3-Mavzu: Kichik biznesni chet el kredit liniyalari hisobidan kreditlash


Download 0.72 Mb.
Sana05.10.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1692824

3-Mavzu:Kichik biznesni chet el kredit liniyalari hisobidan kreditlash

Reja:


1
    • Kichik biznesni kredit bilan taminlash

2
    • Xalqaro kredit olish va ularning foiz stavkasi

Kichik biznesni kredit bilan ta’minlash deganda, bu ularga pul yoki tovar shaklidagi vositalarni ma’lum muddatga haq to’lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqadigan munosabatlar tushuniladi.
Kredit munosabati ikki sub’ekt biri – pul egasi, ya’ni qarz beruvchi; ikkinchisi – pulga muhtoj, ya’ni qarz oluvchi o’rtasida yuzaga keladi. Kredit, tovar va pul ko’rinishidagi mablag’larni qaytarib berish, muddatlilik va foiz to’lash shartlari asosida berish natijasida yuzaga keladi.
Qisqa muddatli kreditlar (muddati bir yilgacha bo’lgan kreditlar).
O’rta muddatli kreditlar (muddati bir yildan uch yilgacha bo’lgan kreditlar).
Uzoq muddatli kreditlar (muddati uch yildan ortiq bo’lgan kreditlar).
O’rta muddatli kreditlar (muddati besh yilgacha bolgan kreditlar )
Uzoq muddatli kreditlar(muddati besh yildan ortiq muddatga beriladi)
Kredit berilish muddatiga ko’ra, uch turga bo’linadi:
Xalqaro kredit berish muddati
Kredit to’rt xil vazifani bajaradi:
Birinchidan, pulga tenglashtirilgan to’lov vositalari (masalan, veksel, chek, sertifikat va hokazolar)ni yuzaga chiqarib, ularni xo’jalik oborotiga jalb qiladi.
Ikkinchidan, bush pul mablag’larini harakatdagi, ishdagi kapitalga aylantirib, pulni pul topadi, degan qoidani amalga oshiradi.
Uchinchidan, qarz berish orqali pul mablag’larini turli tarmoqlar o’rtasida qayta taqsimlash bilan ishlab chiqarish resurslarining ko’chib turishini ta’minlaydi.
To’rtinchidan, qarz berish, qarzni undirish vositalari orqali iqtisodiy o’sishni rag’batlantiriladi.
-
veksel usuli;
ochiq schyot orqali berish, chegirma berish usuli;
mavsumiy kredit;
konsignatsiya.
Tijorat krediti berishning, asosan, beshta usuli mavjud:
Veksel usulida tovar etkazib berilganda sotuvchi haridorga trattani taqdim etadi. Haridor o’z navbatida, uni aktseptlaydi, ya’ni trattada ko’rsatilgan summani o’z vaqtida to’lashga rozilik beradi.
Ochiq schyot orqali tijorat kreditini berishning mazmuni shundaki, haridor tovarga buyurtma berishi bilanoq u yuklab jo’natiladi, to’lov esa o’rnatilgan muddatlarga vaqt-vaqti bilan amalga oshirib boriladi. Bunda haridor har gal tovar olishda kreditni rasmiylashtirib o’tirmaydi, ya’ni kreditga murojaat qilmaydi.
Mavsumiy kredit, odatda, o’yinchoqlar, suvenirlar va boshqa keng iste’mol mollarini sotishda keng qo’llaniladi. Masalan, chakana savdo tashkilotlari yil davomida archa o’yinchoqlarini sotib oladilar va shu yil bilan o’yinchoqlar uchun katta zaxira to’playdilar. O’yinchoqlar haqini esa yangi yil bayrami o’tgandan so’ng yanvar-fevral oylarida to’laydilar. Ishlab chiqaruvchilar uchun bunday usulning qulayligi shundaki, ular o’yinchoqlarni omborlarda saqlash harajatlaridan halos bo’ladilar.
Konsignatsiya – bu shunday usulki, bunda sotib oluvchilar tovarlarni majburiyatsiz sotib oladilar, ya’ni tovar sotilgandan so’ng puli to’lanadi. Agar tovar sotilmay qolsa, u egasiga qaytarib beriladi.
Davlat krediti. Banklar davlatga ham qarz beradi. Shu bilan birga undan qarz ham oladi. Bunda davlat krediti paydo bo’ladi. Qarz va uning foizi byudjet hisobidan qaytariladi. Davlat krediti sharoitida qarz beruvchilar kamdan-kam hollarda banklar bo’ladi. Ko’pincha bu vazifani aholi, firma, korxona va tashkilotlar bajaradi.
Davlat qarzni turli shaklda, avvalo, davlat zayomlari shaklida oladi. Zayom davlatning qarzdorlik guvohnomasi bo’lib, u qarzni vaqti kelganda qaytarib olish va foiz to’lashni kafolatlaydi. Zayomlarni markaziy va xoqimiyatlar chiqaradi. Zayomlar qarz haqi to’lash jihatdan foiz to’lanadigan, yutuq chiqadigan, ham yutuq, ham foiz beriladigan va ba’zan, foizsiz ham bo’ladi.
Iste’molchi krediti. Tijorat banklari tadbirkorlik uchun firmalarga, iste’molchilarga tovar sotib olish uchun qarz beradi. Buning natijasida iste’molchi krediti paydo bo’ladi. Masalan, AKShda banklar iste’molchilarga kredit kartochkalari beradi, ularga narxi 2500 dollarga qadar tovarlar harid etiladi, harid puli banklar va magazinlar bergan schyotga qarab to’lanadi. Bunday kredit g’oyat imtiyozli bo’ladi, uning foizi boshqacha qarz foizidan kam bo’ladi, xatto foizsiz ham bo’lishi mumkin.
Iste’molchi krediti aholining iste’mol ehtiyojlarini qondirishga mo’ljallangan. U tovar va pul shaklida bo’lishi mumkin. Xususan, yakka tartibda uy-joy qurish maqsadlariga beriladigan uzoq muddatli kreditlar – pul shaklidagi iste’molchi kreditlaridir.
Halqaro kredit – bu ssuda kapitalining halqaro miqyosdagi harakati bo’lib, bu harakat tovar va valyuta ko’rinishidagi mablag’larni qaytarib berishlik, muddatlilik va haq to’lashlik asosida berish bilan bog’liqdir.
Halqaro kredit munosabatlarida qatnashuvchi sub’ektlar bo’lib, tijorat banklari, markaziy banklar, davlat organlari, xukumat, yirik korporatsiyalar hamda halqaro va regional moliya-kredit tashkilotlari hisoblanadi. Halqaro kreditning asosiy shakllari sifatida firmaviy kredit, aktseptli kredit, aktseptli-rambursli kreditlarni ko’r-satish mumkin
Firmaviy kredit – bu bir mamalakat firmasi tomonidan ikkinchi mamlakatdagi firmaga berilgan kreditdir. Uning eng keng tarqalgan turi – bu eksportyorning importyorga tovarlarni to’lov muddatini kechiktirish asosida sotishga asoslangan kreditdir.
Aktseptli kredit – bu yirik banklar tomonidan trattalarni aktseptlash shaklida beriladigan kreditlar. Agar eksport qiluvchi import qiluvchining to’lovga qobilligiga shubxa qilsa yoki to’lov yig’indisini tezda olishni xoxlasa, ushbu kreditdan foydalaniladi.
Aktseptli-rambursli kreditning ma’nosi shundaki, eksport qiluvchining vekseli uchinchi mamlakat banki tomonidan aktseptlanadi va importyor vekselda ko’rsatilgan yig’indini aktseptlangan bankga o’tkazadi.
-
    • halqaro tashkilotlar, odatda uzoq muddatli kreditlar beradi. Xususiy banklar esa, asosan qisqa muddatli kreditlar berish bilan shug’ullanadi;
    • .

-
    • halqaro tashkilotlar beradigan kreditlarning foiz stavkasi kichik. Odatda, yiliga 7-9%ni tashkil qiladi. Xususiy banklarniki esa nisbata yuqori, ko’pchilik hollarda 18-20%dan iborat bo’ladi;

-
    • halqaro tashkilotlar iqtisodiyotni barqarorlashtirish dasturlari asosida kredit beradi. Bunda aniq dasturlar ularning ekspertlari tomonidan ko’rib chiqiladi

Ma’lumki, xususiy banklar ham halqaro tashkilotlar (Halqaro valyuta fondi, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo rivojlanish banki va boshqalar) kabi halqaro kreditlar beradilar. Ammo ularning kreditlarning berish shartlari bir-birinikidan jiddiy farq qiladi.
Bu farqlar quyidagilardan iborat:
-Kredit jamiyatdagi vaqtinchalik bush pul mablag’larini pullarga ehtiyojmand bo’lgan sub’ektlar o’rtasida taqsimlaydi. Bu taqsimlash jarayoni qayta taqsimlash deyiladi, chunki bu mablag’lar moliya kategoriyasi yordamida birlamchi taqsimlash jarayonidan o’tgan mablag’lardir. Bizga ma’lumki, moliya kategoriyasi yordamida milliy daromad dastlabki taqsimlanganda to’rt yirik qismga bo’linib ketadi:
moddiy ishlab chiqarish sohasida band bo’lgan xodimlarning ish haqi;
moddiy ishlab chiqarish sohasidagi korxonalarning foydasi;
banklar bergan kredit uchun foiz stavkasi;
er egalarining er rentasi.
E'tiboringiz uchun raxmat
Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling