Hujayra signal uzatishi haqidagi dastlabki tushunchalar


Hujayradan hujayraga toʻgʻridan toʻgʻri signalizatsiya


Download 0.57 Mb.
bet4/4
Sana10.01.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1086779
1   2   3   4
Bog'liq
биофизика

Hujayradan hujayraga toʻgʻridan toʻgʻri signalizatsiya


Hayvonlardagi tirqishli birikishlar va oʻsimliklardagi plazmodesmalar qoʻshni hujayralarni toʻgʻridan toʻgʻri bogʻlaydigan mayda kanallardir. Suyuqlik bilan toʻlgan bu kanallar hujayralararo mediatorlar (vositachilar) deb nomlangan kichik signal molekulalarining ikki hujayra oʻrtasida tarqalishiga imkon beradi. Kalsiy ionlari (\ {Ca} ^ {2 +} Ca2+space, C, a, start superscript, 2, plus, end superscript) kabi kichik molekulalar hujayralar orasida harakat qilishi mumkin, ammo DNK va oqsillar kabi katta molekulalar maxsus yordamsiz kanallardan oʻta olmaydi.
Signal molekulalarining uzatilishi bitta hujayraning ayni vaqtdagi holatini qoʻshni hujayraga oʻtkazadi. Bu hujayralar guruhiga ularning bittasi qabul qilishi mumkin boʻlgan signalga javobni muvofiqlashtirish imkonini beradi. Oʻsimliklarda deyarli barcha hujayralar oʻrtasida plazmodesmalar mavjud boʻlib, bu butun bir oʻsimlikni bitta ulkan tarmoqqa aylantiradi.

Toʻgʻridan toʻgʻri signalizatsiyaning yana bir shaklida ikkita hujayra bir-biriga yuzalaridagi komplementar oqsillar orqali bogʻlanishi mumkin. Oqsillar bir-biriga bogʻlanganda bu taʼsirlashuv natijasida bitta yoki ikkala oqsilning ham shakli oʻzgaradi. Signalning bu turi, ayniqsa, immun tizimida muhimdir, bunda immun tizimi hujayralari “oʻz” hujayralarini (tananing oʻz hujayralarini) va patogenlar zararlagan hujayralarni tanib olish uchun hujayra yuzasidagi markerlardan foydalanadi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling