3-Modul 12-mavzu: Mendel qonunlarining amalga oshishi uchun zarur sharoitlar


Download 14.66 Kb.
Sana24.01.2023
Hajmi14.66 Kb.
#1118062
Bog'liq
ALLABERDIYEV SIROJ 3-MODUL 12-MAVZU


3-Modul
12-mavzu: Mendel qonunlarining amalga oshishi uchun zarur sharoitlar.
Mendel qonunlarini amalga oshishi uchun zarur sharoitlar Yuqorida Mendel tomonidan kashf qilingan irsiyat qonunlarini faqat no'xatda emas, balki boshqa o'simlik va hayvonlarni chatishtirganda, odamlarni nikohlaganda ham o'z tasdig'ini topishi mumkinligi qayd etildi.
Lekin bu irsiyat qonunlari:

  • Chatishtirish faqat xromosomalari diploid to'plamli organizmlarda olib borilsa;

  • Genlar nogomologik xromosomalarda joylashgan, ya’ni birikmagan holatda bo'lganda;

  • Chatishtirishda qatnashayotgan ota-ona organizmlarda hujayraning meyoz bo'linishi normal va turli xil tipdagi gametalar teng miqdorda hosil qilsa;

  • Urug'chi va changchi jinsiy hujayralar bir vaqtda yetilib, ularning bir-biri bilan qo'shilishi teng miqdorda bo'lgan taqdirda;

  • Urug'lanish davrida yo changchi, yo urug'chi gametalari orasida tanlanish ro'y bermaganida;

  • Urug'chi changchi gametalarining yashovchanligi bir xil bo'lganda;

  • Har-xil genotipli zigotalarning yashovchanligida tanlanish ro'y bermaganida;

  • Voyaga yetgan organizmlar yashovchanligi bir xilda bo'lganda;

  • Tajriba o'tkazilayotgan joy sharoiti o'rganilayotgan belgilar rivojiga ta’sir ko'rsatmaganda;

  • Tajribada olingan organizmlar miqdori ko'p bo'lganda o'z kuchini saqlashini ta’kidlash lozim.

Download 14.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling