Hujayra signal uzatishi haqidagi dastlabki tushunchalar
Download 0.57 Mb.
|
биофизика
- Bu sahifa navigatsiya:
- Endokrin signalizatsiya
Avtokrin signalizatsiyaAvtokrin signalizatsiyada hujayra oʻzining yuzasidagi retseptorlarga (yoki signal turiga qarab hujayra ichidagi retseptorlarga) bogʻlanadigan ligandni chiqarib, oʻziga oʻzi signal joʻnatadi. Buni bajarish hujayra uchun gʻalati tuyulishi mumkin, ammo avtokrin signalizatsiya koʻplab jarayonlarda muhim rol oʻynaydi. Masalan, rivojlanish jarayonida avtokrin signalizatsiya muhim ahamiyatga ega, bu hujayralarga toʻgʻri ixtisoslashishga yordam beradi. Tibbiy nuqtayi nazardan, avtokrin signalizatsiya saraton kasalligida muhim ahamiyatga ega va metastaz (saraton kasalligining boshlangʻich joyidan tananing boshqa qismlariga tarqalishi)da muhim rol oʻynaydi deb taxmin qilinadi^66start superscript, 6, end superscript. Koʻp holatlarda signal joʻnatuvchi hujayraga va ushbu hududdagi boshqa shunga oʻxshash hujayralarga bogʻlanadigan signal ham avtokrin, ham parakrin taʼsirga ega boʻlishi mumkin. Endokrin signalizatsiyaAgar hujayralar uzoq masofalarga signal yuborishi kerak boʻlsa, xabarlarni joʻnatish uchun koʻpincha tarqatuvchi tarmoq sifatida qon aylanish tizimidan foydalanadi. Uzoq masofaga joʻnatiladigan endokrin signalizatsiya ixtisoslashgan hujayralar tomonidan ishlab chiqariladi va qon oqimiga qoʻshiladi. Qon oqimi ularni tananing uzoq qismlaridagi nishon hujayralarga olib boradi. Tananing bir qismida hosil boʻlib, qon aylanishi orqali uzoqdagi nishon hujayralarga tomon harakatlanadigan signallar gormonlar deb nomlanadi. Odamlarda gormonlarni ishlab chiqaradigan endokrin bezlarga qalqonsimon bez, gipotalamus va gipofiz, shuningdek, jinsiy bezlar (urugʻdonlar va tuxumdonlar) va oshqozon osti bezi kiradi. Har bir endokrin bez bir yoki bir nechta gormon turlarini ishlab chiqaradi, ularning aksariyati rivojlanish va fiziologiyaning asosiy regulyatorlari hisoblanadi. Masalan, gipofiz skelet va togʻay oʻsishini ragʻbatlantiruvchi oʻsish gormoni (OʻG)ni ishlab chiqaradi. Koʻpgina gormonlar singari oʻsish gormoni tanadagi turli xil hujayralarga taʼsir qiladi. Oʻsish gormoni funksiyasini togʻay hujayrasi misolida koʻrsak: gormon hujayralar yuzasidagi retseptorlar bilan bogʻlanadi va hujayralarni boʻlinishga undaydi^77start superscript, 7, end superscript. Endokrin signalizatsiya: hujayra qon oqimi orqali uzoq masofadagi hujayrani nishonga oladi. Signal molekula bitta hujayra tomonidan chiqariladi, soʻngra tanadagi boshqa bir nishon hujayrada joylashgan retseptorlar bilan bogʻlanish uchun qon oqimi orqali harakatlanadi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling