3-mavzu: Prokariotlar morfologiyasi va hujayra tuzilishi


Download 42 Kb.
bet1/3
Sana24.02.2023
Hajmi42 Kb.
#1227042
  1   2   3
Bog'liq
3 mavzu ma\'ruza




3-mavzu: Prokariotlar morfologiyasi va hujayra tuzilishi.
Reja
1.Eukariotlar va prokariotlar
2.Bakteriyalarning shakllari
Tayanch so’zlar: eukariot, prokariot, diffuz, fotosintez, monokokklar, stafilokokklar, streptokokklar, tetrakokklar, sarsinalar.
Eukariotlar va prokariotlar. Mikroorganizmlarning ko‘pchiligi bir hujayrali­dir. Bakteriya hujayrasi tashqi muhitdan hujayra po‘sti, ba’zan esa faqat sitoplazmatik membrana bilan ajralib turadi. Hujayra ichida har xil strukturalar mavjud. Hujayra tuzilishiga qarab, organizmlar ikki tipga bo‘linadi. Ular eukariot va prokariot hujayrali organizmlardir. Agar mikroorganizm xaqiqiy (chin) yadroga ega bo‘lsa, unday hujayralarga eukariot hujayralar deyiladi. (Grekcha eu - chin, kario - yadro demakdir).
Yadro apparati sodda (diffuz holda) bo‘lgan mikroorganizmlar prokariotlar deyiladi. Eukariotlarga zamburug‘lar, suvo‘tlari, sodda hayvonlar - protistlar kirsa, prokariotlarga bakteriyalar va ko‘k-yashil suvo‘tlari (sianobakteriyalar) kiradi. Eukariotik hujayrada yadro va yadroda 1-2 yadrocha, xromasomalar ( DNK, oqsil), mitoxondriy, fotosintez jarayonini olib boruvchi organizmlarda esa xloroplastlar, Goldji apparatlari mavjud. Ribosomalari esa 80S ni (Svedberg koeffitsenti) tashkil qiladi.
Prokariot hujayralarda yadro bilan sitoplazma orasida aniq chegara yo‘q, yadro membranasi bo‘lmaydi. Ularda DNK maxsus strukturaga ega emas. Shuning uchun prokariotlarda mitoz va meyoz jarayonlari amalga oshmaydi. Mitoxondriya va xloroplastlarga ega emas.
Bakteriyalarning shakllari. Bakteriyalar oddiy sodda, shar yoki silindr yoki egilgan shaklda bo‘ladi. Sharsimon bakteriyalar kokklar (kokkus-lotincha don) deyiladi. Ular sferasimon, ellipssimon, no‘xotsimon va boshqa ko‘rinishga ega bo‘ladi. Bakteriya hujayralarining bir-biriga nisbatan joylanishiga qarab, xar xil nomlanadi. Sharsimon bakteriyalar hujayrasi bo‘linib, ayrim joylashsa ular
Download 42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling