3. Madaniyatning inson va jamiyat hayotidagi o‘rni. Madaiyatshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Kirish


Download 169 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi169 Kb.
#1528608
  1   2   3   4
Bog'liq
Axloqiy madaniyat tushunchasi va uning tarkibiy qismlari


Axloqiy madaniyat tushunchasi va uning tarkibiy qismlari
Reja:


1. “Madaniyatshunoslik” fanining predmeti, ob’ekti va vazifalari.
2. Madaniyat tushunchasi. Madaniyatning tarkibiy qismlari, asosiy qonuniyatlari.
3. Madaniyatning inson va jamiyat hayotidagi o‘rni.
4. Madaiyatshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqadorligi.


Kirish
Madaniyatshunoslik eng yosh fanlardan hisoblanadi. U asosan XX asr ikkinchi yarmida mustaqil fan sifatida shakllandi va g‘arb mamlakatlari Oliy o‘quv yurtlarida o‘qitila boshlandi. Sobiq Sovet Ittifoqi davrida madaniyatshunoslikka soxta fan deb qaraldi, unga yetarli e’tibor berilmadi, ta’lim muassasalarida o‘qitilmadi.
O‘zbekiston o‘zining davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgandan keyin madaniyatshunoslik fanini respublika Oliy o‘quv yurtlarida alohida fan sifatida o‘qitish yo‘lga qo‘yildi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning ma’lum yo‘nalishlaridan biri-ta’lim tizimini rivojlantirish va yuqori malakali milliy kadrlarni tayyorlash jarayonini takomillashtirish hisoblanadi. Chunki, o‘z kelajagini o‘ylagan har bir xalq, millat yosh avlodning fazilatlari haqida qayg‘urishi tabiiydir.
Oliy ta’limdagi o‘zgarishlar, eng avvalo, bo‘lg‘usi mutaxassislarni jahon madaniyati va sivilizatsiyasi yutuqlari bilan tanishtirishni, ularning gumanitar bilimlarini chuqurlashtirishni nazarda tutadi. Ta’lim tizimiga madaniyatshunoslik fanining kiritilishi ham shu maqsadga qaratilgandir.
Madaniyatshunoslik fanining tadqiqot ob’ekti turli xalqlarning ko‘p asrlik madaniy hayoti, o‘ziga xos jihatlari va umumiy ildizlarini, Sharq va G‘arb madaniyatining taraqqiyot bosqichlari, o‘ziga xos xususiyatlari va mushtarakligini, milliy va mintaqaviy madaniyatning jahon madaniyati ravnaqiga ta’sirini, madaniyatning tarkibiy tuzilishi, madaniyatlararo muloqot muammolari, ularning insoniyat hayotidagi rolini o‘rganishdir.

Madaniyatshunoslikning yana bir tadqiqot ob’ekti - inson va uning faoliyati jarayonida yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklar hisoblanadi. Madaniyat esa inson faoliyati va jamiyat hayotining barcha sohalari bilan chambarchas bog‘liq. Madaniyatshunoslik mana shu bog‘liqlikning o‘ziga xos yo‘nalishlarini, ichki qonunlarini o‘rganadi. Moddiy va ma’naviy boylik inson faoliyatining mahsuli bo‘lishidan qat’iy nazar madaniy boylik, mulk, xazina sifatida qadrlanadi. Madaniyatshunoslik mana shu boylikni kishi va jamiyat ehtiyojlari nuqtai nazaridan baholaydi, uning haqiqiy qimmatini ochib beradi.


«Madaniyatshunoslik» fanining predmeti – insoniyat ijodiy mehnati samarasi bilan bunyod etilgan “ikkinchi tabiat”, ya’ni madaniyat, uning mohiyati va rivojlanish qonuniyatlari, asosiy tamoyillari hamda ijtimoiy vazifalaridir. Binobarin, «Madaniyatshunoslik» fanining asosiy manbai – insoniyat yaratgan barcha moddiy va ma'naviy boyliklar majmuidir.

Download 169 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling