3-laboratoriya ishi. Mavzu: Macromedia Flash mx dasturida matnlar bilan ishlash. Ishning maqsadi


Download 10.44 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi10.44 Kb.
#1538935
Bog'liq
lab-3


3-laboratoriya ishi.
Mavzu: Macromedia Flash MX dasturida matnlar bilan ishlash.
Ishning maqsadi:
Macromedia Flash dasturi animatsiya yaratishda dunyoda keng qo’llaniladigan dastur. Bu dasturda ishlashni ommaviylashganligi sabablaridan biri, ishlashda dastur interfeysi qulayligi, hamda funksiyalari ko’pligidadir.
Macromedia Flash MX dasturi bilan ishlash uchun zaruriy vositalar.

  1. Intel Pentium 200MGS (yaxshisi 400) prosessori.

  2. 64 Mb dan kam bo’lmagan operativ xotira (yaxshisi 128 Mb dan boshlab).

  3. Qattiq diskda 85 Mb bo’sh joy.

  4. 1024x768 piksel va 16 bit rangli monitor.

  5. Windows 98 SE, Windows ME, Windows NT 4.0 Windows 2000 yoki Windows XP operatsion tizimi.

Flash interfeysi Adobe firmasining dasturlari (masalan, PhotoShop) interfeysiga o’xshash bo’lib, nuqtali grafika bilan ishlashga mo’ljallangan.
Chapda chizish uchun mo’ljallangan instrumentlar paneli joylashgan. Ular yordamida instrumentlar tanlanishi, shuningdek ishchi sohani boshqarish, obyektlarni o’zgartirish va ranglar tanlash mumkin. O’ng tomonda instrumentlarda sozlash, rang, matn, kadrlar xususiyati va obyektlar palitralari joylashgan. O’rtada ishchi soha, uning ustki qismida esa vaqt diagrammasi {Timeline} joylashgan. Ishchi sohada alohida grafik va matnlielementlar yaratiladi.
Ishchi soha ostida xususiyatlar palitrasi {Properties} joylashgan bo’lib, u turli obyektlar xususiyatlarini o’zgartirish uchun mo’ljallangan.
Flashda bajarilganishlarning natijasini (fayllar, animatsiya, sahifalar)-multifilm, klip, bideofragment, rolik va animatsiyalar deb atash qabul qilingan (umumiy termin-movie).
Flashda rolik yaratish jarayoniquyidagicha:
Dastlab FLA kengaytmali boshlang’ich yoki mualliflik fayl (taxrirlab bo’ladigan boshlang’ich fayl) yaratiladi. Keyin brauzerda ko’rish mumkin bo’lgan SWF-faylga o’zgartiriladi. Bundan tashqari, ishning natijalarini keng tarqalgan formatlar fayllari AVI, animatsion GIF, JPEG va boshqa formatlarga eksport qilish mumkin.
Macromedia Flash dasturida ishlashimiz uchun bu dasturimizni o’zimizga o’rnatib olamiz. O’rnatib olganimizdan so’ng Пуск-Все программы-Macromedia- Macromedia Flash MX 2004 jarayonini bajaramiz.

Macromedia Flash dasturiga kirishimiz bilan quyidagi oyna hosil bo’ladi.



Bu oyna yangi foydalanuvchilarga o’ziga xos yo’l deb bilsak ham bo’ladi,masalan unda shablonlar,o’quv qullanmalarmavjud bo’ladi.


Bu oynadan yangi ish boshlashimiz uchun Flash Document qismini belgilaymiz.



Ko’rib turganimizday Flash dasturining interfeysi ko’pgina bloklardan tashkil topgan.


Flash dasturida Shriftlarni o’zgartirish mumkin, buning uchun……
Tools palitrasidan belgisini belgilaymiz va ish stolimizga masalan MULTIMEDIA degan matnni kiritamiz.



Yozgan matnimizni bo’yash uchun Tools blokida berilgan instrument yordamida yozgan matnimizni belgilaymiz va pastki Properties blokidan ranglar palitrasini tanlab o’zimizga kerakli rangni qo’yishimiz mumkin.





Download 10.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling