3-Mavzu: Asosiy xom ashyo. Oshxona tuzi. Suv. Nonvoylik achitqilari. Reja


Download 21.52 Kb.
bet1/3
Sana26.10.2023
Hajmi21.52 Kb.
#1724115
  1   2   3
Bog'liq
3-Ma\'ruza


3-Mavzu:Asosiy xom ashyo. Oshxona tuzi. Suv.
Nonvoylik achitqilari.


Reja:



  1. Non mahsulotlarini tayyorlashda.

  2. Suv xamir komponenti sifatida.

Non mahsulotlari ishlab chiqarishda un asosiy xom ashyo hisoblanadi. Tegirmondan olib kelingan un, uning zaxirasini (novvoylik korxonalarida yetti sutkalik zaxira) ta ’minlovchi alohida omborxonalarda saqlanadi. Bunday zaxira o‘z vaqtida unning sifatini tekshirib, ishlab chiqarishga tayyorlash imkoniyatini beradi.


Qulay sharoitlarda saqlangan unning xossalari yaxshilanadi. Novvoylik korxonalariga un alohida partiyalarda (turkumlarda) olib kelinadi.
Partiya - bu bir vaqtda tayyorlangan va bir hujjat va sifat guvohnomasi bilan keltirilgan bir turdagi va navdagi un miqdoridir. Tegirmonning laboratoriyasida rasmiylashtirilgan sifat guvohnomasida (sertifikatida) unning turi va navi, rangi, ta ’mi, hidi, kuldorligi, kleykovinasining miqdori va sifati, metall aralashmalarining miqdori, namligi va boshqalar ko‘rsatiladi. Un partiyasining sifat guvohnomasi korxonaning laboratoriyasiga topshiriladi va bu yerda unning ayrim sifat ko‘rsatkichlari nazorat uchun tekshiriladi. Sifat guvohnomasidagi ko’rsatkichlar bilan korxona laboratoriyasining tekshirish natijalari orasidagi farq katta bo’lgan taqdirda, bu farqning yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritish maqsadida unni yetkazuvchi tashkilotdan vakil chaqiriladi.
Korxonalarning ko’pchiligida hozir un qopsiz usulda avtotsisternalarda keltiriladi va unni qopsiz saqlash omborlarining bunkerlariga (siloslariga) joylanadi. Unni qopsiz saqlash yo’lga qo’yilmagan korxonalarda, un gazlamadan tikilgan toza quruq qoplarda tashiladi va saqlanadi. Un qopsiz usulda ochiq yoki yopiq turdagi omborxonalarda saqlanadi. Yopiq turdagi omborxonalar alohida binolarda yoki korxon aning ishlab chiqarish binosining ichida joylashgan bo’lishi mumkin. Hozirgi vaqtda un bunkerlari (siloslari) bevosita korxona maydonida joylashgan ochiq turdagi omborxonalarda saqlash usuli keng tarqalgan. Bunday omborxona odatdagi qurilish binosiga ega emas. Un siloslari havo yog’inlaridan yuqorisidan bostirma, yonlaridan yengil qalqonlar bilan him oyalangan. Ochiq turdagi omborxonalarni qurish ancha arzonga tushadi. Qopsiz usulda saqlash uchun un omborxonalarga ikki sisternali K - 1040-2E un tashuvchi avtomashinalarda olib kelinadi. Sisternalarning umumiy sig’imi 14,5 m 3 ni, unning massasi esa 8 tonnani tashkil qiladi. Sisternalardan un avtomatik ravishda bo’shatiladi. Buning uchun sisternaning pastki qismida joylashgan quvurchaga kompressordan 150 kPa bosimga ega siqilgan havo beriladi. Quvurlar orqali un-havo aralashmasi kerakli bunkerga yuboriladi. Har bir unning navi uchun alohida (iloji bo ’lganda ikkita) bunker o ’rnatiladi.
Bunkerga tushgan aralashmadan ajralgan havo matoli filtr orqali tashqariga chiqariladi. Un esa bunkerga tushadi. Un katta idishlarda saqlanganda zichlashadi, idishni b o ‘shatishga to ‘sqinlik qiluvchi to‘plamlar hosil qiladi. T o ‘planib qolishiga unning namligi, zarrachalarning yopishishi, unning zichligi, saqlash davomiyligi ta ’sir qiladi. Unning namligi qanchalik yuqori b o ‘lsa, oquvchanligi shunchalik past bo‘liadi. Unni zichligi va saqlash m uddatining davomiyligi to‘plam hosil qilishni kuchaytiradi. Navli un navsiz unga qaraganda turg‘unroq to‘plam lar hosil qiladi. U nning bo‘shatilishini tezlashtirish uchun silos konussimon tubining tashqarisidan tebratuvchilar o’rnatiladi yoki silosning tubi siqilgan havo yordamida aeratsiyalanadi.
Omborxona sig‘imlaridan unni elashga, o‘lchashga va ishlab chiqarish bunkerlariga tashish noriyalar, shneklar yordamida mexanik usulda va aerozol tashish (aerozoltransport) vositasida amalga oshirilishi mumkin. Unni aerozoltashish vositasida bajarish ustunlikka ega bo‘lib, u unni havo bilan to‘yintirib qizdiradi va yetilishini tezlashtiradi. Unni yo‘qotilishi kamayadi va normal sanitarik sharoit yaratiladi. Unni qoplarda saqlash omborlarida un solingan qoplar poldan 15-sm balandlikda yog‘och tagdonlarda uchtalik yoki beshtalik usulida teriladi. (3-rasm). Tagdonlarni bir-biriga zichlab shtabel shakli hosil qilinadi. Un shtabel shaklida balandligi 8.. . 12 qatordan ko‘p bo‘lmagan holda taxlanadi. Shtabelni uzunligi va eni 12 m dan oshmasligi lozim. Devordan shtabelgacha masofa 0,5 m dan, shtabellar orasidagi masofa - 0,75 m dan kam bo'lmasligi kerak. Un omborlarining holatiga quyidagi sanitarik talablar qo'yiladi.
Omborxonalar binosi quruq va shamollatiladigan, havoning nisbiy namligi 75 % dan yuqori bo'lmasligi kerak. Yopiq omborxonalarda qish vaqtida havoning harorati 10°C dan past bo'lmasligi, devorlar va pollar silliq bo'lishi lozim. Unning omborxona zararkunandalari bilan zararlanishi va kemiruvchilar paydo bo'lishini oldini olish kerak. Unning asosiy zararkunandalari. Un zararkunandalarining ko'payishini oldini olish uchun doimiy profllaktik choralar ko'riladi.
Buning uchun unning changlanishiga yo'l qo'ymaslik, bo'sh qoplar va chiqindilarni alohida xonalarda saqlash, pol va devorlardagi teshiklarni suvab qo'yish, ventilyatsion kanallarni to'r bilan о‘rash, ochiladigan tuynuklar, qopqoqlarni zichlash kabi choralar amalga oshiriladi. Mo'ljallangan muddatda jihozlar va xonalarni un changidan va chiqindilardan tozalash muhim ahamiyatga ega. Jihozlar va xonalar yoz mavsumida 10-15 kunda, qish paytida 15-20 kunda bir marotaba sinchiklab tozalanashi lozim. Bunker va siloslar esa har oyda bir marta tozalanadi.
Unning namligi omborxonadagi havo parametrlariga mos keladigan muvozanat namlikning qiymatiga tenglashishiga harakat qiladi. Unning muvozanat namligini belgilovchi asosiy parametr bo‘lib, havoning nisbiy namligi hisoblanadi. Havoning harorati ham sezilarli ta ’sirga ega. Agar omborxonaga keltirilgan unning namligi xona havosi para-metrlariga mos keladigan muvozanat namlikdan past bo‘lsa, saqlash natijasida unning namligi oshadi. Agar keltirilgan unning namligi muvozanat namlikdan yuqori bo‘lsa, saqlash natijasida unning namligi pasayadi.

Download 21.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling