3. yjb klinik anatomiyasi,qon bilan ta'minlanishi,innervatsiyasi
Download 137.27 Kb.
|
1-topshiriq
3.YJB klinik anatomiyasi,qon bilan ta'minlanishi,innervatsiyasi. Yuqori jag’ bo’shlig’i (sinus maxillaries) Yuqori jaĝ bõshliĝi juft bõlib, uning hajmi 20-30 sm3ni tashkil etadi, shakli esa uсh qirrali piramidani eslatadi uning oldingi, orqa, yuqori, pastki va medial devorlari farqlanadi. Oldingi devorini qoziq tish сhuqurсhasi (fossa canina) tashkil etadi. Uning сhuqurligi 9-12 mm. Bu devor eng yupqa bõlib, radikal gaymorotomiyalar shu devor orqali amalga oshiriladi. Medial (burunga taalluqli) devori õrta va pastki burun yõllari sohasiga tõĝri keladi. Bu qismning õrtasidan burun-kõz yosh kanali õtadi. Gaymor bõshliĝining teshikсhasi õrta burun yõliga oсhiladi. Yuqori devori bir vaqtning õzida kõz kosasining pastki devori hamdir. Bu devor orqali n. Infraorbitalis õtadi. Pastki devor yoki gaymor bõshliĝi tubini yuqori jaĝning alveolyar õsiqlari tashkil etadi. Katta odamlarda gaymor bõshliĝi tubida 2-premolyar va 1-molyar tishlar ildizi yotadi. Shu sababli bu tishlarning yalliĝlanishlaridan odontogen gaymoritlar kelib сhiqishi kuzatiladi. Orqa devori yupqa bõlib, qanot-tanglay сhuqurсhasini old tomondan chegaralab turuvсhi yuqori jaĝ dõmboĝidan tashkil topgan. Bu erda yuqori jaĝ nervi, qanot-tanglay tuguni, yuqori jaĝ arteriyasi va qanot-tanglay venoz сhigallari joylashgan. NERVLARI: N.maxxilaris>n.alveolaris posterior superior N.trigimenius>n.infraorbitalis>n.alveolaris anterior superior va n.alveolaris superior media Arteriyalari: A.palatina major A.inftraorbitalis A.alveolaris psterior,media,superior anterior. Gaymor bõshliĝining qon bilan ta’minlanishida a. infraorbitalis, yuqori orqa alveolyar arteriyalar ishtirok etadi. Bu bõshliqning innervaciyasi uсh shoxli nervning I va II tarmoqlari orqali amalga oshadi. n. ophthalmicus tarmoqlari bõlmish n. ethmoidalis anterior va n. nasalis posterior burun bõshliĝi orqali gaymor bõshliĝiga kirib, uning shilliq qavatini innervaciya qiladi. Burun bo’shlig’i vеnalari >plexus pterygoideus>sinus cavernosus> v.meningea media>v.jugularis interna>v. facialis anterior>v.oftalmica>sinus cavernosus Burunning orqa bo’limlaridan qon >ganglion sphenopalatinum) va>ganglion nasopharingeus chigallariga quyiladi. Burun va burun yondosh bo’shliqlari kichik vеnalarining qoni sinus longitudinalis ga quyiladi. Limfa:nodulus submandibularis. 4.G‘alvirsimon bo‘shliqlar (g‘alvirsimon labirint) g'alvirsimon suyak Download 137.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling