3. Exinokoklar Yassi chuvalchanglarni kelib chiqishi va evolyusiyasi
Download 36 Kb.
|
1426072955 60437
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.Yassi chuvalchanglarni kelib chiqishi va evolyusiyasi.
Tasmasimon chuvalchanglar yoki gijjalar. (Yestoidea) sinfi. Reja:
1.Tasmasimon chuvalchanglar yoki gijjalar sinfi. 2.Mol gijjasi (Qoramol solityori)ning tuzilishi va hayoti. 3.Exinokoklar 4.Yassi chuvalchanglarni kelib chiqishi va evolyusiyasi. 1 Tasmasimon chuvalchanglar yoki gijjalar sinfi. Gijjalar uzun tasma (kamar)ga о‘xshaganligidan shu nom bilan atalgan. Entoparazitlikka tо‘la moslashgan. Bu chuvalchanglarda og‘iz va hazm organlari yo’qolgan tanasi boshcha yoki skoleks, bо‘yin va strobila (proglotidlar) deb nomlanuvchi qismlardan tuzilgan, kо‘pchiligi ikkilamchi oraliq xо‘jayin orqali tarqalib nasl tarqatadi. Qо‘sh jinsli. Jinsiy organlari kuchli taraqqiy etgan. Voyaga yetgan gijjalar hamma umurtqali hayvonlarda va odamning turli organlarida hayot kechirsa, lichinkalari umurtqasiz hayvonlarda kо‘pincha baliqlar, qushlar va sut emizuvchilarda rivojlanib, shular vositasida tarqaladi. 100 dan oshiq vakillari chorva mollari va inson tanasida parazitlik qilib xalq salomatligi, chorvachilikka katta zarar yetkazadi. 2 Mol gijjasi (Qoramol solityori)ning tuzilishi a hayoti. Voyaga yetgan mol gijjasi odamning ingichka (odamning) ichagida boshchasidagi sо‘rg‘ichlari yordamida ichak devoriga yopishib hayot kechiradi. Gijjaning tasmasimon oqish tanasi 10-30 m ga borib, ingichkalashgan oldingi tomonining uchida kichkinagina boshcha yoki skoleks, uning ustki qismida esa yuqoriga yo’nalgan sо‘rg‘ichlari bо‘ladi. Boshcha bо‘yin bilan tutashgan. Bо‘yin qismining doimiy rivojlanishi natijasida strobila yetishadi. Strobila turli hajmdagi proglotidlardan tuzilgan. Bо‘yindan pastga tushgan sari proglotidlar yiriklasha boradi. Strobilaning eng pastki qismida esa yirik (1,5 – 2 sm)li yetilgan proglotidlar joylashgan. Bu yetilgan proglatidlar vaqti-vaqti 1 ta 2 tadan uzilib turadi. Yetilgan 1 ta proglatidda 250 0000 tagacha urug‘langan tuxum bо‘ladi. Gijja tanasining usti-qalin kutikula qavati bilan qoplanib, u teri-muskul haltasi bilan tutashgan. Gijjaning hazm organlarining yo’qolganligi uchun ichakda oson hazm bо‘ladigan oziqni terisi bilan shilib oziqlanadi. Jinsiy organlari – Gijjalarning jinsiy organlarini faqatgina “о‘rta” proglatidlarda kо‘rish mumkin. Urug‘ yo’li bilan tuxum yo’li ootipda birlashadi, ootip bachadonga ochiladi. Shu xilda tuzilgan jinsiy organlar har bir о‘rtacha proglatidda alohida bо‘lib, gijjalar jinsiy organlarining naqadar kо‘p va kuchli rivojlanganini kо‘rsatadi. Rivojlanishi va tarqalishi - Gijja tuxumining rivojlanishi proglatiddagi bachadonda boshlanib, natijada 6 tirnoqli onkosfera lichinkasi yetishadi. Lekin uning sо‘nggi rivojlanishi oraliq xо‘jayin – qora mollarning tanasida kechadi. Odamning ahlati bilan tashqariga chiqqan – yetilgan proglatidlar ichidagi tuxumlar tuproq yoki xashakka ilashib molning hazm organlariga о‘tadi va ichakda tuxum qopqoqchasi ochilib undan onkosfera ochilib chiqadi. Onkosferalar tirnoqchalari yordamida ichak devorlarini teshib qonga о‘tadi va qon oqimi orqali molning bosh, kо‘krak muskullari orasiga kelib tо‘xtaydi (tuxum boshqa odam yoki hayvonga о‘tsa rivojlanmaydi). Bu yerda onkosfera tirnoqchalari yo’qoladi kattaligi moshga keladigan pufakcha “finna”ga aylanadi. Finna devori ichida (suyuqlik bilan tо‘lgan) 4 ta sо‘rg‘ichli bosh yetishadi. Bu bо‘lg‘usi gijjaning boshidir. Mana shunday finnalar saqlovchi mol gо‘shti “finnoz gо‘sht” yaxshi pishirilmasdan iste’mol qilinsa odamga yuqadi. Odam oshqozoni, ichagida finnadan boshcha va bо‘yin chiqib, 15-20 kunda voyaga yetadi va katta gijjaga aylanadi. 3 Exinokoklar. Exinokoklar voyaga yetgan davrida it, tulki va bо‘ri kabi yirtqich hayvonlarning ichagida parazitlik qiladi. Juda mayda (0,3 – 06 sm) kо‘rinishi tasmasimon. Tanasi 4 sо‘rg‘ichli skoleks bо‘yin va 6 ta proglatiddan iborat. Exinokoklarning tuxumi oraliq xо‘jayini- qо‘y, qoramol, tuya va ot kabilarning tanasida rivojlanib nasl tarqatadi. Ularning tuxumi odamda ham rivojlanib, juda xavfli exinokokkoz kasalini qо‘zg‘atadi. О‘txо‘r hayvonlar exinokok tuxumini yem-xashak orqali yutib yuboradi. Tuxumdan chiqqan onkosfera qon bilan harakat qilib hayvonning ichki organlarida jigarda “finna” (exinokok) pufagi hosil qiladi. Suyuqlik bilan tо‘lgan va qalin pardadan iborat bu pufak ichidan kurtaklanib bir nechta yosh pufakchalar yetishadi. Bularning ba’zilarida 3-4 tadan bо‘lg‘usi chuvalchang bо‘ladi. Exinokok pufagi olmadek, futbol tо‘pidek, hatto tarvuzdek undan katta ham bо‘lishi mumkin, ba’zi mollarda 60 kg og‘irlikkacha о‘sadi. Bundan tashqari tasmasimon chuvalchanglarni chо‘chqa gijjasi, serbar gijja, qо‘y miyachaisi, kamar chuvalchang (ligula), pakana gijja kabi turlari odam va hayvonlarda parazitlik qilib turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Bularga qarshi profilaktika choralarini qо‘llash maqsadga muvofiq bо‘ladi. 4.Yassi chuvalchanglarni kelib chiqishi va evolyusiyasi. Kо‘pchilik zoologlar, jumladan, Graf va atoqli rus zoologi V. N. Beklemishevning aniqlashicha turbellariyalar sinfining vakllari о‘rtasida dengizda yashovchi ichaksiz kiprikli chuvalchanglar eng sodda tuzilgani hisoblanadi. Mazkur olimlar kipriklilarning taroqlilarga о‘xshashligini aniqladilar. Ularning fikricha taroqlilar va ichaksiz turbellariya kovak ichaklilarning qadimgi planula tipidagi kiprikli avlodlaridan payda bо‘lgan (I. I. Mechnikovning paranxemilla faraziyasi ham shu fikrga yaqindir). Trematodalar kо‘p jihatdan turbellariyalarga о‘xshaydi. Binobarin, ular mazkur kiprikli chuvalchanglarning qadimgi avlodlarini parazitlik hayotga о‘tishi natijasida kelib chiqqanligiga shubha yo’q.. Lekin, ular, juda uzoq davom etgan evolyusiya natijasida ektoparazitlikdan ichki organlarda yashashga va ikkinchi oraliq xо‘jayin vositasida rivojlanish va tarqalishga moslashgan bо‘lishi ehtimol. Rus zoologi akademik Bixovskiyning tekshirishlari natijasida monogenenoidlar (kо‘p sо‘rg‘ichlilar)ning trematodalardan boshqacha rivojlanganligini va ularni tasmasimon yassi chuvalchanglar – tsestodalarga yaqin turganligi kо‘rsatdi. Aftidan, ular qadimgi turbellariyalarning avlodlaridan mustaqil ravishda kelib chiqqan. Tasmasimonlar (tsestodalar) garchi embrion rivojlanishi va lichinka tuzilishi jihatidan monogenoidlar – kо‘p sо‘rg‘ichlilarga о‘xshash bо‘lsa ham ularning tuzilishida yuqoridagi sinflardan keskin faqlanadigan belgilar kо‘p. Shularga asoslanib ba’zi zoologlar hatto, tsestodalarni alohida tip deb hisoblashni takliq etadi. Har holda tsestodalar ham turbellariyalarning qadimgi avlodlaridan mustaqil ravishda kelib chiqqan deb hisoblash kerak. Rus zoologi S. V. Averintsev ham shu fikrda bо‘lgan. Download 36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling