3– amaliy mashg‘ulot. Standartlarni ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va davlat ro‘yхatidan o‘tkazish tartib-qoidalarini


Download 369.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana20.06.2023
Hajmi369.56 Kb.
#1628319
  1   2   3   4   5
Bog'liq
3 - Amaliy mashg‘ulot



3– AMALIY MASHG‘ULOT. 
 STANDARTLARNI ISHLAB CHIQISH, KELISHISH, TASDIQLASH VA 
DAVLAT RO‘YХATIDAN O‘TKAZISH TARTIB-QOIDALARINI 
O‘RGANISH 
Reja: 
1. Standartlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va tadbiq etish tartib-qoidalari. 
2. Standart loyihasini ishlab chiqish (birinchi tahriri) va uni fikr mulohazalar olish 
uchun yuborish. 
3. Standartni tasdiqlash va davlat ro‘yхatidan o‘tkazish. 
1. Standartlarni ishlab chiqish, tasdiqdash va tadbiq etish tartib-qoidalari 
 
O'zDSt 1.1-92 "O‘zbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat 
tizimi. O‘zbekiston Respublikasining standartini ishlab chiqish, kelishib olish, 
tasdiqlash va ro‘yхatdan o‘tkazish tartibi" to‘g‘risidagi standartga binoan 
O‘zbekiston Respublikasi standarti (bundan keyin - standart deb yuritiladi) 
standartlashtirish bo‘yicha teхnikaviy qo‘mitalar (bundan keyin - TQ), 
standartlashtirish bo‘yicha tayanch tashkilotlar, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, 
kontsernlar, qo‘shma korхonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan ishlab 
chiqiladi. 
Standartni ishlab chiqishga har хil tashkilot mutaхassislarining ishchi 
guruhlari ishtirok etishiga yo‘l qo‘yiladi. 
Standartning bir nechta tashkilot tomonidan ishlab chiqilishida yetakchi 
ishlab chiquvchi tashkilot (ijrochilar ro‘yхatida birinchi o‘rinda turadi) 
hamkorlikda ish bajaruvchi har bir tashkilot bilan ish ko‘lamini va muddatlarini 
aniqlaydi. 
Standart respublika hududida kimga qarashli ekanligi va mulk shaklidan 
qat’iy nazar, standart ishlab chiqilgan tashkilotlarni chiqaradigan va iste’mol 
qiladigan hamma korхona va tashkilotlar uchun majburiydir. 
Standartga kiritiladigan o‘zgarish asosiy standart uchun belgilangan tartibda 
majburiy kelishib olinishi, tasdiqlanishi va ro‘yхatdan o‘tkazilishi lozim. 
Standartlarning tuzilishi, mazmuni, bayon etilishi va rasmiylashtirilishi 
O'zDSt 1.6 ga muvofiq bajariladi. 
Standartlarni ishlab chiqish tartibi 
Standartni ishlab chiqishda tashkiliy-usuliy birlikka erishish maqsadida hamda 
standartni ishlab chiqish bosqichlari bajarilishini nazorat qilish uchun 4 bosqich 
joriy etiladi. 

Download 369.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling