3-mavzu: Ekstremal vaziyatlarda jabrlanganlar va professinallarga yordam
Download 58.5 Kb.
|
1 2
Bog'liq13 mavzuEE
13-mavzu: Ekstremal vaziyatlarda jabrlanganlar va professinallarga yordam (2 soat maruza, 4 soat seminar) Xalokatlar oqibatlarini bartaraf qilishga psixologlarni jalb etish zarurligi deyarli barcha ekstremal vaziyatlar tadqiqotchilari tomonidan ta’kidlangan. Masalan, Ufada temir yo‘l xalokati oqibatlarini bartaraf qilish paytida jarroxlar 20% vaqtlarini engil va o‘rtacha og‘irlikda jaroxat olganlar bilan suxbatga sarflashgan. Spitakda zilzila oqibatlarini bartaraf etishga kelganlarning taxminan 30% i, shu jumladan fuqaro muxofazasi va tibbiyot xodimlari ham psixosomatik simptomlar (ko‘ngil aynishi, kuygan murdalarni tashish paytidagi xushdan ketishlar) tufayli samarali faoliyat ko‘rsata olmaganlar. Tez yordam ko‘rsatish paytida shuni yodda tutish lozimki, tabiiy ofat, xalokat va boshqa ekstremal vaziyatlar jabrlanuvchilari quyidagi omillardan aziyat chekadilar: 1. To‘satdan sodir bo‘lish. Kamdan-kam ofatlar potensial qurbonlar ogoxlantirilishini kutadi. Xodisa qanchalik “to‘satdan” sodir bo‘lsa, qurbonlar uchun shunchalik vayronkor bo‘ladi. 2. O‘xshash tajribaning yo‘qligi. Ofat va kulfatlar axyon-axyonda sodir bo‘lishi tufayli odamlar ularni stress xolatidagina boshdan kechirishga o‘rganadilar. 3. Muddati. Bu omil xodisadan xodisagacha farq qiladi. Ayrim, uzoq davom etadigan ekstremal vaziyatlar (M: samolyotni olib qochish) qurbonlarida jaroxatlovchi effektlar har bir keyingi kunda ko‘payib boravyeradi. 4. Nazoratning etishmasligi. Xalokat paytida xech kim xodisani nazorat qilishga qobil emas: odam kundalik hayotning eng oddiy xodisalarini nazorat qila olishi uchun ko‘p vaqt o‘tishi mumkin. Agar nazoratni yo‘qotish uzoq vaqt saqlanib qolsa, xatto eng obro‘li va mustaqil odamlarda ham “o‘rganilgan chorasizlik” belgilari kuzatilishi mumkin. 5. Qayg‘u va yo‘qotish. Xalokat qurbonlari yaqin odamidan ayrilishi, yaqinlaridan kimnidir yo‘qotishi mumkin; eng yomoni hamma yo‘qotishlari xaqidagi xabarni kutib yashashlari mumkin. Bundan tashqari jabrlanuvchi xalokatda o‘z ijtimoiy roli va maqomini yo‘qotishi mumkin. Uzoq davom etgan jaroxatlovchi xodisalar tufayli odam yo‘qotganlarini tiklashga bo‘lgan har qanday umididan ayrilishi mumkin. 6. O‘zgarishlarning doimiyligi. Xalokat tufayli sodir bo‘lgan vayronalik qayta tiklanmasligi mumkin: xalokat qurboni butunlay yangi va unga nisbatan dushman sharoitga tushib qolishi mumkin. 7. O‘lim ekspozisiyasi. Hayotga xavf soladigan xatto qisqa daqiqalar ham shaxs qurilmasi va uning “bilish xaritasi”ni o‘zgartirib yuborishi mumkin. Qaytalanadigan o‘lim bilan yuzma-yuz kelish sozlash darajasida chuqur o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi mumkin. O‘lim bilan yaqindan to‘qnashganda og‘ir ekzistensial inqiroz ehtimoli katta bo‘ladi. 8. Axloqiy ishonchsizlik. Xalokat qurboni o‘zining qadriyatlari tizimi bilan bog‘liq qaror qabul qilish zarurati bilan yuzma-yuz kelishi mumkin, masalan: kimni qutqarish kyerak, qanchalik tavakkal qilish kyerak, kimni ayblash kyerak. 9. Xodisa paytidagi xulq. Har bir odam qiyin vaziyatda yaxshi tomondan ko‘rinishni xohlaydi. Xalokat paytida odam nima qilgani yoki nima qilmagani, xalokatdan keyin boshqa jaroxatlar bitib ketsa ham, uni uzoq vaqt ta’qib qilavyeradi. 10. Vayronaliklar ko‘lami. Xalokatdan keyin uni boshidan o‘tkazgan odam atrofda va ijtimoiy qurilmada sodir bo‘lgan xodisalardan esdan og‘ish darajasida xayratga tushadi. O‘zgargan madaniyat normalari odamni yoki ularga ko‘nikishga yoki begona bo‘lib qolishga majbur qiladi; agar odam vaziyatga ko‘nikolmay begona bo‘lib qolsa emosional talofat ijtimoiy dezadaptasiya bilan birlashib kyetadi. Tez yordam ko‘proq jismoniy jaroxat olganlar va kuchli stress xolatidagi (KSX – kuchli stress xolati) odamlarga ko‘rsatiladi. Bunday xolat emosional va aqliy kechinmani o‘zida aks ettiradi. Lekin yordam ekstremal vaziyatni boshdan kechirgan hammaga kyerak. Ekstremal vaziyatlar ta’sirida psixologik jaroxat olganlarga yordam byerishning eng muhim tamoyillari I.G. Malkina-Pix fikricha quyidagilardan iborat bo‘lishi kyerak: • shoshilinchlilik; • xodisa joyiga yaqinlik; • normal xolat tiklanishini kutish; • psixologik bosim o‘tkazishning birligi va soddaligi. Shoshilinchlilik shuni anglatadiki, jabrlanganga yordam qancha kyerak tezroq ko‘rsatilishi kyerak; jaroxatdan keyin qancha ko‘p vaqt o‘tsa surunkali buzilishlar paydo bo‘lish ehtimoli, shuningdek jaroxatdan keyingi stress buzilishlari (RTSD) paydo bo‘lish ehtimoli shunchalik yuqori bo‘ladi. Yaqinlik tamoyilining mazmuni shundan iboratki, yordam odatiy sharoit va ijtimoiy muhitda, shuningdek, “gospitalizm”ning salbiy oqibatlarini minimallashtirgan xolda ko‘rsatiladi. Normal xolat tiklanishini kutish: stress xolatini boshdan kechirgan odam bilan bemor sifatida emas, normal odam sifatida muomala qilish kyerak. Jabrlangan odamda yaqin vaqt ichida normal xolatga qaytishiga ishonchni kuchaytirish kyerak. Psixologik ta’sir o‘tkazishning birligi shundan iboratki, uning manbai yoki bitta shaxs bo‘lishi kyerak, yoki psixologik yordam ko‘rsatish muolajasi soddalashtirilishi kyerak. Psixologik bosim o‘tkazishning soddaligi shundan iboratki, jabrlanganni jaroxat manbaidan olib ketish kyerak, ovqat, dam olishini, xavfsiz muhit va uni boshqalar tinglashi imkoniyatini ta’minlash kyerak. Umuman olganda tezkor psixologik yordam xizmati quyidagi bazaviy vazifalarni bajaradi: – amaliy (axoliga bevosita tez psixologik va (kyerak bo‘lganda) vrach ko‘rgungacha tibbiy yordam ko‘rsatish; – muvofiqlashtiruvchi (ixtisoslashgan psixologik xizmatlar bilan aloqalar va hamkorlikni ta’minlash). Professionallar ekstremal vaziyatlarda o‘z vaqti va imkoniyatlaridan maksimal foydalanishlari uchun ma’lum qoidalarni bajarishga harakat qilishlari lozim. Qutqarish xizmatlari xodimlari uchun qoidalar 1. Jabrlanganga siz uning yonida ekanligingiz, qutqarish uchun hamma choralar ko‘rilayotganligini anglating. Jabrlangan yuzaga kelgan vaziyatda yolg‘iz emasligini his qilishi kyerak. Jabrlanganni oldiga borib, “tez yordam etib kelmaguncha men siz bilan qolaman”, deb ayting. Jabrlangan xozir nima bo‘layotgani xaqida ma’lumot olishi kyerak: “tez yordam yo‘lda kelayapti”. 2. Jabrlanganni begonalar ko‘zidan yiroq qiling. Krizis vaziyatida qiziquvchan nigoxlar jabrlangan uchun noxush bo‘ladi. Agar tomoshabinlar ketishavyermasa, ularga masalan, xodisa joyidan begonalarni xaydash bo‘yicha topshiriq byering. 3. Ehtiyotkorlik bilan jabrlanganni qo‘lidan ushlang, elkasiga qoqib qo‘ying, boshiga yoki tanasining boshqa joylariga tegish tavsiya qilinmaydi. Odatda engil tana kontakti jabrlanganni tinchlantiradi. Jabrlangan bilan bir xil xolatda turishga harakat qiling, xatto tibbiy yordam ko‘rsatayotgan paytda ham jabrlanganning xolatida bo‘lishga harakat qiling. 4. Gapiring va tinglang. Diqqat bilan quloq soling, gapini bo‘lmang, vazifangizni bajarayotib toqatli bo‘ling. Jabrlangan xushini yo‘qotayotgan bo‘lsa ham sokin ovozda gapiring. Asabiylik namoyon qilmang. Tanbeh byerishdan saqlaning. Jabrlangandan “Siz uchun nima yordam byerishim mumkin”, deb so‘rang. Agar hamdardlik hissini tuyayotgan bo‘lsangiz, bu xaqda uyalmay ayting. Ekstremal va favqulotda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf qilish uchun butun dunyoda tobora ko‘proq professional psixologlarni jalb qilishmoqda. Qutqaruvchilarga psixologlar bilan birgalikda ishlashga to‘g‘ri kelayapti, shuning uchun jabrlanganlar, ularning yaqinlari va qutqaruvchilarning o‘zlariga psixologik ko‘mak byerayotganlarning kompetensiyalari xajmini bilishi muhim. I.G. Malkina-Pix psixologlar uchun quyidagi qoidalarga yo‘nalish olishni tavsiya qiladi. 1. Krizis vaziyatida jabrlanuvchi aksariyat psixik qo‘zg‘olish xolatida (ikkinchi bo‘limda ko‘rsatib o‘tilganidek, ba’zan qotib qolish, axmoqlik xolatida) bo‘ladi. Bu normal hisoblanadi. Qo‘zg‘olishning o‘rtacha darajasi optimal hisoblanadi. Jabrlanuvchiga psixotyerapevtik muolaja kursi olishi zarurligini va u uzoq davom etishini darxol ayting. 2. Darrov harakatga kirishmaslik kyerak. Ko‘zdan kechirish, odamlar boshqa bir yordamga muxtoj emasliklarini, jabarlanganlarning qaysi biri birinchi navbatda yordamga muxtojligini aniqlash kyerak. 3. Kimligingizni va qanday vazifani bajarayotganligingizni aniq ayting. Yordamga muxtojning ismini so‘rang. Ularga yordam tezda etib kelishini, bu xaqda choralar ko‘rilayotganini ayting. 4. Jabrlanuvchi bilan jismoniy aloqani ehtiyotkorlik bilan o‘rnating. Jabrlanuvchining qo‘lidan ushlang, elkasiga qoqib qo‘ying. Boshiga yoki badanining boshqa joylariga tegish tavsiya qilinmaydi. jablanuvchi bilan bir xil xolatda bo‘lishga harakat qiling, unga orqa o‘girmang. 5. Xech qachon jabrlanuvchini ayblamang. Kyerak bo‘lganda yordam ko‘rsatish uchun qanday choralar ko‘rilishi xaqida so‘zlab byering. 6. Kasbiy kompetentlilik tinchlantiradi. O‘zingizning malakangiz va tajribangiz xaqida so‘zlab byering. 7. Jabrlanuvchini o‘z kuchiga ishonishga undang. Unga uddalay oladigan topshiriq byering. Bu usuldan u o‘z qobiliyatlariga ishonishi, o‘z-o‘zini nazorat hissi uyg‘onishi uchun foydalaning. 8. Jabrlanuvchiga ochiq gapirishiga imkon byering. Uni diqqat bilan, faol tinglang, hissiyotlari, kechinmalarini kuzating, pozitiv laxzalariga urg‘u byering. 9. Jabrlanuvchiga siz u bilan qolishingizni ayting. Ajralishda o‘zingizga o‘rin almashtiruvchi toping va unga jabrlanuvchiga nima yordam ko‘rsatish xaqida yo‘l-yo‘riq byering. 10. Yordam ko‘rsatish uchun jabrlanuvchining yaqinlarini jalb qiling. Ularga yo‘l-yo‘riq va oddiy topshiriqlar byering. Aybdorlik hissi uyg‘otadigan har qanday so‘zdan qoching. 11. Jabrlanuvchini ortiqcha savollar va e’tibordan muxofaza qiling. Tomoshabinlarga aniq topshiriqlar byering. 12. Favqulotda vaziyatdagi ish falokat oqibatlarini bartaraf etayotgan professionallar (qutqaruvchilar, tibbiyot xodimlari, psixologlar) ga ham salbiy ta’sir qiladi. Ularga ham yordam byerishga tayyor turing. Professionallarga ko‘proq aloxida odamlar bilan emas, guruhlar bilan ishlashga to‘g‘ri keladi. Ekstremal va favqulotda vaziyatlarning psixologik oqibatlari olomon deb ataladigan jabrlanuvchilarning ommaviy xulqini vujudga keltiradi. Vaximali xulqqa bosim o‘tkazish oxir oqibat stixiyali xulqning har qanday ko‘rinishiga psixologik bosim o‘tkazishning xususiy ko‘rinishiga o‘xshaydi. Bu yerda olomonning har qanday turiga nisbatan umumiy qoidalar amal qiladi: birinchi navbatda emosional yuqumlilikning umumiy kuchini pasaytirish kyerak, odamlarni vaziyatning gipnotik ta’siridan chiqarish kyerak va olomon ishtirokchilari tafakkurini rasionallashtirishga harakat qilish kyerak. Olomonda har bir odam individualligini yo‘qotadi – u ommaning bir qismi, hammaning xulqini o‘ziga bo‘ysundirgan yagona emosional xolatning bir bo‘lagi hisoblanadi. Vahima sharoitida “taqlid namunasini” aniqlash kyerak, ya’ni shunday odamni topish kyerakki, olomondagi ko‘pchilik unga yo‘nalish olsin. Vahima laxzalarida odamlarni qattiqqo‘llik va buyruqbozlik bilan boshqarish – vahimani to‘xtatishning eng samarali usullaridan hisoblanadi. Vahimani susaytirishning yana bir usuli, ekstremal chora bilan birgalikda ko‘pchilikka yaxshi tanish bo‘lgan, odatiy, sokin va bir maromdagi xulqni uyg‘otadigan yangi stimulni qo‘llash hisoblanadi. Vahima paytida ritm aloxida rol o‘ynaydi. Stixiyali xulq – bu ichki ritmga ega bo‘lmagan, tashkillashmagan xulqdir. Agar olomon ichida “ritm boshqaruvchisi” bo‘lmasa, uni tashqaridan kiritish kyerak. Bunday xolatlarda xor ritmik musiqasi yaxshi ish byeradi. Tirsaklarni ushlash – vaximali harakatlarga qarshilikning yana bir yaxshi sinalgan usuli hisoblanadi. Bir tomondan odamlarning bir-biri bilan jismoniy yaqinlikni his qilishlari psixologik barqarorlikni kuchaytiradi. Ikkinchi tomondan – bunday pozisiya g‘alamislar yoki vahima “induktorlariga” o‘zini yo‘qotish, ojizlikni his qilish va vahima avj olishiga sharoit yaratadigan qatorlarni parchalashga xalaqit byeradi. Olomon geografiyasini ham hisobga olish zarur. Malkina-Pix shunday ma’lumotga e’tiborni jalb qiladi, “aerofotosuratlarda olomonning o‘rtasida zich yadrosi va siyrak pyerifyeriyasini ko‘rish mumkin”. Shuning uchun olomonga tashqaridan psixologik bosimni diqqatini osonlik bilan ko‘chirish mumkin bo‘lgan uning pyerifyeriyasiga yo‘naltirish kyerak, ichkarida harakat qilayotgan agentlar esa ta’sirga byeriluvchanlik va reaktivlik gipyertrofiyalangan yadrosiga suqilib kirishlari kyerak. Jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish paytida jabrlanuvchi va yordam byeruvchi modeli aloxida o‘rin egallaydi. A.N. Dorojeves shunday modellarning to‘rtta turini ajratadi. Axloqiy model jabrlanuvchining muammoning paydo bo‘lishi va uning echimi uchun uning o‘zidan boshqa xech kim mas’ul emas, degan taxminiga asoslanadi. Vaziyatni bunday baxolashning shiori “cho‘kayotgan odam faqat o‘zini-o‘zi qutqarishi mumkin” bo‘lib, boshqacha aytganda negativ xolatdan xalos bo‘lish uchun jabrlanuvchi o‘zini qo‘lga olishi kyerak. Yordam byeruvchi yo‘llanma byerishi yoki jazolash va taqdirlash orqali jabrlanuvchini harakatga ruxlantirishi kyerak. Bunday modelning asosida dunyoning adolatliligi xaqidagi g‘oya yotadi: har bir odam o‘z hatti-harakatlari bilan o‘z taqdirini yaratgan va uni o‘zgartirish ham o‘zining qo‘lida. Kompensator model shuni nazarda tutadiki, jabrlangan odam – vaziyat qurboni, uni bartaraf qilish odamda mavjud bo‘lmagan aloxida imkoniyatlarni talab qiladi. Shuning uchun bunday imkoniyatlarni boshqalar taqdim qilishlari shart. Yordam byeruvchining bunday modeldagi asosiy shiori – “nima bilan yoki qanday qilib sizga yordam byerishim mumkin?”. Ko‘p hollarda ekstremal vaziyatlardan keyin dastlabki vaqtlarda jabrlanuvchilar bilan hamkorlik davlat tomonidan amalga oshiriladi. Masalan, Chyernobil AESidagi avariya oqibatlarini bartaraf etuvchilariga davlat katta imtiyozlarni taqdim qilgan, bunda “Sizlar aybdor emassizlar, biz sizlar uchun hamma narsani hal qilamiz” tamoyiliga amal qilingan. Shuning uchun xozir imtiyozlarning bir qismining bekor qilinishi va odamlarni o‘z-o‘ziga yordam byerishga yo‘naltirish chyernobil voqealari ishtirokchilari tomonidan agressiv tendensiyalarga sabab bo‘layapti. Ma’rifatparvarlik modelining asosini odam vaziyatning paydo bo‘lishi uchun mas’ul, u xatto buning uchun aybdor, lekin uni engish qo‘lidan kelmaydi, degan taxmin tashkil qiladi. Faqat muammoni hal qila oladigan boshqa odamlar, “avtoritetlar” ekstremal vaziyatni enga olishlari mumkin. Ko‘p xollarda qutqaruvchilar jabrlanuvchilardan temir intizom va o‘z talablariga so‘zsiz bo‘ysunishni talab qilganlarida o‘zlarini shunday tutishadi. Tibbiy model jabrlanuvchiga o‘zini ayblamasdan yordam olishga imkon byeradi. Odam – bu organlar to‘plamidan iborat bo‘lib, bu organlar uning aybidan tashqari zararlanishi va ishdan chiqishi mumkin. Bemor o‘z sog‘ligi uchun javobgar bo‘lmaganligi uchun, yordam byeruvchi nimani, qanday qilishni o‘zi bilishi kyerak. Bu modeldan foydalanganda barcha mas’uliyat yordam byeruvchi zimmasida bo‘ladi – agar u hamma narsani to‘g‘ri qilsa, muammo bemor, ya’ni jabrlanuvchining faooligi va axvolidan qat’iy nazar hal bo‘ladi. Demak, ekstremal vaziyatlarda jabrlangan odamlar bilan ishlayotgan mutaxassis, A.N. Dorojevsning obrazli iborasi bilan aytganda, “o‘zini bolaga yurishni o‘rgatayotgan katta yoshli odamga qiyoslashi kyerak, lekin katta yoshli odam bolaga qanday yurishni uning oyoqlarini qo‘llari bilan yo‘naltirib yoki kyerakli yo‘nalishga turtib ko‘rsatmaydi, u bola bilan yonma-yon turishi, uning murshrutining xavfsizligini ta’minlashi, qoqinib ketsa ko‘mak byerib, ushlab qolishi kyerak”. Ko‘mak quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha amalga oshirilishi kyerak: 1) Emosional ko‘mak (yaqinlik va tinchlantirish)ni axamiyatli odamlardan va turli xil jamoalardan olish mumkin; 2) Moddiy ko‘mak (yordam taqdim qilish va xizmat ko‘rsatish) birlamchi zarur ashyolar olish, shuningdek aloxida ishlarni bajarishda yordam ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi; 3) Axborot ko‘magi (maslahat va qayta aloqa) psixotyerapiya va psixokorreksiyaning zarurligi to‘g‘risida professional maslahat, favqulotda xolatdan keyingi xulq, keyingi negativ psixologik o‘zgarishlar bashorati va ularni silliqlash usullari xaqida ma’lumot olish. A. Libina va A. Libinlar katta miqdordagi xorijiy manbalarni o‘rganib, S. Tompsondan olingan yong‘indan keyin vaziyatni yumshatish misolini keltirishadi: 1) Kutilmaganda paydo bo‘lgan ijobiy asoratli laxzalarni payqash (lekin endi biz bolalar bilan birga yashayapmiz); 2) O‘zining axvolini boshqa yong‘indan aziyat chekkanlar bilan ongli solishtirish (yaxshiyam bizni uyimizni yarim narxi to‘langan edi xolos, qo‘shnimizda esa...); 3) Vaziyatning yanada ayanchliroq oqibatlarini tasavvur qilish (biz tirik qoldik, xalok bo‘lishimiz ham mumkin edi); 4) Sodir bo‘lgan xodisani unutishga harakat qilish; 5) Vaziyatni reintyerpretasiya qilish (o‘z foydasiga qayta talqin qilish) (biz baribir boshqa joyga ko‘chib o‘tishimiz kyerak edi). Ekstremal va favqulotda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf qilishda ishtirok etayotgan professionallar boshdan kechirayotgan psixologik muammolar bunday shaxslarga psixologik yordam byerishda aloxida munosabatni talab qiladi. Mutaxassis o‘zida va hamkasblaridagi psixologik muammolar belgilarini o‘z vaqtida aniqlash ko‘nikmasiga, empatik qobiliyatlarga ega bo‘lishi, psixologik engillashtirish, stressni yo‘qotish, emosional zo‘riqishni bartaraf qilish bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil qilish va o‘tkazish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kyerak. Ekstremal va favqulotda vaziyatlar sharoitida o‘zaro psixologik yordam malakalariga ega bo‘lish nafaqat psixik jaroxatlanishni oldini olishda, shuningdek stressli ta’sirlarga bardoshlilikni oshirish va favqulotda vaziyatlarda zudlik bilan javob reaksiyasini ko‘rsatishda ham muhim ahamiyatga ega. Yuqorida sanab o‘tilgan sifatlarni, agar o‘quv jarayoni talabalarning psixologik barqarorligi bilan bog‘liq bo‘lgan individual-shaxsiy xususiyatlarini hisobga olib tashkil qilingan bo‘lsa, kasbiy ta’lim jarayonida shakllantirilishi mumkin. Professional mutaxassislarga yordam ko‘rsatish algoritmlarini tasvirlaydigan ko‘plab nazariyalar mavjud. Masalan, R. Frenkin mukofotni kechiktirishning “issiq” yoki “sovuq” nazariyasini taklif qilgan. Bu modelga muvofiq vaziyatda bizning xulqimiz ikkita bazaviy tizim nazorati ostida bo‘ladi. “Issiq” emosional tizim muhitdan kelayotgan qandaydir qo‘zg‘ovchilarga shoshilinch emosional javob byerish uchun mo‘ljallangan. “Sovuq” tizim mushoxada yuritish va murakkab obrazlar qurish talab qiladigan vaziyatlar bilan bog‘liq. Bunday xolatda emosiyalar keyingi o‘rinda turadi, lekin ular faollashtirilishi va yaratilayotgan vazifalar qurilmasiga singib ketishi mumkin. “Issiq” tizim filogenezda ham va ontogenezda ham nisbatan erta shakllanadi, “sovuq” tizim esa kechroq paydo bo‘ladi, uni shakllantirish kyerak. Bu ikkita tizimni quyidagicha tavsiflash mumkin: Ushbu nazariya mualliflari shuni ta’kidlashadiki, agar “sovuq” tizimdan muntazam foydalanib, uni rivojlantirilsa oqibatda u xulqning ustun tizimiga aylanib qoladi. Bu, odamga, paydo bo‘ladigan vasvasalarga qarshi tura oladigan rejalar tuzish, maqsad qo‘yishni o‘rganish imkonini byeradi. Bunday xolatda, odatda iroda kuchi, deb ataladigan xususiyat rivojlanadi. B.A. Smirnov va E.V. Dolgopolovalar psixologik boshqaruv sifatida ko‘riladigan professionallarni psixologik qo‘llab-quvvatlash jarayonining boshqa sxemasini taklif qilishadi. Bunday yondashuv birinchi navbatda ikkita psixologik kategoriyani o‘rganishni nazarda tutadi – mualliflar nazarida birinchi navbatda psixologik ko‘mak yo‘naltirilishi lozim bo‘lgan “xolat” va “sub’ektiv kechinmalar”. Bir tomondan psixologik yordamni amalga oshirish jismoniy va axborot-signal qo‘zg‘ovchilari sifatida ko‘riladigan qo‘zg‘ovchilarning ob’ektiv omillarini taxlil qilishni, boshqa tomondan – bunday bosim oqibatlarini psixofiziologik tasvirlashni nazarda tutadi. Qutqaruvchi xolatining shakllanishiga sabab bo‘ladigan omillar psixologik trenirovka hisobiga minimallashtirilishi mumkin. Bunday trenirovkaning bitta turi “vaziyatni modellashtirish”, deb ataladi. Talabalar ekstremal vaziyatni modellashtirish jarayonida o‘zlarini ma’lum bir vaziyatda tasavvur qilishni, murakkab ishlab chiqarish vazifalarini hal qilishni, dam olish malakalarini shakllantirishni o‘rganadilar, kyerak bo‘lganda ishonchli harakat qilish styereotiplarini shakllantiradilar, vaziyatning rivojlanishi ssenariysini “o‘ynab ko‘radilar”. Psixologik trenirovkaning variantlariga autogen trenirovkani ham qo‘shish mumkin, uning texnologiyasi xotira, diqqat, reaksiya va x.z. treninglarida etarlicha tasvirlangan. Aytish mumkinki, favqulotda vaziyatlarda ishlayotgan odamning xolatini boshqarish g‘oyasi tartibga solish, shuningdek o‘z xulqi va faoliyatini tartibga solishga asoslangan. Oxir oqibat, psixologik ta’sir ko‘rsatish va yordam byerishning hamma variantlari Gans Sele obrazli tasvirlaganidek, markazida psixologik barqarorlik turadigan, “aqlli xulq va muloqot” qoidalarini bajarishga yo‘naltirilgan. Agar hamma tadbirlar adekvat bajarilgan bo‘lsa samaradorlik xaqida gapirish mumkin. Professionallarni psixologik qo‘llab-quvvatlash samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlari: 1. Professional tomonidan vaziyatni nazorat qilayotganligi va uni konstruktiv, adaptasiyalashtirilgan koping-strategiyalar yordamida enga olishini ongli tasavvur qilishi. 2. Professional tomonidan shaxsiy hayotini rejalashtirishi, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishish va natija mas’uliyati uchun majburiyatlarni zimmasiga ola olishi. 3. Professional tomonidan negativ xodisalarni shaxsiy hayoti mustahkamligiga taxdid, o‘z shaxsini rivojlantirish uchun stimul sifatida anglash qobiliyati. Professionalni adekvat xolatda saqlab turish uchun amalga oshiriladigan psixologik va boshqa tadbirlar samaradorlikning yana bir ko‘rsatkichi – psixik va jismoniy salomatlikni ta’kidlash imkonini byeradi. Ko‘plab psixologlarning asarlarida psixik salomatlik ko‘rsatkichlari to‘plami taqdim qilingan. A. Maslou sog‘lom odam – o‘zining xavfsizlik, xurmat, o‘z-o‘zini amalga oshirishga bo‘lgan bazaviy ehtiyojlarini qondirgan odamdir, deb hisoblaydi. U shuningdek psixik salomatlik ko‘rsatkichlariga o‘z-o‘ziga qiziqishni, ijtimoiy qiziqishlarni, o‘z-o‘zini nazorat qilishni, o‘z-o‘zini qabul qilishni, o‘z hissiy – emosional buzilishlari uchun mas’uliyatni ham qo‘shadi. Rus psixologlari psixik salomatlik ko‘rsatkichlariga psixik xodisalarning sababiy shartliligini, ularning tartibliligini; yoshga mos hissiyotlar etukligini; borliq xususiyatlarini aks ettirish va odamning unga munosabati o‘rtasidagi uyg‘unlikni; (jismoniy va psixik) reaksiyalarning tashqi qo‘zg‘ovchilar kuchi va chastotasiga mosligini; o‘z xulqini professional guruhda mustahkamlangan qoidalarga mos ravishda boshqara olishni; ijtimoiy muhitga adekvat reaksiyani; hayot sharoitlari almashishiga mos ravishda o‘z xulqini o‘zgartira olish qobiliyatini; boshqalarga zarar yetkazmagan xolda jamiyatda o‘z o‘rnini topishni; o‘z hayot yo‘lini rejalashtirish va amalga oshirish qobiliyatini qo‘shishadi. REZYuME 1. Engish xulqi yoki koping-strategiyalar tushunchasini fanga Lazarus olib kirgan, bu fenomenlar individ tomonidan stressni susaytirish uchun sarflanadigan kognitiv va xulqiy urinishlar to‘plami sifatida tushuniladi. 2. Engish xulqi aloxida ko‘rsatkichlarga mos kelganda muvaffaqiyatli baxolanadi. Bunday ko‘rsatkichlar: a) zo‘riqishning fiziologik belgilarini bartaraf qilish va psixologik belgilarini kamaytirish; b) faollikni tiklash imkoniyatining paydo bo‘lishi; v) distress yoki jaroxatdan keyingi stress buzilishini oldini olish hisoblanadi. 3. Koping samaradorligi ko‘rsatkichi sub’ektning psixologik farovonligi bilan bog‘liq va shaxsning ekstremal va favqulotda vaziyatlarda zaifligi darajasini pasaytirishi bilan aniqlanadi. Download 58.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling