3-Ma’ruza. Dasturlashga kirish, dasturlasning asosiy tushunchalari Reja


Download 316.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana19.02.2023
Hajmi316.79 Kb.
#1214946
  1   2   3   4   5
Bog'liq
3-MAVZU



3-Ma’ruza. Dasturlashga kirish, dasturlasning asosiy tushunchalari 
Reja: 
1. C++ dasturlash tili 
2. C++ tilida standart funksiyalarning yozilishi 
Kalit so’zlar: kommunikatsiya, dasturiy ta’minot, tashxis, teskari aloqa
loyihalash, 
foydalanuvchi 
interfeysi, 
foydalanuvchi, 
aniqlik, 
Stereotip, 
buyurtmachi, dasturchi, samaradorlik. 
 
C++ dasturlash tili 
C++ tili Byarn Straustrup tomonidan 1980 yil boshlarida ishlab chiqilgan. 
C++ tilida yaxshi dastur tuzish uchun “aql, farosat va sabr” kerak bo‟ladi. Bu til 
asosan tizim sathida dasturlovchilar uchun yaratilgan. 
C/C++ algoritmik tilining alifbosi: 
1. 26 ta lotin va 32 ta kirill harflari (katta va kichik); 
2. 0 dan 9 gacha bo‟lgan arab raqamlari; 
3. Maxsus belgilar: - + * / : ; . , % ? ! = “” № < > { } [ ] ( ) $ # & ^ va 
h.k. 
Dastur bajarilishi jarayonida o‟z qiymatini o‟zgartira oladigan kattaliklar 
o‟zgaruvchilar deyiladi. O‟zgaruvchilarning nomlari harfdan boshlanuvchi xarf va 
raqamlardan iborat bo‟lishi mumkin. O‟zguruvchilarni belgilashda katta va kichik 
harflarning farqlari bor. (A va a harflari 2 ta o‟zgaruvchini bildiradi) Har bir 
o‟zgaruvchi o‟z nomiga, toifasiga, xotiradan egallagan joyiga va son qiymatiga ega 
bo‟lishi kerak. O‟zgaruvchiga murojaat qilish uning ismi orqali bo‟ladi. 
O‟zgaruvchi uchun xotiradan ajratilgan joyning tartib raqami uning adresi 
hisoblanadi. O‟zgaruvchi ishlatilishidan oldin u aniqlangan bo‟lishi lozim.
O‟zgaruvchilarning son qiymatlari quyidagi ko‟rinishda yoziladi: 

Butun toifali o‟nlik sanoq tizimsida: ular faqat butun sondan iborat 
bo‟ladilar. Masalan: 5; 76; -674 va h.k. 



Sakkizlik sanoq tizimsidagi sonlar: 0 (nol) dan boshlanib, 0 dan 7 
gacha bo‟lgan raqamlardan tashkil topadi. Masalan: x=0453217; 
s=077; 

O‟n oltilik sanoq tizimsidagi sonlar: 0 (nol) dan boshlanadi va undan 
keyin x yoki X harfi keladi, so‟ngra 0-9 raqamlari va a-f yoki A-F 
harflaridan iborat ketma-ketliklar bo‟ladi. Masalan: 10 s.s.dagi 22 soni 
8 s.s. da 026, 16 s.s.da 0x16 shaklida bo‟ladi.

Haqiqiy toifali sonlar: ular butun va kasr qismlardan iborat bo‟ladilar. 
Masalan: 8,1; -12,59 va x.k. Haqiqiy toifali sonlarning bu ko‟rinishi 
oddiy ko‟rinish deyiladi. Juda katta yoki juda kichik haqiqiy toifali 
sonlarni darajali (eksponensional) formada yozish qulay. Masalan: 
7,204*10
12
yoki 3,567*10
-11
kabi sonlar 7.204e+12 va 3.567e-11 
ko‟rinishda yoziladi. 

Simvolli konstantalar. Ular qatoriga dastur bajarilishi „ „ ichida qabul 
qilinadigan simvollar kiradi. 

Download 316.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling