3-Amaliy mashg’ulot. Pythonda istisno xolatlar bilan ishlash. Istisnolar (Exceptions)


Download 389.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana06.04.2023
Hajmi389.91 Kb.
#1335884
  1   2   3   4
Bog'liq
python fanilli



3-Amaliy mashg’ulot.Pythonda istisno xolatlar bilan ishlash. 
 
Istisnolar (Exceptions) 
Ba'zan dastur ishlashi davomida istisno holatlar yuzaga kelishi mumkin. Misol uchun, 
mavjud bo'lmagan faylni o'qishga bo'lgan harakat yoki dasturdagi no'malum 
buyruqlar. Bunday holatlar exception'lar yordamida hal qilinadi. 
Xatoliklar 
Agar biz print funksiyasini Print shaklida chaqiradigan bo'lsak, python interpretatori 
bizga sintaksis xatolikni ko'rsatadi. 
>>> Print("Salom dunyo") 
Traceback (most recent call last): 
File "", line 1, in  
NameError: name 'Print' is not defined 
>>> print("Salom dunyo") 
Salom dunyo 
E'tibor bergan bo'lsangiz, NameError xatoligi chiqarildi hamda qayerda shu xatolik 
qayd qilingani ham ko'rsatildi. Bu holda xatoliklarni qayta ishlovchisi harakatga 
tushadi. 
Exception'lar 
Foydalanuvchidan nimadir kiritishini so'raymiz, so'ngra Ctrl + d tugmalarini bosamiz 
va nima bo'lishini kuzatamiz. 
>>> s = input("Nimadir kiriting –> ") 
Nimadir kiriting –> Traceback (most recent call last): 
File "", line 1, in  
EOFError 
Python EOFError nomli xatolikni chiqardi. Bu xatolik kutilmagan joyda (Ctrl + 
dtugmalari yordamida kiritiladigan) fayl oxiri (end of file) belgisi qayd qilinganini 
bildiradi. 
Exception – istisnolarni qayta ishlash 
Exception'larni try . . except operatori yordamida qayta ishlash mumkin. Bunda 
hamma odatiy buyruqlar try blokiga joylashtiriladi, istisnolarni qayta ishlovchilari 
esa except blokiga joylashtiriladi. 



Download 389.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling