3-Amaliy mashg’ulot : Elektron ta’lim resurslaridan foydalanishda qr-kod dasturining ahamiyati qr-kod -qanday yaratiladi? qr-kod —
Download 0.82 Mb.
|
3-Amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- QR-KODLARNI O‘QISh
- -kod onlayn generatori
- QR-code yaratish algoritmi
3-Amaliy mashg’ulot : Elektron ta’lim resurslaridan foydalanishda QR-kod dasturining ahamiyati QR-KOD -qanday yaratiladi? QR-kod — ikki o‘lchamli shtrixkod, mazkur shtrix kod oq va qora piksel(nuqtalar)dan iborat bo‘lib bir necha yuz belgilarni kodlash imkonini beradi. Kodlanadigan matn-oddiy matn, Internet manzili, telefon raqami, ma’lum bir joyning geolokasiyasi yoki koordinatasi, ma’lumot taqdim etuvchi insonning tashrif kartochkasi ham bo‘lishi mumkin. QR-kodlarni vizuallashtirish odatda zamonaviy smart telefonlar yordamida amalag oshiriladi. Bunda smartfon kamerasi QR-kodga qaratiladi va zarur internet resursga yoki saytga ortiqcha harakatlarsiz o‘tish imkoni tug‘iladi. QR-kodlardan foydalanish katta hajmdagi giperhavolalarni terish, yozib olish yoki zarur axborot manbasiga tezkor murojaat qilish imkoniyatini yaratdi. Misol uchun: kompyuter monitoridagi reklama yoki jurnal sahifasidagi reklama e’loniga QR-kod qo‘shib qo‘yilsa uni o‘qiydigan o‘quvchi yoki shu tovarni iste’molchisi ortiqcha harakatlarsiz internetga joylashtirilgan sayt yoki ijtimoiy tarmoq sahifalariga tezkor o‘tishi va ma’lumotni olishi mumkin. QR-kodlar (Quick Response — ingliz tilida «tezkor reaksiya», «tezkor sado-javob») 1994 yilda Denso-Wave yapon kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Yaponiyada QR-kodlar 2000 yil boshlaridan boshlab juda faol tarzda qo‘llanila boshlandi. QR-kodlarni sotiladigan tovar qutisiga, reklama bannerlariga, bukletlarda, ensiklopediyalarga joylashtiriladi. Keyingi yillarda kamerasi kuchli smartfonlar paydo bo‘lishi bilan QR-kodlar butun dunyoda faol foydalanila boshlandi. Bugun Siz bu sehrli kvadratlarni reklama, do‘konlar oynasida, kitoblar muqovasida uchratishingiz mumkin. QR-kodlar ta’lim tizimidagi darslik sahifalariga ham kirib keldi. QR-kodlar maktab darsliklari sahifalariga interaktivlik xususiyatini bag‘ishlaydi, ya’ni o‘rganilayotgan mavzu sahifalaridagi QR-kodlarni ishga tushirilsa, bir harakatda shu darslik joylashtirilgan internet sayt sahifasiga o‘tiladi. QR-kodlar faqat darslikni internetdagi elektron shaklini o‘rganish uchun emas balki dars yoki mavzuni mazmun jihatidan to‘ldirish, mavzuga ta’alluqli video, animasiya yoki ensiklopedik materiallarni darslik sahifasiga joylashtirish uchun ishlatiladi. QR-kodlarni o‘qish yoki yaratish uchun har xil dasturiy ta’minotdan foydalanish mumkin. QR-KODLARNI O‘QISh QR-kodlarni o‘qish uchun smartfonga maxsus dastur o‘rnatish zarur. Mabodo foydalanayotgan smartfoningizda QR-kod o‘qiydigan bironta dastur o‘rnatilgan bo‘lsa, u holda yangisini o‘rnatishga ehtiyoj yo‘q. QR-kodlarni o‘qish uchun mo‘ljallangan “tekin” dasturiy ta’minotlardan namunalar: QR-KOD YaRATISh(manzil/internet sahifa)
QR-code yaratish algoritmi: QR-kod yaratish uchun internetdan www.qrcoder.ru sayti ishga tushiriladi. 1. Brauzerdan QR-kodga aylantirilishi rejalashtirilgan manzil ko‘chirib olinadi. 2. «Sayt»dagi «vvedite tekst dlya kodirovaniya» oynasiga kodlanadigan matn yoki internet sahifa («URL-manzili», «URL») qo‘yiladi. TOPSHIRIQ: Texnologiya fanining 8-sinf darsligini oling va undan QR-kod berilgan sahifani oching. Agar telefoningizda QR-kodni o‘qiydigan dastur bo‘lsa, undan foydalanib internet manzilini toping. Manzilda berilgan ma’lumotlarni o‘zlashtirib oling. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling