3-lektsiya


Download 1.12 Mb.
bet1/2
Sana09.06.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1474852
  1   2
Bog'liq
2-MA\'RUZA.Amudaryo va sirdaryo suvining ta\'qsimlanishi va foydalanishi


2-MA'RUZA
Mavzu:Amudaryo va Sirdaryo suvining taqsimlanishi va foydalanilishi.
Orol dengizi suvining kamayishi va qurishi sabablari.
Reja :
1. Amudaryo suvining taqsimlanishi.
2. Sirdaryo suvining taqsimlanishi.
3. Daryo suvlarlaridan foydalanish choralari.
4. 1960 yilga qadar dengiz suvining holati.
5. 1971-2000 yillari dengiz suvining bo'linishi.
6. Dengiz suvining fizik, kimyoviy va biologik o'zgarishlari.


Mavzuga doir tayanch atamalar va iboralar.
Panj va Vaxsh, Surxondaryo viloyatida Sherobod, Surxon sardobasi, Amudaryo-Qarshi kanali,Amudaryo-Buxoro kanali, Chardjav, Qoraqum kanali, Tuyamo'yn sardobasi, Qizil-O'rda viloyati.

Tojikiston Respublikasining tog'li tumanlarinda Panj va Vaxsh daryolari qo'shilib Amudaryoni,Farg'ona tog'larida Norin va Qoradaryo birikib, Sirdaryoni paydo qilib, Markaziy Osiyoning aholi -xo'jaligini suvlar bilan ta'minlamoqda. Amudaryo suvidan avalambor Tojikiston davlati foydalanadi. Bu mamlakat tog'li mintaqaga kirganligi sababli sug'oriladigan yerlari oz maydonga ega bo'lib, bu yerlar to'liq dehqonchilikka yo'naltirilgan.


Amudaryo va Sirdaryoning joylashuvi


O'zbekiston Respublikasining Amudaryo suvidan foydalanishiga kelsak, dastlab Surxondaryo viloyatida Sherobod, Surxon sardobalari 300 ming gektar yer maydonini suvlar bilan ta'minlamoqda. Bu yerlarni sug'orish uchun yiliga 16-25 km3 ko'lamda Amudaryo suvida foydalanmoqda. Bu viloyatda umumiy oqar suvdan foydalanish 30 km3 ga yetadi. Qashqadaryo viloyatidagi sug'oriladigan yerlarni oqar suvlar bilan ta'minlash uchun Amudaryo-Qarshi kanali ishga tushurildi va Tolimarjon sardobasi qurildi. Bu viloyatda 470 ming gektarıga yaqin yerlarga dehqonchilik ekilib, o'sha yerlarning yarmi yangidan ochilgan yerlar hisoblanadi. Olingan ma'lumotlarga qaraganda bu yangidan ochilgan yerlarning 14 ming gektarida gipslanish holati yuzaga kelib , 60 ming gektar yer kuchli sho'rlangan, demak bu yerlarning tuzini chayib sug'orish usuli bilan dehqonchilik yuritilmoqda.


Buxoro viloyatini toliq oqar suvlar bilan ta'minlash uchun Amu-Buxoro kanali ishga tushirildi. Bu kanalning uzunligi 230 km bo'lib, ikkita suv saqlagichning va katta maydondagi sug'oriladigan yerlarni suvlar bilan ta'minlamoqda. Charjavga kelib turgan Amudaryo suvini ko'rsangiz Amudaryo to'lib toshib oqib turganiga guvoh bo'lasiz. Biroq Amudaryo suvining 20% ini Qoraqum kanali olmaqda. Qoraqum kanalining yonidan 100 -150 m uzoqlikdagi qumzorlik yerlar yaxshi namlangan bo'lib, ayirim yerlarda bu namik bir nechta onlagan kilometrga yetadi. Qoraqum kanali bo'ylab,taxminan eni 500 m ga bo'lgan 45 ta ko'llar, eni 50 m bo'lgan 324 ko'llarlar vujudga kelgan. Kanal yoqasidagi 20 m chuqurlikdagi namlikni tekshirganda kanal ta'siridan yuqori namlikka ega bo'lgan 26, 6 mln gektar qumli yerlar vujudga kelgan.
Qoraqum kanalining 3 gidro o'zanidagi suvning yer ostiga singishi yiliga 2, 4 km3 qa yetadi. Bu suvlar miqdori bilan 167 ming gektar yerdi suvg'orib, dehqonchilik qilsa bo'ladi. Ayni vaqtda Qoraqum kanalining uzunligi 1100 kilometrga yetdi va daryodan olingan suvning 50% i qumlarga singib va bug'lanib ketmoqda.
Keyingi qurilgan Tuyamo'yin sardobasi bilan tanishadigan bo'lsak, bu sardoba Amudaryoning quyilishidagidagi Xorazm, Toshhhovuzz viloyatlari va Qoraqalpog'iston Respublikasining sug'orma yerlarini suvlar bilan ta'minlamoqda.
1990 yillarga kelib Qoraqalpog'iston Respublikasida sug'orma yerlar maydoni 500 ming gektardan oshdi. Ayni vaqtda 300 mingt gektar yerga dehqonchilik qilinyapti.
Endi Orol dengiziga suvlar beradigan Sirdaryo suvining taqsimlanishi bilan tanishsak, bu daryo suvidan O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston Respublikalari foydalanadi.
Sirdaryo suvidan foydalanuvchi eng katta makon Farg'ona past-tekisligi bo'lib, dehqonchilik uchun bir nechta sardobalar qurildi va Sirdaryodan ko'p suvlar oladigan sug'oriladigan yerlar paydo bo'ldi. Farg'ona past-tekisligidan so'ng Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari Sirdaryo suvidan dehqonchilik uchun foydalanmoqda. Qozog'iston Respublikasining Chimkent va Qizil -O'rda viloyatlari Sirdaryoning suvi bilan qishloq -xo'jaligini rivojlantirmoqda. Sirdaryo suvini rostlashtirish uchun Chordaryo gidrouzeli qurildi va Sirdaryo suvidan 82, 5% bu viloyatlar foydalanishiga imkoniyat yaratildi. Sirdaryoning pastki quyilishidagi Qizil -O'rda viloyatiga 11, 5% daryo suvi yetib bormoqda. Qizil -O'rda viloyati 211 ming gektar yerni dehqonchilik uchun foydalansa, uning 60 ming gektar yer maydoni meliorativlik yoqdan qanoatlantirmaydi, 18 mingta gektar yer maydoni suvlar yetishmovchiligidan dehqonchilik ishlashdan to'xtatilgan. Agar yer kadastri ma'lumotlariga qarasak 80% yer maydoni har xil darajada sho'rlangan, 3, 5 ming gektar yer maydoni gipslangan tuproqqa aylangan.
Ushbu holatlarga aloqador Sirdaryo 1973 yildan, Amudaryo 1986 yildan e'tiboran Orol dengiziga suvlar oqimini to'xtatgan. Amudaryo va Sirdaryo suvining Orol dengiziga quyishi 1960 yilga qadar yiliga 35-40 km3 bo'lib, oqib turdi va bu suvlar miqdori bilan dengizning suvlar aylanishi saqlanib uning qaddi 53 m balandlikda bo'ldi. 1911-1960 yillari Amudaryo yiliga suvlarda eriydigan 25, 5 mln. t tuzlarni dengizga oqizib, dengizning tuzliligi 9, 6-10, 3% bo'lib o'ziga xos fizik va kimyoviy xususiyatini saqlab, biologik rivojlanishni ta'minlab turdi. (1. 4. 1-chizma )
1971-1986 yillari dengizga oqar suvning oqishi yiliga o'rtacha 16, 7 km3 bo'ldi. Bu o'z navbatida dengizning suv aylanishining o'zgarishiga olib keldi va dengiz suvining sekinlashishi 12, 5 m yetdi. Keyingi yillari dengiz suvining sekinlashishi yiliga o'rtacha 0, 5 m bo'lsa, tabiiy suvlar kam yillari 0, 6-1, 0 m ga yetdi. Ushbu sharoitga aloqador 1980-1990 yillari Orol dengizi chuqur suvli va sayoz suvli bo'lib ikkita bo'lakka bo'lindi. Shimoliydan cho'zilgan Vozrojdenie oroli boshqa toza orollar bilan birikib Qurg'oqchilik bilan tutashib yangi yarimta orolni vujudga keltirdi. Bu yillari dengiz suvining sathi 41 m ga pasayib, taxminan1 mlliard tonna tuz bo'lgan 600 km2 yer maydoniga ega biyobonlik paydo bo'ldi va ekologik o'zgarishlarni vujudga keltirdi.
1998-2008 yillari chuqur suvli katta dengiz 21 m ga yetib kelib birnecha bo'lakka bo'lindi. Keyingi yillari Sirdaryo suvi bilan kichik dengizning suvini ko'paytirish imkoniyati yaratilib, 41-42, 5 belgida saqlab qolish imkoniyati bo’lmoqda.





Teńiz jaǵalawınıń qurǵawı

Shunday katta dengiz bo'lgan Orol ayni vaqtda bir nechta bo'lakka bo'linib o'zining tabiiy holatini yo'qotdi va o'ziga xos fizik, kimyoviy, biologik muammoni kechirmoqda.


Dengiz suvining sekinlashishi bilan uning tuzliligi asta-sekin oshib bordi, ayniqsa sulfat kalsiy miqdori ko'payib, gipsning paydo bo'lishiga olib keldi. Bu o'z navbatida qish oylarida mirabilettiń ko'payishiga olib kelib, dengiz suvidagi biologik tirikchilikka nojo'ya tasir etib, biologik rivojlanishni kamayishiga olib keldi.






Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling