Hujayra signal uzatishi haqidagi dastlabki tushunchalar


Download 0.57 Mb.
bet1/4
Sana10.01.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1086779
  1   2   3   4
Bog'liq
биофизика


Hujayra signal uzatishi haqidagi dastlabki tushunchalar

Kirish


Siz oʻz hujayralaringizni shunchaki oddiy qurilish bloklari yoki devordagi gʻishtlar kabi ongsiz deb oʻylaysizmi? Agar “ha” deb javob berayotgan boʻlsangiz, unda yana bir oʻylab koʻring! Hujayralar yon-atrofida nima boʻlayotganini sezish qobiliyatiga ega boʻlib, qoʻshni hujayralar va atrofidagi hodisalarga real vaqtda javob qaytara oladi. Ayni paytda tanamizdagi hujayralar kimyoviy signal molekulalari koʻrinishidagi millionlab xabarlarni uzatmoqda va qabul qilmoqda!
Ushbu maqolada biz hujayralararo aloqalarning asosiy tamoyillarini koʻrib chiqamiz. Dastlab hujayradan hujayraga signalning qay tartibda oʻtishini, keyin esa tanamizda sodir boʻladigan turli xil qisqa va uzun signal uzatishlarini koʻrib chiqamiz.

Hujayralar signalizatsiyasi uzatishi haqida umumiy maʼlumot


Hujayralar odatda kimyoviy signallar orqali muloqot qiladi. Bunday kimyoviy signallar oqsillar yoki boshqa molekulalar koʻrinishida uzatuvchi hujayralar tomonidan ishlab chiqarilib, koʻpincha hujayradan sekretsiyalanadi va hujayralararo boʻshliqqa chiqariladi. Bu yerda ular xuddi butilka ichidagi xatlar kabi qoʻshni hujayralar tomon suza oladi.

Hujayralarning barchasi ham maʼlum bir kimyoviy xabarni “eshita olmaydi”. Signalni aniqlash uchun (yaʼni nishon hujayra boʻlish uchun) qoʻshni hujayrada ushbu signal uchun maxsus retseptor boʻlishi kerak. Signal molekulasi retseptorlar bilan bogʻlanganida retseptorning shaklini yoki faoliyatini oʻzgartiradi va hujayra ichkarisida oʻzgarishlarni keltirib chiqaradi. Signal molekulalari koʻpincha ligandlar deb ataladi, bu (retseptorlar kabi) boshqa molekulalar bilan oʻziga xos tarzda bogʻlanadigan molekulalar uchun umumiy atama hisoblanadi.


Ligand tomonidan yetkazilgan xabar koʻpincha hujayra ichidagi kimyoviy messenjerlar zanjiri orqali uzatiladi. Oxir-oqibat bu hujayrada oʻzgarishga, masalan, gen faoliyatining oʻzgarishi yoki hatto hujayra boʻlinishi kabi butun bir jarayon induksiyasiga ham sabab boʻladi. Shunday qilibhujayralararo (hujayralar orasidagi) dastlabki signal hujayra ichidagi javobni chaqiruvchi signalga aylanadi.


Bu qanday sodir boʻlishi haqida ligandlar va retseptorlarsignal uzatish va hujayraviy javob maqolalaridan koʻproq bilib olishingiz mumkin.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling