3-Ma’ruza. Картографик белгилар ва уларни қуриш усуллари


Download 343.6 Kb.
Sana12.01.2023
Hajmi343.6 Kb.
#1089839
Bog'liq
3-Ma’ruza. Картографик белгилар ва уларни уриш усуллари


3-Ma’ruza.Картографик белгилар ва уларни қуриш усуллари(Topografikshartli belgilarning mazmuni)
Reja

  1. Shartli belgilar haqida umumiy ma’lumotlar

  2. Kodlashtirish shartiga ko‘ra shartli belgilar

  3. Kodlashtirish usuli bo‘yicha shartli belgilar



SHartli belgilar haqida umumiy ma’lumotlar. Shartli belgilar (kodlar)- bu grafik belgilar bo‘lib, karta va planlarda joydagi ob’ektlar (shuningdek, ular miqdori va sifat tavsiflari)ni tasvirlash uchun qo‘llaniladi. Topografik shartli belgilar standartlashtirilgan. Ular barcha topografik karta va planlarni tuzuvchi yoki s’yomkani bajaruvchi tashkilot va muassasalar uchun majburiydir.
Shartli belgilar ikki alomatlar bo‘yicha bo‘linadi: kodlashtirish sharti va kodlashtirish usuliga ko‘ra.
Kodlashtirish shartiga ko‘ra:
analogli tasvirlash (maydon va chiziqli) belgilari, ularning chegarasi ob’ektning fazoviy tasvirlanishi (dala konturlari, yo‘llar, daryolar va boshqalar) chegarasi bilan mos keladi. Chiziqli belgilar tasvirlanayotgan ob’ektlarning chiziqli tashqi ko‘rinishini saklab qoladi (4.1-rasm). Maydonli belgilar esa karta yoki plan masshtabida ifodalanuvchi ob’ektlar maydonini to‘ldirish uchun qo‘llaniladi (4.2-rasm);

9.1-rasm.Chiziqli shartli belgilar

4.2-rasm.Maydonli shartli belgilar
b) kodli masshtabsiz belgilar ob’ektni fazoviy tasvirlashining ayrim qismi bilan birlashtirilgan belgilar hisoblanadi. Bu belgilar kartaning masshtabida ko‘rsatilmaydigan nuqgali ob’ektlar, geodezik tarmok punktlari, haykallar, buloqlar, quduqlar, minora, tegirmon va boshqalarni tasvirlash uchun qo‘llaniladi (4.3-rasm).

4.3-rasm. Masshtabsiz shartli belgilar
Kodlashtirish usuli bo‘yicha (tasvirlash usuli bo‘yicha) belgilar quyidagilarga bo‘linadi (4.4-rasm):
• shtrixli, ularning rasmi turli grafik (oddiy) narsalar kombinatsiyasini ifodalaydi;
• fonli (maydonning ma’lum rangi bilan bo‘yalgan belgilar);
• shriftli (aholi punktlari, daryolar nomlari, izoxlovchi yozuvlar va h.k.);
• kombinatsiyalashgan belgilar, ular yuqoridagi uch xil belgilar qo‘shilmasidan iborat bo‘ladi.









SHtrixli

Fonli

SHriftli

Kombinatsiyalashgan

4.4-rasm.Kodlashtirish usuli bo‘yicha belgilar
SHartli belgilar sistemali (tartibli, muntazam) bo‘lishi mumkin. Bunday holatda belgilar berilgan tartibda ular orasidagi ma’lum masofaga qat’iy rioya qilgan holda chiziladi.Tartibsiz (sistemasiz) belgilar konturni to‘ldirishda ma’lum qoidalarga amal qilgan xolda chiziladi, ammo ular orasida hech qanday aniq belgilangan masofalar bulmaydi.
SHartli belgilar chizma perosi yoki chizma asboblari yordamida uch xil rangda chiziladi: gidrografiya - yashil (ko‘k) rang bilan, relef - rrangda, qolgan elementlar qora rangda bo‘ladi.
Download 343.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling