3-Amaliy mashg’ulot. Sitoplazma organoidlari -endoplazmatik toʻr, ribosoma, golji apparati, lizosoma, sentrasoma, mitoxondriya va plastidalarning tuzilishi


Download 1.23 Mb.
bet1/4
Sana10.04.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1349333
  1   2   3   4
Bog'liq
Sitoplazma organoidlari-endoplazmatik to\'r, ribosoma, Golji apparati, lizasoma, sentasoma, mitoxondriya va plastidalarning tuzilishi


3-Amaliy mashg’ulot. Sitoplazma organoidlari -endoplazmatik toʻr, ribosoma, golji apparati, lizosoma, sentrasoma, mitoxondriya va
plastidalarning tuzilishi.


Mashg’ulotdan maqsad: Endoplazmatik toʻr, peroksisoma, sferasomalar, Golji apparati va lizosomalarning tuzilishi va funksiyasini oʻrganish.
Mashg’ulot uchun kerakli jihozlar: kompyuter texnologiyasi, proektor, plakatlar va slaydlar
Mashg’ulotning mazmuni: endoplazmatik toʻrning ikki turi farq qilinadi:
1) Granulyar yoki dag‘al.
2) Silliq endoplazmatik toʻrlar.
Endoplazmatik toʻr membranasining kimyoviy tarkibi bioximik analiz orqali aniqlandi. Uning tarkibida oqsillar va lipidlar mavjud. Undan tashqari bir qancha fermentlarga, masalan, ATF – azaga ega.
Hujayraning asosiy tuzilmasi
Bu organoid barcha oʻsimlik va hayvon hujayralarida topilgan, ammo bakteriyalarda bor-yoʻkligi aniq emas.
Granulyar endoplazmatik toʻrning oqsil sintezida ishtirok etishi aniq isbot etilgan. Sillik endoplazmatik toʻr membranalarida glikogen va lipidlar sintezlanishi aniqlangan.
Endoplazmatik toʻrning har ikkala xilining kanallarida, vakuollarida va sisternalarida sintez mahsulotlaridan oqsillar, yog‘lar va glikogenlar toʻplanadi.


Hozirgi vaqtgacha endoplazmatik toʻrning qaysi materialdan hosil boʻlishi aniqlanmangan. Ammo, bu organoidni tashqi sitoplazmatik membrana bilan yakindan aloqada ekanligi ana shuning hisobiga yoki yadro bilan yakindan aloqada boʻlgani uchun uning membranasi hisobiga endoplazmatik toʻr membranasi hosil boʻlsa kerak deb taxminlash mumkin. Bu taxminni quyidagi analiz tasdiqladi. Bug‘doyning endospermasini elektron mikroskopik tekshirishda uning hujayralarida yadroning membranasi haltasimon oʻsimtalar hosil qilishi aniqlandi, undan esa endoplazmatik toʻrning sisternalari hosil boʻladi.


Qisqacha sharx

  • Bir biriga bog‘langan naychalar, pufaklar va qopchalar tarmog‘i.

Funksiyalari:

  • sitoplazmaning ustki qavatini qalinlashtiradi.

  • sitoplazmada ichki barqarorlikni ta’minlaydi.

  • metabolik mahsulotlar sintezi, saqlanishi va koʻchib oʻtishida qatnashadi.

  • hujayrada oqsil va steroidlarning sintezi, glikogen hosil qilish va saqlash hamda membrana oqsillarini joylashtirish kabi funksiyalarni bajaradi.


Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling