3-amaliy mashg‘ulot Mavzu. Elektron jadvallarda masalalarni yechish va diagrammalar tuzish Mashg‘ulotning maqsadi


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
Sana26.09.2020
Hajmi0.5 Mb.
#131467
Bog'liq
3-amaliy mashgulot


3-amaliy mashg‘ulot 

Mavzu. Elektron jadvallarda masalalarni yechish va diagrammalar tuzish 

 

Mashg‘ulotning  maqsadi:  talabalarni  MS  Excel  dasturining  imkoniyatlari  bilan 

tanishtirish. MS Excel dasturlaridan mustaqil foydalana olish va diagrammalar tuzishni o‘rgatish.  

 

Vazifa: 

1.  Quyidagilarni alohida-alohida izohlang: 

a.  Yacheyka (ячейка; cell); 

b.  Jadval (таблица; table); 

c.  Varaq (лист; page); 

d.  Ish kitobi (рабочая книга; workbook). 

2.  Quyidagi jadvalni to‘ldiring: 

 

Ustunlar 



soni 

Satrlar 

soni 

Yacheykalar 

soni 

MS Excel 2003 

 

 

 



MS Excel 2007 

 

 



 

MS Excel 2010 

 

 

 



MS Excel 2013 

 

 



 

 

3.  Quyidagilarni amalda bajarib ko‘rsating: 



a.  Oxirgi ustunga tez borish va birinchi ustunga qaytish. 

b.  Oxirgi satrga tez borish va birinchi satrga qaytish. 

c.  Istalgan yacheykaga tez borish. 

d.  Aynan o‘rtadagi satr, o‘rtadagi ustun va o‘rtadagi yacheykaga tez borish. 

4.  A,  B  va  C  ustunlarda  ma’lumot  bor.  B  ustundagi  ma’lumotlar  ko‘rinmas  holatda 

yashirilsin. 

 

 

Avvalgi holat 



Keyingi holat 

 

5.  A1,  A2  va  A3  satrlarda  ma’lumot  bor.  A2  satrdagi  ma’lumotlar  ko‘rinmas  holatda 



yashirilsin. 

 

 

Avvalgi holat 



Keyingi holat 

 

 

6.  A1  yacheykaga  4,  B1  yacheykaga  6  va  C1  yacheykaga  8  soni  yozilsin.  Bu 

yacheykalar belgilab olinib, quyidagi diagrammalar hosil qilinsin: 

                                   

 

                                 Gistogramma ko‘rinishi                                                           Doiraviy 

diagramma 

 

 



Trubaviy diagramma 

 

NAZARIY QISM 

 

Elektron  jadvallarni  qayta  ishlashda  jadval  protsessorlarining  funksional 



imkoniyatlaridan  optimal  foydalanish.  Elektron  jadval  deganda,  jadval  ko‘rinishida  berilgan 

ma’lumotlarni kompyuterda dasturli qayta ishlashga mo‘ljallangan amaliy dastur tushuniladi. 

 

Elektron  jadvallarning  asosiy  vazifasi  ma’lumotlarni  jadval  ko‘rinishida  tasvirlash  va 



qayta ishlash bo‘lib, birlamchi vazifasi hisob-kitoblarni avtomatlashtirishdir. 

 

Elektron  jadvallar  qo‘llanilayotgan  sohalar  juda  ko‘p.  Masalan:  moliya,  buxgalteriyaga 



oid (xususan, ish haqini hisoblash), har xil iqtisodiy, texnik hisoblar, kundalik, xo‘jalik mollari 

va mahsulotlarni sotib olish hisoblari va hokazolar. 



 

Elektron  jadvallar  beradigan  imkoniyatlar  dasturlarning  turlariga  bog‘liq  bo‘lib,  asosan, 

quyidagilardan iborat: 

 

– ma’lumotlarni jadval ko‘rinishida tasvirlash va ko‘rinishini o‘zgartirish; 



 

– jadval elementlarini formatlash; 

 

– formulalardan foydalanish (hisob-kitoblarni avtomatlashtirish); 



 

– yacheykalarni avtomatik to‘ldirish; 

 

– standart funksiyalar majmuidan foydalanish; 



 

– ma’lumotlarni izlash va almashtirish; 

 

– ma’lumotlar asosida turli ko‘rinishda shakllar hosil qilish va tahrirlash; 



 

– ma’lumotlar bazasini hosil qilish va uning ustida amallar bajarish. 

 

Birinchi  elektron  jadval  dasturi  VisiCalc  (Visible  calculator  –  ko‘rinayotgan  kalkulator) 



nomi bilan Den Briklin va Bob Frenkston tomonidan 1979-yilda ishlab chiqilgan. Undan keyin 

kompyuterlarning  turlari  va  vazifasiga  qarab  SuperCalc,  Multiplan,  Framework,  Simphony, 

Works, 1C-Buxgalteriya, Master, MS Excel  va  boshqalar  ishlab chiqarilgan  va takomillashtirib 

borilmoqda. 

 

Dastlabki  versiyasi  1994-yilda  Microsoft  kompaniyasi  tomonidan  ishlab  chiqarilgan  va 



takomillashtirib  borilayotgan  Excel  dasturi  hozirgi  kunda  eng  ommalashgan  jadval 

protsessoridir. 



 

MS  Excel  elektron  jadval  protsessori.  MS  Excelda  tayyorlangan  har  bir  hujjat 

(ma’lumotli jadval) Windowsda qabul qilingan ixtiyoriy nom va .xls yoki .xlsx kengaytmalardan 

iborat fayl bo‘ladi. Excelda odatda bunday fayl “Ish kitobi” (Книга) deb yuritiladi. 

 

MS  Excelning  asosiy  ish  sohasi  bu  –  Ish  kitobi  bo‘lib,  u  “Лист”  deb  ataluvchi  ish 



varaqlaridan tashkil topgan. 

 

Har bir ish varag‘i Лист1, Лист2, ... nomlar bilan atalgan bo‘lib, ular jadvalning pastki 



qismidagi yorliqchalarda ifodalangan. 

 

Foydalanuvchi  bu  nomlarni  xohlaganicha  o‘zgartirishi  mumkin.  Buning  uchun  shu 



nomlar  yozilgan  yorliqlarni  sichqoncha  yordamida  tezda  ikki  marta  tanlash  kerak.  Shundan 

so‘ng yangi nomni terish mumkin. 

 

Excel  ish  varaqlari  butun  sonlar  bilan  tartiblangan  satrlar  va  lotin  alifbosining  bosh 



harflari bilan belgilangan ustunlarning kesishmasida joylashgan yachekalar to‘plamidan iborat. 

 

Har bir yacheyka o‘z nomiga (yoki adresiga) ega bo‘lib, u satr va ustun nomlarining 



konkatenatsiyasi bilan aniqlanadi, masalan, A ustun bilan 7-satrning kesishmasi – A7 

yacheykasidir. 

 

Agar  yacheykalarning  adreslariga  murojaat  qilinadigan  bo‘lsa,  ustun  nomlari  albatta 



ingliz alifbosida kiritilishi kerak. Bunda katta va kichik harflar farqlanmaydi. 

 

Excelda  formulalar  satri  deb  atalgan  maxsus  satr  mavjud  bo‘lib,  bu  satrda  ketma-ket 

quyidagi  obyektlar  joylashgan:  yacheyka  uchun  “Имя”  nomli  nom  maydoni;  kiritilayotgan 

formulani  bekor  qilish  uchun  “Отмена”  tugmasi;  formula  kiritishni  tasdiqlovchi  “Ввод” 

tugmasi;  formula  uchun  zarur  bo‘lgan  funksiyani  qo‘yish  uchun  “Вставить  функцию”  nomli 

tugma hamda formula satrining o‘zi. 

 

Bunda nomlar maydonida jadval ko‘rsatkichi joylashgan yacheykaning adresi yoki nomi 



ifodalanadi. Bu yerda adres deganda shu yacheykaning ustun va satr nomlari orqali ifodalanishi 

tushiniladi. Nom deganda  foydalanuvchi tomonidan  biror yacheyka  yoki  yacheykalar guruhiga, 

adresni  ifodalamaydigan  ixtiyoriy  nom  qo‘yilishiga  aytiladi.  Ayrim  masalalarni  hal  qilishda 

yacheyka  yoki  yacheykalar  guruhining  adresi  bilan  ishlash  noqulay  bo‘lib  qoladi  va  shuning 

uchun  ularni  tushunarli  bo‘lishini  ta’minlash  maqsadida  nomlar  orqali  ifodalaydilar.  Adres 

o‘rniga  nom  qo‘yish  uchun  biror  yacheyka  yoki  yacheykalar  guruhi  ajratilgach,  nomlar 

maydonidagi adres sichqoncha yordamida tanlanadi va Exceldagi adreslardan farqli nom teriladi, 

so‘ngra Enter klavishasi bosiladi. 

 

Formulalar  maydonida  yacheykadagi  ma’lumot  yoki  formula  ifodalanadi.  Yacheykada 



esa odatda formula yordamida bajarilgan hisob natijasi ifodalanadi. Yacheyka ichidagi ma’lumot 

yoki formulalarga bu maydonda o‘zgartirishlar kiritish mumkin. 

 

Har  bir  yacheykaka  son,  matn  yoki  formula  tarzidagi  ma’lumotlar  kiritiladi.  Ularning 



kiritilishi tartibi bilan tanishib chiqamiz. 

 

Son  –  ishorali  yoki  ishorasiz  butun  hamda  haqiqiy  sonlar.  Haqiqiy  sonlar  o‘nli  kasr 

ko‘rinishida kiritilib butun va kasr qismlari orasiga “,” (vergul) belgisi qo‘yiladi. Ba’zan haqiqiy 

sonlar  juda  katta  yoki  juda  kichik,  ya’ni  nolga  yaqin  bo‘lishi  mumkin,  bunday  hollarda  ular 

eksponensial ko‘rinishda tasvirlanadi. Masalan: 

 

Butun sonlar: 0; 1266; 2008; +129 



 

Haqiqiy sonlar: –0,09; 1,205; +255,1; 

 

Eksponensial  ko‘rinishdagi  sonlar:  1,00E+09  (aslida  1 000 000 000);  1,20E-07  (aslida 



0,00000012). 

 

Har  qanday  son  yacheykaka  to‘g‘ri  kiritilsa  yoki  yacheykada  biron  hisoblash  natijasi 



ifodalansa, u yacheykaning o‘ng chetiga surilib qoladi. 

 

Formula  –  “=”  belgisi  bilan  boshlanadigan  har  qanday  ma’lum  qoida  asosida  yozilgan 

ifoda.  Masalan,  A1  yacheykasiga  “=S4”  ifoda  kiritilgan  bo‘lsa,  demak,  S4  yacheykasidagi 

ma’lumot A1 yacheykasida ham ifodalanishini bildiradi. 

 

Matn  –  son  va  formuladan  farqli  bo‘lgan  ixtiyoriy  belgilar  ketma-ketligidan  iborat 

ma’lumot.  Bunday  ma’lumot  kiritilganda,  ular  yacheykaning  chap  chegarasiga  taqalib 



ifodalanadi.  Ayrim  hollarda  sonlarni  ham  matn  sifatida  tasvirlash  kerak  bo‘lib  qoladi.  Buning 

uchun sonni kiritishni apostrof belgisi bilan boshlash kerak. 

 

Odatda  yacheykaka  kiritilayotgan  matn  faqat  bitta  satr  ko‘rinishida  kiritiladi.  Bu  esa 



masalan,  uzun  ma’lumotlar  kiritishda,  jadval  sahifasida  ma’lumotlarning  noqulay  joylashuviga 

sabab  bo‘ladi.  Shuning  uchun  bitta  yacheykaka  bir  necha  satrli  yozuvlar  kiritish  uchun 

Alt + Enter klavishlar kombinatsiyasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 

 

Excelni  ishga  tushirganda  odatda  ish  sahifasining  A1  yacheykasida  jadval  ko‘rsatkichi 



(табличный  курсор)  deb  atalgan  qalinroq  ramkaga  olingan  to‘rtburchak  shaklidagi  element 

paydo bo‘ladi. Uning vazifasi ma’lumot kiritiladigan va tahrirlanadigan joriy yacheykani ajratib 

turishdan iborat.  

 

Odatda  Excelda  ma’lumotlarning  adreslari  nisbiy  bo‘lib,  ular  ishtirokida  yaratilgan 



formulalar  vertikal  yoki  gorizontal  siljitilganda  adreslari  ham  parallel  ravishda  ko‘chadi,  ya’ni 

yangi adreslar ustida ham shu formula ta’sirida hisoblashlar bajariladi. 

 

Ba’zan  maqsadga  erishish  uchun,  formulani  siljitganda  ham  ayrim  qiymatlarni 



siljitmaslikka to‘g‘ri keladi. Buning uchun siljimasligi kerak bo‘lgan yacheyka adresini absolyut 

adresli qilib qo‘yish kerak. 

 

Absolyut  adresbelgisi  sifatida  “$”  belgi  qabul  qilingan.  Agar  ustun  siljimas  qilinishi 



kerak bo‘lsa, u holda ustun nomi oldiga $ belgisi qo‘yiladi, masalan: $S9, $AV2008. Agar satr 

siljimas  qilinishi  kerak  bo‘lsa,  u  holda  satr  raqami  oldiga  $  belgisi  qo‘yiladi,  masalan:  D$15, 

AC$105. Agar yacheyka siljimas qilinishi kerak bo‘lsa, u holda ham ustun nomi oldiga, ham satr 

raqami  oldiga  $  belgisi  qo‘yiladi,  masalan:  $F$22,  $A$10.  Buning  boshqa  bir  usuli  –  shu 

yacheyka adresini nom bilan almashtirib qo‘yish ham mumkin. 

1. MS Excel dastur oynasi 

 

Windowsda asosan 3 xil oynadan foydalaniladi:  dastur oynasihujjat oynasi  va muloqot 



oynasi. Windows asosida ishlovchi amaliy dasturlar uchun ham xuddi shu interfeys o‘rinli. 

 

Tushunish  oson  bo‘lishi  uchun  ishni  MS  Excel  2003  dastur  oynasi  bilan  tanishuvdan 



boshlaymiz. 

 

Odatga  ko‘ra,  dastur  oynasini  bir  nechta  gorizontal  panellarning  satrma-satr 

joylashtirilgan to‘plami deb qarash mumkin. 

 


 

 

 



Birinchi  satrda  turgan  panelda  har  doim  hoshiya  aks  ettiriladi  va  bu  hoshiyada  dastur 

nomi, dasturning tizim menyusi hamda dastur oynasini boshqarish tugmalari joylashgan bo‘ladi. 

 

 



 

Ikkinchi satr – menyu satri deb ataladi. Har bir amaliy dasturning o‘z xususiy menyusi 

bor. 


 

Keyingi bir yoki ikkita (balki ko‘proq) satrda instrumentlar paneli joylashadi. 

 

Keyingi satr hujjat oynasiga ajratilgan. 



 

Oxirgi satr esa holat satri deb ataladi. Holat satri har doim eng oxirgi satr sifatida qoladi. 

Agar birorta satr qo‘shish kerak bo‘lsa, qo‘shiladigan satr holat satridan bitta oldinda joylashadi. 

 

2. MS Excel hujjat oynasi  

 

MS Excelning hujjat oynasi ish kitobi



1

 deb yuritiladi. Foydalanuvchi jadvalli ma’lumotlar 

bilan ishni shu hujjat oynasida, ya’ni shu ish kitobida olib boradi. 

 

MS  Excel  ishga  tushirilganda  birinchi  bo‘lib  ochiladigan  ish  kitobi  avtomatik  ravishda 



“Книга1” deb nomlangan bo‘ladi.  

 

Ish  kitobi  “Varaq”  (Лист)  lar  to‘plamidan  iborat  bo‘ladi  (odatda  3  tagacha:  Лист1, 



Лист2, Лист3). 

                                                

1

 Ing.: Workbook; rus.: Книга 



 

Varaqlar esa yacheykalar to‘plamidan iborat. 

 

 

Yacheyka nima? 



 

Excel  varaqlari  jadval  ko‘rinishida  tashkil  etilgan  bo‘lib,  bu  jadvalning  har  bir  katagi 



yacheyka deb ataladi. 

 

Boshqacha  aytganda,  yacheyka  bu  –  jadval  ustuni  hamda  satri  kesishmasida  turgan 



obyektdir. 

 

MS Excel bilan ishlashda yacheyka  manzili  juda muhim element hisoblanadi. Yacheyka 



manzili avval ustun nomi, keyin satr nomerining ketma-ket yozilishidan hosil qilinadi, masalan, 

A1 – bu A ustun va 1-satr kesishmasida turgan birinchi yacheykadir. 

 

Ustun nomi lotin harflari yordamida, satr nomeri esa natural sonlar yordamida beriladi. 



 

MS  Excel  2003  dagi  oxirgi  ustun  (IV)  va  oxirgi  satr  (65536)  dan  IV65536  yacheyka 

manzilini hosil qilish mumkin. 

 

Bu  yerda:  256  ta  ustun  va  65536  ta  satr  orqali  jami  yacheka  sonini  bilish  mumkin: 



256*65536=16 777 216 ta yacheyka mavjud ekan. 

 

 



Savol 1: MS Excel 2010 va MS Excel 2013 da nechta yacheyka mavjud? 

 

Versiya 



Soni 

Ustun 

Satr 

Yacheyka 

MS Excel 2003 

256 

65 536 


16 777 216 

MS Excel 2010 

16 384 

1 048 576 



17 179 869 184 

MS Excel 2013 

16 384 

1 048 576 



17 179 869 184 

 

 



Oxirgi ustunga borish: [End] – []; 

 

Oxirgi satrga borish: [End] – [↓]. 



 

 

TMI 2: Aynan o‘rtadagi satr, o‘rtadagi ustun va o‘rtadagi yacheyka qanday topiladi? 

 

3. Yacheykalarning absolut va nisbiy adreslari 

 

Ustun - absolut, satr - nisbiy 



$A2 

Ustun - nisbiy, satr - nisbiy 

A2 

Ustun - nisbiy, satr - absolut 



A$2 

Ustun - absolut, satr - absolut 

$A$2 


 

4. Yacheykalar bo‘ylab harakat 

 

[Tab] – chapdan o‘ngga qarab yacheykalar aro kursor ko‘chishi; 



 

[Shift] + [Tab] – o‘ngdan chapga qarab yacheykalar aro kursor ko‘chishi; 

 

[Enter] – yuqoridan quyiga tomon yacheykalar aro kursor ko‘chishi; 

 

[Shift] + [Enter] – quyidan yuqori tomon yacheykalar aro kursor ko‘chishi. 

 

5. O‘nta yacheykada 1 dan 10 gacha sonlarni hosil qilish 



1-usul: 

1) A1 yacheykaga 1 yoziladi;  

2) A2 yacheykaga esa "=A1+1" formula yoziladi; 

3) A2 yacheyka qiymati A10 ga qadar nusxalanadi. 



 

2-usul: 

1) A1 yacheykaga 1 yoziladi;  

2) A2 yacheykaga 2 yoziladi;  

3) Hudud belgilanib, quyiga tomon tortiladi. 

 

6. MS Excel elementlarining nomlanishi 

 

№ 



Nomi (Uz) 

Nomi (Ru) 

Nomi (En) 

Ish kitobi 



Книга 

Workbook 

Varaq 


Лист 

Page 


Yacheyka 

Ячейка 

Cell 


Ustun 


Столбец 

Column 


Satr 


Строка 

Row 


Jadval 


Таблица 

Table 


 

7. Matematik funksiyalar bilan ishlash 

Iqtisodiy masalalarni yechish 

1.  Sonning foizini (%) topish. 

1-usul: 

1) A1 yacheykaga [NUM] yoziladi;   

2) A2 yacheykaga esa "=A1*10%" formula yoziladi (% bu simvol klaviaturada -Shift+F5); 


3) A2 yacheyka qiymatiga A1 yacheykaning (sonning) foizini chiqadi. 

2-usul: 

1) A1 yacheykaga [NUM] yoziladi; 

2) A2 yacheykaga esa "=A1*10/100" formula yoziladi; 

3) A2 yacheyka qiymatiga A1 yacheykaning (sonning) foizini chiqadi. 



 

 

Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar 

1.  Ketma-ket  kelgan  10  ta  yacheykadagi  sonli  ma’lumotlar  ustida  quyidagi  amallar 

bajarilsin: 

a.  qo‘shish (x1 + x2+ … + x10); 

b.  ko‘paytirish (x1 * x2 * … * x10); 

c.  eng kattasi va eng kichigini aniqlash (max[x1:x10] ва min[x1:x10]; 

2.  Berilgan haqiqiy sonning butun va kasr qismini aniqlash: 

3. 


.

7

,



0

}

7



,

2

{



;

2

]



7

,

2



[



 

4.  Quyidagi ikki xil fragment shakllantirilsin (1-a, b rasmlar): 

 

5. 


                 

 

1.  1-а расм                                                        1-б расм. 

 

6.  Quyidagi funksiya qiymatini hisoblovchi formula yozilsin: 



7. 





0



,

0

),



ln(

x

агар

x

x

агар

x

y

 

8.  Ushbu 



4

2



 x

y

  funksiyaning 

]

5

;



5

[

  oraliqdagi 



1



x

  qadam  bilan olingan qiymatlari 

aniqlansin va grafigi chizilsin. 

 

Nazorat uchun savol va topshiriqlar: 

1.  Elektron jadval deganda nima tushuniladi? 

2.  Elektron jadvallarning asosiy vazifasi? 

3.  Elektron jadvallar beradigan imkoniyatlar? 

4.  Elektron jadvallar bilan ishlovchi dasturiy vositalar. 

5.  MS Excel va uning imkoniyatlari haqida qisqacha ma’lumot. 



 

Adabiyotlar: 

1.  Aripov M. Informatika va hisoblash texnikasi. T. 2001. 

2.  G‘ulomov S.S., Shermuxammedov A.T., Begalov B.A. Iqtisodiy informatika. – T.: 

O‘zbekiston, 1999. 

3.  Raxmonqulova S.I. IBM PC shaxsiy kompyuterida ishlash. – T.: Sharq, 1997. 

4.  Алексеев Е.Г., Богатырев С.Д. Информатика. (Мультимедийный электронный 

учебник). 

5.  Левин А. Самоучитель работы на компьютере. – СПб.: Питер, 2002. 

6.  Платов А.Ю. Введение в информатику. (Электронный вариант). 

 

 



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling