Hujayra signal uzatishi haqidagi dastlabki tushunchalar


Download 0.57 Mb.
bet2/4
Sana10.01.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1086779
1   2   3   4
Bog'liq
биофизика

Signalizatsiya turlari


Hujayradan hujayraga signalni yuborish signal joʻnatuvchi hujayradan qabul qiluvchi hujayraga signal uzatishni oʻz ichiga oladi. Vaholanki, barcha signal uzatuvchi va qabul qiluvchi hujayralar yonma-yon qoʻshnilar emas va barcha hujayra juftlari signallarni bir xil tarzda almashmaydi.
Koʻp hujayrali organizmlarda kimyoviy signallarning toʻrtta asosiy turi mavjud: parakrin signalizatsiya, avtokrin signalizatsiya, endokrin signalizatsiya va toʻgʻridan toʻgʻri signalizatsiya. Signalning ushbu turlari organizm orqali signal nishon hujayraga yetib boradigan masofaga koʻra farqlanadi.

Parakrin signalizatsiya


Koʻpincha, bir-biriga yaqin boʻlgan hujayralar kimyoviy messenjerlarni (hujayralar orasidagi boʻshliq orqali tarqalishi mumkin boʻlgan ligandlar) chiqarish orqali aloqa qilishadi. Hujayralar nisbatan qisqa masofalar orqali aloqa qiladigan signalning bu turi parakrin signalizatsiya deb nomlanadi.
Parakrin signalizatsiya hujayralarga oʻz qoʻshnilari bilan faoliyatlarini mahalliy jihatdan muvofiqlashtirishga imkon beradi. Parakrin signallaridan koʻplab turli toʻqima va muhitlarda foydalaniladi. Shunga qaramasdan, ular, xususan, rivojlanish jarayonida juda muhimdir. Ular bir guruh hujayralarning qoʻshni hujayralar guruhiga hujayraviy jarayonlar haqida maʼlumot tarqatish imkonini beradi. [Misol: orqa miya rivojlanishi]

Sinaptik signalizatsiya


Parakrin signalizatsiyasining noyob namunasi bu sinaptik signalizatsiya boʻlib, bunda nerv hujayralari orqali signal uzatiladi. Ushbu jarayon signal uzatish sodir boʻladigan ikkita nerv hujayrasi oʻrtasidagi birikish boʻlib, sinaps deb nomlanadi.
Neyron signal joʻnatishga kirishganda hujayradan tezlik bilan elektr impuls chiqib, akson deb nomlanuvchi uzun tola shaklidagi oʻq boʻylab yoʻlga chiqadi. Impuls sinapsga yetib borganida neyromediator deb ataladigan ligandlar ajralib chiqishiga yoʻl ochadi. Neyromediatorlar nerv hujayralari orasidagi kichik boʻshliqni tezda bosib oʻtadi. Neyromediatorlar qabul qiluvchi hujayraga kelganda retseptorlarga bogʻlanadi va hujayra ichidagi (koʻpincha ion kanallarini ochish va membrana boʻylab elektr potensialini oʻzgartirish kabi) kimyoviy oʻzgarishlarga sabab boʻladi.


Kimyoviy sinapsga tushadigan neyromediatorlar tezda parchalanadi yoki uzatuvchi hujayra tomonidan qaytarib olinadi. Bu holat tizimni “qayta tiklaydi”, shuning uchun bunday sinaps keyingi signalga tezda javob berishga tayyor boʻladi.



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling