Belgilash olmoshlariga har so‘zi va shu so‘zning ayrim so‘roq olmoshlari, shuningdek, bir, narsa kabi so‘zlar bilan qo‘shilishidan hosil bo‘lgan so‘zlar kiradi: har kim, har nima, har qanday, har narsa, har bir
Download 8.47 Kb.
|
Belgilash olmoshi
Belgilash olmoshlariga har so‘zi va shu so‘zning ayrim so‘roq olmoshlari, shuningdek, bir, narsa kabi so‘zlar bilan qo‘shilishidan hosil bo‘lgan so‘zlar kiradi: har kim, har nima, har qanday, har narsa, har bir. Demak, belgilash olmoshlari tuzilishiga ko‘ra ikki xil: a) tub so‘z holidagi har so‘zi, asosan, ot oldidan kelib, uning belgisini sanash, ta’kidlash uchun xizmat qiladi: Har toshlarki, odamning vahmi keladi.(S. A.); b) qo‘shma so‘z holida: har + so‘roq olmoshlari, har+ bir, har+ narsa shaklda qo‘llanadi. Har so‘zi so‘roq olmoshlari bilan birgalikda qo‘shma olmosh shaklida ishlatilganda qo‘yidagi ma’nolarga ega bo‘ladi: 1) har so‘zi kim, nima, narsa so‘zlari bilan birga kelib, ot o‘rnida qo‘llanadi va egalik, kelishik affikslarini qabul qiladi: Xulq har kimning qiyofasini ko‘rsatadigan kuzgudir (Gyote); 2) qanday (qanaqa), qaysi so‘zi bilan birga sifat xarakterida qo‘llanadi va narsa, shaxslarni umumlash-tirgan holda belgisini ko‘rsatadi: Har qanday xalqning urf-odatini bilay desang, avvalo, uning tilini bilishga urin (Pifagor); 3) har qaysi olmoshi ko‘pincha egalik affiksini olib, ot xarakterida ham qo‘llanadi:. Har qaysimizning dilimizda andisha bor edi; 4) har so‘zi sifatlar bilan birga qo‘llanishi ham mumkin: Oldiga dasturxon yozib, har turli ovqatlardan olib kelib qo‘ydi; 5)har so‘zi qancha olmoshi bilan birga qo‘llanib miqdorning ortiqligini ko‘rsatadi: Kasalni har qancha yashirsang ham, baribir isitmasi oshkor qiladi; 6) har so‘zi qachon olmoshi hamda payt bildiruvchi so‘zlar bilan birga keladi ravish xarakterida bo‘ladi: O‘rtanur har dam Navoiy nola qilmog‘i bila (Navoiy); 7) o‘ringa munosabat bildiruvchi ayrim otlar ham har so‘zi bilan birga qo‘llanishi mumkin: Oh, tortib o‘zimni har yerga urdim (Islom Shoir). Bulardan tashqari, har so‘zi har holda, har qalay, harna, har nechuk, har ehtimolga qarshi kabi so‘zlar tarkibida kelib, turli modal ma’nolarni ifodalash uchun xizmat qiladi.Belgilash olmoshlari gapda ega, to’ldiruvchi, aniqlovchi va hol bo‘lib kelad Download 8.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling