino shogirdlariga nechta tabib qoldirdi?

a) 3; b) 2; d) 5;



20. Eng saxiy kishini kim deb ataydilar?

a) Saxiy; b) Hotamtoy; d) Muruvatli;
Download 35.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling